16-mavzu. Markaziy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti reja: Oʻzbekiston iqtisodiyoti Qozogʻiston iqtisodiyoti


Download 31.97 Kb.
bet1/5
Sana16.11.2023
Hajmi31.97 Kb.
#1778457
  1   2   3   4   5
Bog'liq
16-mavzu. Markaziy osiyo mamlakatlari iqtisodiyoti reja O zbeki


16-MAVZU. MARKAZIY OSIYO MAMLAKATLARI IQTISODIYOTI


REJA:


1. Oʻzbekiston iqtisodiyoti
2. Qozogʻiston iqtisodiyoti
3. Qirgʻiziston iqtisodiyoti
4. Tojikiston iqtisodiyoti
5. Turkmaniston iqtisodiyoti


1. Oʻzbekiston iqtisodiyoti

Oʻzbekiston oltin zahiralari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinni, uni qazib olish darajasi boʻyicha yettinchi oʻrinni, mis zahiralari boʻyicha mos ravishda oʻninchi va oʻn birinchi oʻrinlarni, uran oʻn birinchi – oʻn ikkinchi va yettinchi oʻrinlarni egallaydi. Mamlakat rivojlangan paxta bozoriga egaligi bilan xarakterlanadi. Oʻzbekistonda neft va gazning hali ishlatilmagan katta zahiralari bor. Gazning joriy ishlab chiqarilishi elektr energiyasini ishlab chiqarishga hal qiluvchi hissa qoʻshmoqda. Mamlakatda yaratiladigan YaIM ning tarmoq tarkibi quyidagicha: qishloq xoʻjaligi, sanoat, xizmatlar, transport va aloqa, savdo va umumiy ovqatlanish, qurilish.


Bozor iqtisodiyotiga oʻtish bilan Oʻzbekiston iqtisodiyotining tuzilishi butkul oʻzgarmoqda. Yaqin oʻtmishdagi qishloq xoʻjaligi yetakchi boʻlgan mamlakatimizda sanoatning, xususan, ogʻir sanoatning salmogʻi oshmoqda. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq qishloq xoʻjaligida paxta yakkahokimligini bartaraf etishga kirishildi. Sanoat esa avtomobilsozlik, kompyuter texnikasi, mobil telefonlar, keng turdagi maishiy elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaradigan yangi tannoqlar hisobiga koʻp tarmoqli boʻla boshladi. Umuman, mamlakatda ogʻir sanoat, xususan, mashinasozlik yetakchi oʻringa chiqmoqda. Ana shunday oʻzgarishlar natijasida yalpi ichki mahsulot tarkibida sanoatning ulushi 24,2 foizdan ziyodni tashkil etmoqda (2016-yil.). Holbuki, bu koʻrsatkich 2000-yilda 14,2 foizdan iborat edi. Endilikda mamlakatimiz iqtisodiyoti oʻzaro bogʻlangan sanoat, qishloq xoʻjaligi, transport, qurilish, aloqa, savdo, fan, taʻlim, sogʻliqni saqlash kabi tarmoqlami oʻzida birlashtiradi.
Ogʻir sanoat, ayniqsa, mashinasozlikning jadal yuksalishi qishloq xoʻjaligi, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari unumli-samarador mashina va mexanizmlar bilan qayta jihozlanishiga, mamlakat mudofaa quvvatining kuchayishiga imkon beradi.
Mamlakatning bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich oʻtishining yana bir sharti iqtisodiyot tarmoqlarida davlat sektorining qisqarib, nodavlat sektorining kengayishidir. Hozirda qishloq xoʻjaligi yalpi mahsulotining deyarli barchasi nodavlat sektorida yetishtirilmoqda. Boshqa sohalarda ham bu jarayon jadal kechmoqda.
Mustaqillikka qadar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi, asosan, ekstensiv yoʻl bilan rivojlandi.
Ekstensiv xojalik yuritish — ishlab chiqarishni fan-texnika yutuqlari va zamonaviy mexanizatsiya imkoniyatlari oʻmiga tabiiy boyliklarni jadal oʻzlashtirish hisobiga yuksaltirish usuli.
Ekstensiv xoʻjalik yuritish usuli natijasida yoqilgʻi, energiya, inson omili, ayniqsa, suv koʻp sarflandi. Suv sarfining koʻpayishi Orol fojiasini keltirib chiqargan sabablardan boʻldi. Yerdan foydalanishdagi xatoliklar esa tabiatning ifloslanishi va tuproq unumdorligining pasayishiga olib keldi.
Demak, ekstensiv uoʻl muayyan vaqt taraqqiyotini taʻminlasa-da, uning jiddiy salbiy oqibatlari ham boʻladi. Shu sababli davlatimiz intensiv xoʻjalik yuritish usuliga oʻtish vazifasini ilgari surmoqda.
Intensiv xoʻjalik yuritish — fan va texnika yutuqlarini iqtisodiyotga tezkor joriy etuvchi, xomashyo va boyliklarni tejab-tergab, chiqindi chiqarmay toʻliq foydalanish usuli.
Intensiv xoʻjalik yuritish usulidan foydalangan holda xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda zamonaviy texnologiyaga asoslangan qoʻshma korxonalar tashkil qilinmoqda.
Oʻzbekiston milliy iqtisodiyotining intensiv yoʻldan rivojlanishi mehnat unumdorligi, mahsulot sifati va ishlab chiqarish samaradorligining jahon darajasiga yetishini taʻminlaydi.



Download 31.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling