16-mavzu. Qishloq xo'jaligida kooperatsiyaviy munosabatlarning yangi ko'rinish sifatida agroklasterlar tizimi


O‘zbekistonda ilk tajribaviy sanoat klasterining yaratilishi quyidagi maqsadlarga qaratilgan


Download 0.76 Mb.
bet3/4
Sana19.06.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1619837
1   2   3   4
Bog'liq
16-мавзу 5-may

O‘zbekistonda ilk tajribaviy sanoat klasterining yaratilishi quyidagi maqsadlarga qaratilgan

  • tarkibiy o‘zgartirishlarni yanada chuqurlashtirish va davlatning qishloq xo‘jaligidagi ishtirokini kamaytirish;
  • agrosanoat kompleksini innovasion usulda rivojlantirishning integratsiyalashgan klaster tizimini yaratish uchun xorijiy investisiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish;
  • paxta xomashyosini yetishtirishga samarali usullarni joriy etish va qishloq xo‘jalik xomashyosini chuqur qayta ishlashni tashkil etish;
  • agrar sohada ishlab chiqarish samaradorligi va mehnatga haq to‘lashni yaxshilash.

Tajribaviy sanoat klasterining pirovard maqsadi

– yuqori qo‘shimcha qiymatga ega, raqobatbardosh hududiy mahsulot ishlab chiqarish va shu asosida hududlarga ko‘pgina muammolar, ya'ni mehnat va moddiy resurslardan samarali foydalanish, byudjetni to‘ldirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish, ijtimoiy masalalarni hal etishdan iborat edi.

Klaster jarayoni to‘rt bosqichdan iborat

  • Birinchi bosqich agar tarmoq yumushlari – sanoatbop xomashyo yetishtiruvchi jabha bo‘lib, yerni ekinga tayyorlashdan, to hosilni yig‘ishtirib olguncha bo‘lgan jarayonni o‘zi ichiga oladi.
  • Ikkinchi bosqich xomashyoni birlamchi qayta ishlash hosilni tola, urug‘, chigit kabi mahsulotlarga aylantirishni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, qurilish sohasi uchun g‘o‘zapoyadan qurilish tovarlarini tayyorlash.
  • Uchinchi bosqich chuqur qayta ishlash jarayonini o‘ziga olishi bilan ahamiyatlidir. Bunda paxta xomashyosidan olingan birlamchi mahsulotlar iste'mol uchun tayyor mahsulotga aylanadi. Jumladan, toladan ip-kalava va undan mato, tayyor kiyim-kechaklar, chigitdan o‘simlik moyi, xo‘jalik sovuni, chorva uchin ozuqa, farmasevtika uchun keraklik mahsulotlar olinadi. G‘o‘zapoya qayta ishlanib undan issiqxona uchun biogaz tayyorlanadi.
  • To‘rtinchi bosqich. Bunda birinchi bosqich bilan to‘rtinchi bosqich o‘zaro bog‘lanadi – haqiqiy zanjir yuzaga keladi. Ya'ni, olingan ozuqa hisobiga chorvachilik majmui tashkil etilib, undan olingan mahsulotlarni qayta ishlash orqali oziq-ovqat sanoati uchun go‘sht-sut yetishtirish, uni qayta ishlash natijasida esa bozorga 30dan ziyod turdagi tayyor mahsulot chiqarish mumkin.
  • Chorvachilik tarmog‘i bevosita agrar tarmoqni – yetarli tabiiy o‘g‘it bilan boyitish imkonini beradi. Bundan tashqari, biogaz olish, u orqali klasterdagi yana bir tarmoq - issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish imkoni yuzaga keladi.
  • 2018 йилда Қорақалпоғистон Республикаси ва вилоятларда 17 пахта-тўқимачилик кластери ташкил қилинди. Улар томонидан 368 минг тонна пахта хомашёси етиштирилиб, қайта ишланмоқда.
  • Жорий йилда мамлакатимизда 48 пахтачилик-тўқимачилик кластери ташкил этилди.
  • Жорий йилнинг март ойида, пахта-тўқимачилик кластерлари худуларида жойлашган 13 та пахта тозалаш заводлари ва 68 та пахта тайёрлаш пунктлари 5 йил муддатга бўлиб тўлаш шарти билан баҳолаш қийматида ушбу кластерларга берилди.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling