16-multidisciplinary online distance conference on "scientific and practical research in uzbekistan" part-14
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
4.Sosiologiya va politologiyaning jamiyatimizda tutgan orni
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi tashabbus
- Beshinchi tashabbus
Birinchi tashabbus: Yoshlarning musiqa,rassomlik,adabiyot,teatr va san’atning boshqa
turlariga qiziqishlarini oshirishga,iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. • Ikkinchi tashabbus: Yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatlarini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan. • Uchinchi tashabbus: Aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. • To‘rtinchi tashabbus: Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan. • Beshinchi tashabbus: Xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev 3-aprel kuni yoshlar talim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan kompleks chora- tadbirlarni o‘z ichiga olgan 5ta tashabbusni amaliyotga joriy etish masalalari bo‘yicha yig’ilish o‘tkazdi. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev shunday deganlar: • “Ayollarni ish bilan ta’minlash hayot-mamotimiz. Bu ishni ura-urachilik bilan amalga oshirib bo‘lmaydi. Shunday tizim yaratish kerakki, pillachilik klasteri orqali kelgusida Farg’ona vodiysida 1 million ayolni ish bilan ta’minlash zarur”,- dedilar. Farg’ona viloyatida ham beshinchi tashabbus asosidagi ishlar keng quloch yoymoqda. Viloyatda 4,5 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, ayollar bandligi ta’minlandi. O‘tgan davrda tikuv- trikotaj korxonalariga ishga jalb qilingan ayollar qisqa muddatli o‘quv kurslarida o‘qitilib, bilim- ko‘nikmasi oshirildi. Ularga o‘qish davomida stipendiyalar berildi, o‘qituvchilar oylik maosh bilan ta’minlandi. Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan beshta tashabbus asosida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019-2020-yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv- trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutilmoqda. Yig’ilishda ushbu korxonalarni puxta hisob-kitob asosida tashkil etish, ularda ishlab chiqariladigan mahsulotlarni, ya’ni aniq xaridorini topish yuzasidan takliflar bildirildi. Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari eshitilib,dasturlar loyihalarini takomillashtirish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling