17-ma’ruza. Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari 17. 1


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana01.05.2023
Hajmi1.5 Mb.
#1418072
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
3-rasm.Turar-joy tumanlarida ko‘kalamzorlar tizimini me’moriy-tarxiy 
tashkil etish namunalari:A - ko‘kalamzorlar bulvarlar tizimi sifatida 
loyihalanadi;B - ko‘kalamzorlar turar joy tumani bog‘i sifatida loyihalanadi; V - 
ko‘kalamzorlar turar-joy tumani joylashgan muhitini tashkil etadi.


4-rasm.Kichik tumandagi turar-joylar guruhining landshaftini tashkil 
etish:1 – dastlabki xizmat ko‘rsatish punkti; 2 – 9 qavatli turar-joy binosi; 3 –
qavatli turar-joy binosi; 4 – suv havzasi; 5 – bolalar maydonchasi; 6 – kirlarni 
quritish uchun maydoncha; 7 – dam olish maydonchasi; 8 – soyabon; 9 – pergola; 
10 – stol tennisi; 11 – avtostoyanka; 12 – besedka;
17.4.Tirgak devorlar. Gabion konstruktsiyalari 
Gabion konstruktsiyali tirgak devorlar. 
Bo’lajak bog’ni rejalashtirishda, dastlab joyning rel’efi o’rganiladi. 
Aksariyat xollarda maydoni notekis joylarni egallab, qurilish ishlaridan so’ng sun’iy 
rel’ef paydo bo’ladi. Bunday bog’larni rejalashtirish ko’chatlarni ekish uchun 
tekislanadi, biroq maydonni to’liq tekislash maqsadga muvofiq bo’lmay, nishablik 
terrasa usulida to’g’rilanadi. Maydonni bunday terrasalar ko’rinishida qayta 
shakllantirish - bu tirgak devorlar yordamida chegaralari mustaxkamlangan 


gorizontal zinalardir. Bunday loyihaviy yechim yerning madaniy qatlamini 
yemirilishdan saqlab, tirgak devorlar yer qatlamini yuvilishidan saqlaydi. 
Tirgak devorlar xam amaliy, xam dekorativ vazifani bajargan xolda, u 
geoplastik element xisoblanadi. Qiyaligi katta yoki murakkab rel’efli maydonlarda, 
qiyalikni tirgak devlorlar yordamida zinalashtirish bog’ni yanada ko’rkamlashtiradi. 
Bu narsa maydonga o’ziga xos rel’ef va fazoviy ko’rk bagishlab, uning ko’rinishini 
yanada qiziqarli xolatga olib keladi. Tirgak devorning ashyosini, shakli va 
o’lchamlarini tanlash, bog’ning vazifasidan kelib chiqadi. 
Tirgak devorlar konstruktsiyasi turlicha bo’lib, asosan terrasalarning 
balandligidan kelib chiqadi. Ularni qurishda mumkin qadar tirgak devorni uzun va 
baland bo’lishiga yo’l qo’ymaslik lozim. Bitta baland tirgak devor o’rniga bir-biriga 
ustma-ust qo’yiluvchi 2-3 tasidan foydalanish taklif qilinadi. Uzun devorni esa turli 
me’moriy shakllar bilan - zinalar, kursilar, gulzorlar bilan cho’zish maqsadga 
muvofiq. Tirgak devorlarning quyidagi turlari keng tarqalgan: tabiiy toshlar yoki 
plitkalar bilan koshinlangan betonli va toshli
Albatta shag’al yoki toshlardan poydevorga hamda maxsus drenajga ega 
bo’lishi lozim. Balandligi 60 sm dan oshmaydigan tirgak devorlar uchun qalinligi 
20-30 sm li shag’alli poydevorlar yetarli bo’ladi. Agar devor balandligi 1 m dan 
oshsa, poydevorning yotqizilish chuqurligi kamida 70 sm bo’ladi, aks xolda tirgak 
devorda turli deformaqiyalar ta’sirida buzilish xolati paydo bo’lishi mumkin. Beton 
poydevorli devorlarning balandligi 3 m gacha bo’lishi mumkin, biroq u 
konstruktsiyaning mustaxkamligini oshirish maqsadida armaturalashni talab etadi. 
Tirgak devorni pardozlash turli ashyolar orqali amalga oshiriladi, ulardan 
eng ko’p qo’llaniladigani pardoz g’isht, tabiiy tosh, pardoz beton bloklar va 
yog’ochdir. 
Tirgak devorlarni terishda toshlarni zich joylashtirib, sementli qorishmasiz 
terish usuli - quruq terish usuli mavjud. Yog’ingarchilikning ko’p miqdorda bo’lishi 
bu usulda terilgan devorlarni uzoq muddat dekorativ ko’rinishda bo’lishiga 
t’o'sqinlik qiladi. 
Terrasalarda dekorativ ekinlar, gazonlar, shag’alli bog’lar,gulzorlar, suv 


xavzalari, polizlar va xatto mevali bog’lar joylashtirish mumkin. Cho’zilgan maysali 
qiyaliklar juda chiroyli ko’rinadi. Biroq shuni e’tiborga olish lozimki, maysa 
qoplami asosining yuvilib ketishini oldini olish uchun qiyalikni plastikli yoki yirik 
yacheykali beton setka bilan mustaxkamlash kerak. Devorlarni qurishda muhim 
shart – quyosh tomonga qaratish, aks xolda vertikal devordan tushayotgan kuchli 
soya o’simliklarning cho’zilishi, rangining o’zgarishi va gullashning kamayishiga 
olib keladi. 
Tirgak devorlarni shartli ravishda dekorativ va mustaxkamlovchi turlarga 
ajratiladi. Biroq, qiyalik va terrasalarni maysa, chim va x.k.lar bilan mustaxkalash 
mumkin bo’lsa, u xolda bu dekorativ loyihalash bo’ladi. Lekin aynan tirgak devor 
talab etiladigan joylarda landshaftni tashkil etishning konstruktiv usullariga 
asoslanib qurish lozim. 
Tirgak devorlar qo’llash lozim bo’lgan turli xolatlarni ko’rib chiqamiz. 
Yassi va tekis hudud. Ba’zan, tekis hududga originallik berish uchun unda 
yerni tirgak devorlar bo’ylab kesib yoki to’ldirib sun’iy qiyaliklar xosil qilinadi. Bu 
qiyaliklar qoida bo’yicha uncha baland bo’lmaydi va maxsus xisob-kitob hamda 
konstruktiv yechimlarni talab qilmaydi. Bu yerda uchastkaning egasi mustaqil 
qilishi mumkin bo’lgan dekorativ tirgak devorlar qo’llaniladi. 
Katta qiyalikka ega bo’lgan hudud. Keskin qiyaliklar hududdan foydalanish 
va ko’kalamzorlashtirishni qiyinlashtiradi. Bu xolatda bir tekis qiyalik o’rniga 
terrasalar tizimi yaratiladi va vertikal yoki juda keskin qiyaliklar gruntli bo’lmagan 
tirgak devorlar bilan mustaxkamlanadi, orasidagi hudud esa tekislanadi. Tirgaklarsiz 
terrasalangan hududdagi keskin kesilgan qiyaliklar qulab ketishi mumkin. 
Ko’chkilardan himoyalash. Suv xavzalari, jarliklar va boshqalarning keskin 
qiyaliklarida kichik ko’chishlar tez-tez uchrab turadi. Ko’chkilarga qarshi kurashish 
usullaridan biri maxsus tirgak devorlar o’rnatishdir. O’pirilishga qarshi tirgak 
devorlar yer ustki va yer ostki bo’ladi. Biroq, xar qanday xolatda oldindan 
topografik, gidrologik, geologik va gidrogeologik tadqiqotlar olib borish va 
mutaxassislarga murojat etish lozim. 
Yo’l va yo’laklar bo’ylab vertikal qiyaliklar. Ko’pincha yo’llar va yo’laklar 
bo’yidagi gruntga ulanib ketadigan yoki ustki qismida turgan qiyaliklarni 
mustaxkamlashga to’g’ri keladi. Anchagina keskin qiyaliklarni mustaxkamlashda 
kirish yoki maydoncha qilish lozim va shuningdek, qiyalikka katta miqdorda grunt 
chikaqrib ulash lozim. 
Bunday xollarda tirgak inshootlarning balandligi birdan to uch (va undan 
ko’p) metrgacha bo’ladi. 



Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling