Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi. - Ijtimoiy reja tuzuvchi qanday qilib maqbul natijaga erishishi mumkin? Bir yo`li sotilgan har bir alyuminiy tonnasi uchun alyuminiy ishlab chiqaruvchilar soliqqa tortilishi bo`ladi. Soliq o`zining miqdorida alyuminiy taklif chizig`ini yuqoriga ko`taradi. Agar soliq atmosferaga chiqarilgan tutunning tashqi harajatini aniq aks ettirsa, yangi taklif chizig`i ijtimoiy harajat chizig`i bilan bir to`g`ri chiziqda yotadi. Bozor yangi muvozanatida alyuminiy ishlab chiqaruvchilar alyuminiyni ijtimoiy maqbul miqdorda ishlab chiqaradi.
- Ijtimoiy xarajat (xususiy xarajat va tashqi xarajat)
- 17.3 Tashqi ta’sirlarga qaratilgan davlat siyosati.
- Tashqi ta’sirlar nima uchun bozorlarni resurslar samarasiz taqsimlanishiga olib kelishini muhokama qildik, lekin bu samarasizlikni qanday bartaraf qilish haqida kam gapirildi. Amalda, davlat siyosatchilari va xususiy shaxslar tashqi ta’sirlarga turli yo`llar bilan javob beradi. Barcha yechimlarning maqsadi resurslar taqsimotini ijtimoiy maqbul darajaga yaqinlashtirishdir.
- Ushbu bo`limda davlat yechimlari ko`rib chiqiladi. Umumiy masala sifatida, hukumat tashqi ta’sirga javob berishda ikki yo`lning biridan foydalanishi mumkin. Buyruq-va-nazorat siyosati bevosita xatti-harakatni tartibga soladi. Bozorga asoslangan siyosat rag`batlantirish bilan ta’minlaydiki, xususiy qaror qabul qiluvchilar muammoni hal qilish yo`lini o`zlari tanlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |