17-ma’ruza. Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari 17. 1
Landshaft dizaynida qo’llaniladigan sun’iy materiallar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari
Landshaft dizaynida qo’llaniladigan sun’iy materiallar.
Geotekstil. Ma’lumki, sunggi paytda landshaft dizaynida geotekstil- georeshetka, geosetka, geomat, biomat kabi sun’iy materiallar sifatida keng qullanilmoqda. 1:2 qiyalikda geomat qullaniladi. Geomat qiyalikni armaturalash vazifasini utab, qiyalikda usimliklar uchun samarador gruntni mustaxkamlab, uni suv va shamol eroziyasidan profilaktika kilish vazifasini bajaradi. Geomat qiyalikda usayotgan usimliklarning ildizini bemalol madaniy qatlam bilan aloqasini ta’minlab, ularga ishlov berishda xalakit bermaydi. 4 burchakli va 6 burchakli geoyacheykalar qo’llaniladi. Ular suv o’tkazish xususiyatiga ega bo’lib, yer qatlamini deformaqiyalamaydi. Klumbalarni ma’lum shakllarga keltirish uchun geoyacheyka va geotekstildan foydalaniladi. Buning uchun qatlamli sirt quyidagi tartibda xosil qilinadi. Geoyacheykali birinchi qatlamni gruntning tayyorlov qatlamiga tushalib, ankerlar bilan zaminga mustaxkamlanadi. Yacheykalar unumdor tuprok bilan tuldiriladi. Ustidan geogekstil tushaladi, uning ustidan yana bir qatlam geoyacheyka ankerlar bilan biriktiriladi va tuprok bilan tuldiriladi. Bu jarayon klumbaning zaruriy balandlikka yetgunicha davom etadi. Gabion konstruktsiyalar. Gabion- frantsuz tilidan olingan termin bo’lib, “tosh to’ldirilgan savat” ma’nosini anglatadi. Bunday turdagi konstruktsiyalar bundan 200 yil oldin xam jang maydonlarida dushmanga karshi tusik vazifasida qo’llanilgan. Bugungi kunda u qurilish elementi xisoblanib, chuqur tarzda ruxlangan metall setkalardan tukilgan, ichiga odatda yirik donali shagal yoki oxaktoshlar tuldirilgan konteyner yoki savat kurinishidagi konstruktsiya sifatida ishlatiladi. Bir qarashda oddiy kuringan bunday konstruktsiyalar uzining ajoyib xususiyatlari bilan xozirgi kunda hududni eroziya va xavfli geologik jarayonlar (ko’chki) dan, kirgoklarni mustaxkamlashda, landshaftni shakllantirish va uni saqlashda, tashqi suvlarni tashkil etishda - muxandislik tadbir sifatida tengsiz konstruktsiya xisoblanadi. Gabion konstruktsiyali inshootlar nafaqat beton va temirbetonli inshootlar bilan rakobatchi, balki ularni faol ravishda chetlashtiryapti. Gabion - turli shakl va o’lchamdagi ruxlangan, 2 karra buralgan 6 burchakli 10x12, 8x10, 6x8 yoki 5x7 sm li pulat simlardan tukilgan, ichiga odatda 70-150 mm frakqiyali shagalli zich tog jinslaridan tuldiriluvchi to’g’ri burchakli savatlardan iborat konstruktsiyadir. Pulat simlar diametri 2 dan 4 mm gacha bo’lib, mustaxkamlik chegarasi 38-50 kg/mm.kv. Smmlar diametri va yacheykalar o’lchamidan kelib chiqqan xolda savat 3000 dan 5300 kg/m. gacha buzuvchi yukga chidashi mumkin. Simga koplangan rux qatlamining zichligi 240-290 g/m 2 (takkoslash uchun: tusik-devor uchun ishlatiladigan setkada bu ko’rsatkich 50 g/m 2 ga teng). Qar bir gabion yacheykasi uzaro simlar orqali bog’langan bo’lib, umumiy konstruktsiyani mustaxkamligini ta’minlaydi . Qaralayotgan konstruktsiyaning quyidagi afzalliklari mavjud: Konstruktsiya sifatida bikr emasligi- bu sifati zaminning chukishi, turli gorizontal ta’sirlarni uziga qabul kila olishi bilan izoxlanadi; • suv o’tkazuvchanligi - gidrostatik yukning paydo bo’lishiga yo’l kuymaydi; • temirbeton konstruqiyaga nisbatan me’moriy-estetikligi; • ekologik jixatdan sof, shovqinga karshi ekran vazifasini utaydi; • umrbokiyligi, yillar davomida tabiiy sharoit bilan uygunlashib ketishi uning umrbokiyligi ta’minlaydi;. • maxsus drenaj qurilmalariga extiyoj yukligi; • an’anaviy kum-toshli filtrlar urniga geotekstildan foydalanish mumkinligi; • gabion inshootining assosini tayyorlashda ish xajmining kichikligi; Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling