17 amaliy mashg’ulot


Download 1.74 Mb.
bet5/7
Sana17.06.2023
Hajmi1.74 Mb.
#1534975
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17. АМАЛИЙ. TVM va AT. Davlat standartlari. Chizmalarni taxt qilish.

17.5.- sahkl

Ko'p hollarda egri chiziqli kontuming o'lchami ancha oddiy usullar bilan aniqlanadi. 17.5-shakl, c da ko'rsatilgandek, tekis detal, masalan, egri chiziqIi dasta (richag) ni shakli va o'lchamlari kalkaga ko'chirib olinadi. Buning uchun kalka detaIning tekis sirtiga qo'yiladi va barmoqlar bilan chetlari bosilib, egri chiziqli kontur bo'ylab chizib chiqiladi. Hosil qilingan nusxa bo'yicha yoylar radiusi, egri chiziq nuqtalarining koordinatalari va shu kabilarning o'lchamlari topiladi (17.5-shakl, d).



17.6.- sahkl

Agar egri chiziqli kontur aylana yoyi yoki yumaloqlangan burchaklar bo'lsa, ularning o'lchamlari radiusomer (radius o'lchagich) yordamida o'lchanadi. Radius o'lchagich chetlari (burchaklari) har xii radiusli yumaloqlangan shablon (andoza) plastinkalar komplektidan iborat bo'lib, ular o'zaro halqa sharnir bilan birikkan (17.6-shakl,a). U yoki bu shablon plastinkani yumaloqlangan qismini detaining yumaloqligi o'lchanadigan joyiga qo'yib, ularning bir-biriga tegib turganda oraliq bor-yo'qligi aniqlanadi. Agar oraliq ular orasida bo'lmasa, u joyning yumaloqlash radiusi o'lchagichning shu plastinkasiga ko'rsatilgan o'lchash soniga teng bo'ladi (17.6-shakl,b).


Burchaklarni o'lchash. Detal elementlari orasidagi burchaklar shablonlar (17.7-shakl) yoki uglomer (burchak o'lchagich) (17.8-shakl) bilan o'lchanadi. Burchak o'lchagich sakkizta detaldan tashkil topgan bo'lib, uning darajalarga bo'lingan halqasimon diski (1) ga chizg'ich (3) mahkamlangan. Halqasimon disk qo'zg'almaydi, uning yoyi bo'ylab sektor (4) va nonius (2) suriladi. O'lchash jarayonida zaruriyatga qarab sektorga tutqich (5) vositasida burchak chizg'ich (6) o'rniga olib qo'yiladigan chizg'ich (7) ni mahkamlash mumkin. Bu chizg'ichni sektor (4) qirrasi bo'ylab surib, qulay holatga keltirib mahkamlanadi. Asosi 1300 darajaga bo' lingan bo'lsada, burchak o'lchagichning o'lchash zvenolarini turli vaziyatga qo'yib 3200 gacha bo'lgan burchaklarni o'lchash mumkin. Bu burchak o'lchagich 2' gacha
aniqlikda o'lchaydi.


Download 1.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling