17- mavzu. Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi. Reja


Tariqsimonlar kenja oilasi-Panicoideae


Download 21.61 Kb.
bet4/4
Sana02.01.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1074987
1   2   3   4
Tariqsimonlar kenja oilasi-Panicoideae.
Oilacha vakillari asosan o‘t o‘simliklar ba’zan poyalari yog‘ochlashadi. Oddiy boshoqchalari 1 gulli, bittasi bir jinsli erkak gul bo‘lib, ikkinchisi ikki jinsli gul. Boshqacha qobiqlari ikkitadan ko‘p. Bu oilachaga bir qancha muhim ekinlar kiradi. Eng muhimlari makkajo‘xori avlodi (Zea) , jo‘xori avlodi (Sorghum) (bu avlod oddiy jo‘xori, oq jo‘xori, qand jo‘xori, sudan o‘ti, g‘umay kabi o‘simliklar kiradi), shakarqamish avlodi (Saccharum), tariq avlodi (Panicum) Suli avlodi (Avena), Chalov avlodi (Stipa), Sholi avlodi (Oryza), Silen avlodi (Aristida) kabilar hisoblanadi.
Makkajo‘xorilar turkumi -Zea mays 
1 yillik don o‘simlik. Poyasining bo‘yi 1-3 m gacha boradigan va bundan balandroq bo‘ladi,uchidan changchi boshoqchali ro‘vak, pastki qismlaridan esa murakkab to‘pgullar chiqaradi. Barglari navbat bilan joylashgan, cho‘ziq shaklda. Gullari - bir jinsli, mayda, gul qo‘rg‘oni yo‘q. Mevasining rang tusi har xil, ancha yirik bo‘ladigan yalang‘och don.
hamma joylarda ekiladi asl vatani janubiy Amerika Makkajo‘xori popugida sintosterol, stigmasterol, efir moyi, S va K vitaminlar, alkaloidlar organik kislotalar va boshqa moddalar bor.
Tibbiyotda makkajo‘xori popugi siydik o‘t haydaydigan vosita sifatida tavsiya etiladi.
qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilasi - Poaeoideae.
Boshoqchalari bir yoki ko‘p gulli. Bu oilaga o‘z ichiga muhim don va yem - xashak o‘simliklarini qamrab oladi. Bu oilachaga qo‘ng‘irbosh avlodi Roa javdar avlodi (Secale) , Arpa avlodi (Hordeum) kabilar kiradi.
Sulilar turkumi-Avena
Bo‘yi 120 sm gacha boradigan, poyasi yalong‘och bo‘ladigan bir yillik o‘tsimon o‘simlik. Poyasi ichi kovak bo‘lib, qavarib chiqib turadigan qattiq bo‘g‘imlari bor. Barglari uzun nashtarsimon uchi o‘tkirlashib kelgan. Gullari - ikki jinsli, mevasi boshoqlarda bo‘ladigan cho‘zinchoqroq shaklli don.
May iyulda gullaydi, doni iyun - avgustda yetiladi.
Suli donlarida anchagina (16% gacha) oqsil, uglevodlar yog‘ moddalari klechatka, va ko‘pgina makro va mikroelementlar bor. Unda avenin degan alkaloid va efir moyi ham bor. Shuni takidlab o‘tish kerakki ekiladigan suli egallaydigan maydon jihatidan jahon xo‘jaligida g‘alla ekinlari orasida 4 - o‘rinda turadi. (bug‘doy, makkajo‘xori, sholilardan keyin) Zamonaviy tabobatda sulidan tayyorlangan qaynatmalar siydik o‘t, yel haydovdigan va odamni terlatadigan xossalarga ega ekanligi aniqlangan. Suli yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ham ega bo‘lib markaziy nerv sistemasi va yurak ishini ham yaxshilaydi.
Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling