17- mavzu. Bir urug‘ pallali o‘simliklar sinfining umumiy tasnifi. Reja


Download 21.61 Kb.
bet3/4
Sana02.01.2023
Hajmi21.61 Kb.
#1074987
1   2   3   4
Bug‘doydoshlar (Roaseae) oilasi
Bu oilaga 650 turkumga mansub, 10000 tur kiradi. O‘zbekistonda esa 82 turkumga kiruvchi 252 turi uchraydn. oila­ga juda kup kosmopolit turlar kiradi. Ularning aksariyat kismini bir va ko‘p yillik o‘tlar tashkil etadi. Bular orasida bo‘yi 30-40 m ga agadigan dunyoda eng tez o‘suvchi bambuk ham bor. Poyalari (somonpoya) bo‘g‘imli, bo‘g‘im oralig‘ining ichi bo‘sh. Barglari ketma-ket joylashgan. Barg bandi novasimon bo‘lib, poyani o‘rab turadi, Gullari ikki jinsli, ayrim turlari bir jinsli.
To‘pguli murakkab boshoq, me­vasi don. Bug‘doydoshlar oilasiga xalq xo‘jaligida muhim ahamiyatga ega.
Magnoliyasimonlar sinfi (ajdodi) taksonlarga boyligi bilan alohida o‘rinda turadi. U 8 ta sinf (ajdod)cha, 128 ta qabila, 429 ta oila, 10000 turkum va taxminan 19000 turni o‘z ichiga oladi.
Keltirilgan mazkur oilalar taksonomiyasidagi o‘zgarishlar bilan berildi. Oilalar to‘g‘risida yangi ma’lumotlar asosida qisqacha ma’lumotlar keltirildi.
Falladoshlar tartibi Graminales
Boshoqdoshlar oilasi - Graminerae
Bu oilaga bir yillik ikki yillik va ko‘p yillik o‘simliklar va ba’zan bo‘yi bir necha metrga yetadigan daraxt o‘simliklar kiradi. Poyalari poxol bo‘lib, bo‘g‘im va bo‘g‘im oraliqlari bor, poyaning bo‘g‘im oralari ichi bo‘sh (kovak) ba’zi xollardagina masalan, makkajo‘xori, sava cho‘llardir. Barglari chiziqli oddiy barg qini va barg plastinkasidan iborat bo‘lib ko‘pincha barg ko‘rinib turadigan tilcha bor: Barglari poyaga navbat bilan joylashadi. Tilchaga yopishib, turib barg qini bilan poxol poya oralig‘idagi bo‘shliqdagi bo‘shliqqa suv kirishiga yo‘l bermaydi. Tilcha sistematik belgilari bo‘lib, uning shakli va katta kichikligi har xil bo‘ladi. qin bo‘g‘inlar oralig‘idagi o‘sish zonalarini ximoya qiladi. Va ayni vaqtda poyani chidamliligini ortiradi.
Boshoqdoshlarning oilasi tuproq yuzasidagi yoki undan yuqori turgan qismida to‘planish bo‘g‘imidan shoxlaydi. Falladoshlarning guli bir yoki ikki jinsli bo‘lib, ular dastlabki to‘pgul-boshoqchalarga yig‘ilgan. Boshoqchalar ham o‘z navbatida murakkab to‘pgullar: murakkabboshoq, murakkab rovak, popuk va so‘tana hosil qiladi. Boshoqchaning tuzilishi har xil bo‘lib, u sistematik belgi hisoblanadi. Tipik boshoqning butun boshoqchani maxkam o‘rab oladigan bir juft po‘sti bo‘ladi. Po‘sti ichida 1 ta yoki ko‘p gul turadi. har bir gul po‘stining ostki qismini ham o‘rab. Ustki gul po‘stining 2 ta qirrasi bor: bu uning gulqo‘rg‘onini tutashib o‘sgan 2 ta bargchasidan iborat ekan ishchini ko‘rsatadi. Bundan keyin 2 ta, ba’zan 3 ta va undan ham ko‘p 2 ga ajralgan gulqo‘rg‘on pardasi (Lodikulae) joylashgan. Bu parda g‘alladoshlarning gullash biologiyasida katta ahamiyatga egadir. Gullash oldidan pardalar nixoyatda shishib ketadi va shuning uchun gul po‘sti ochiladigan, bu esa changchi va urug‘chilarning gul ichida chiqishiga imkon beradi.
Changchi ko‘pincha 3 ta , ba’zan 1, 2, 6 ta yoki undan ko‘p bo‘ladi. Changchilarning ko‘p miqdor quruq va yengil chang chiqaradigan yirik changdoni bo‘ladi. Changchi iplari o‘simlik gullaguncha qisqa bo‘ladi, lekin gullash vaqtida tez uzayadi va changdonlarini guldan tashqariga chiqaradi. Changchi tushib o‘sgan 2-3 ta meva bargchadan tuzilgan. Changchi og‘izchasi 2 bo‘lakchali, ba’zan 1-3 bo‘lakchali patsimon, faqat makkajo‘xo-rining urug‘chi og‘izchasi ipsimon. Tugunchasi ustki, bir uyali to‘g‘ri yoki bir oz egilgan 1 ta urug‘kurtakda bo‘ladi.
Boshoqlar shamol yordamida, faqat ba’zilari o‘z-o‘zidan changlanadi. Mevasi don bo‘lib, u gulqo‘rg‘on bilan zich tutashib o‘sadi. Endosperma juda rivojlangan.
Ko‘p yillik boshoqlar to‘planish usuliga qarab 3 ta tipga bo‘linadi.
1. Ildizpoyali boshoqlar boshoqdoshlarning to‘planish bo‘g‘imlaridan birmuncha uzun novdalar chiqadi, ular yer tagiga gorizontal xolatda o‘suvchi ildiz poyalardir. Bug‘doyiq, suv bug‘doyiq, qamish ildizpoyali boshoqdoshlarga misol bo‘la oladi.
2. Siyrak to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning bo‘g‘imi ham yer yuzasida bo‘ladi, lekin bo‘g‘imdan chiqqan novdalar yer ustidagi asosiy poyaga nisbatan o‘tkir burchak bilan ko‘tariladi. Timofivka oq suxta siyrak to‘planuvchi o‘simliklarga misol bo‘la oladi.
3. Zich to‘planuvchi boshoqdoshlar Bularning ildizpoyali hamda siyrak to‘planuvchi boshoqdoshlardan farqi shuki, to‘planish bo‘g‘imi yer yuzasidan yuqorida bo‘ladi. har qaysi bo‘g‘imidan oraliqlarijuda qisqa bo‘lgan novdalari chiqadi. har bir novda o‘zining to‘planish bo‘g‘imini hosil qiladi. Undan xuddi yuqorida aytilganidek ichki yon novdalar paydo bo‘ladi. Natijada, zich to‘p vujudga keladi zich to‘planuvchi boshoqdoshlarga chalov betagalar misol bo‘la oladi.
Boshoqdoshlarning to‘planish tipi tuproq hosil bo‘lishda katta ahamiyatga ega. Boshoqdoshlar oilasi 3 ta kenja oilaga bo‘linadi.
1. Bambuksimonlar
2. Tariqsimonlar
3. qo‘ng‘irboshsimon
Bulardan MDX da 2 tasi ya’ni tariqsimonlar va qo‘ng‘irboshsimonlar kenja oilalariga mansub o‘simliklar uchraydi.
Bambuklar kenja oilasi -Bambuseae
Bu oilaning deyarli hamma vakillari ildiz poyali ko‘p yillik o‘simliklar bo‘lib, juda shoxlab ketadigan ko‘p yillik daraxtsimon poyalar chiqaradi. Poyalarining bo‘yi ba’zilari-da 40 m ga yo‘g‘onligi 30 sm ga boradi. To‘pgullari supirgisimon, ko‘pchiligining gullarida 3 ta lodikula, 6 ta otalik, 3 -2 ta ustuncha bor. Mevasi don, ba’zilarida yong‘oqcha yoki rezavor meva holida 200 dan oshiq turi tropik va subtropik mintaqalarda o‘sadi. Yovvoyi holda o‘sadigan bambuklarni yerli aholi deyarli hamma xo‘jalik ishlarida ishlatadi.

Download 21.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling