17-ma’ruza. Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari. Shaharni ko’kalamzorlashtirish toifalari, me’yorlari 17. 1
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
17-ma’ruza.Ko’kalamzorlashtirish funktsiyalari
Tirgak devorlar turlari.
Joylashishiga ko’ra aloxida turuvchi va boshqa inshootlarga bog’langan tirgak devorlarga ajratiladi. SHuningdek, tirgak devorlar gidrotexnik va suv ta’siriga uchramagan turda bo’ladi. Landshaft loyihalashda tirgak devorlar quyidagi turlarga ajratiladi: • past - balandligi 1 metrgacha; • o’rtacha – 1 metrdan 2 metrgacha; • baland - 2-3 metr va undan baland. O’rtacha va baland devorlar o’lchamlari maxsus usullar bilan (shuningdek maxsus kompyuter dasturlari yordamida) xisoblanadi. Yuk tushishi kattaligiga qarab tirgak devorlarning to’rt shakli ajratiladi: • yirik - ularning mustaxkamligi o’z og’irligi bilan ta’minlanadi, materiali esa siquvchi kuchlarga qarshilik ko’rsatadi; • yarim yirik - mustaxkamligi xam uz og’irligi, xam poydevor plitasida yotgan grunt og’irligi bilan ta’minlanadi; • elementli - qoida bo’yicha bir-biri bilan bog’langan temirbeton plitalardan tashkil topgan, ularning ustuvorligini asosan, poydevor tagidagi grunt og’irligi ta’minlaydi; • yupqa - mustaxkamligini grunt asosi bilan siqilish orqali ta’minlaydi. Orqasidagi chegara qiyaligining kattaligiga qarab devorlar keskin qiyalikli, nishabli, to’g’ri va orqaga qiyaligi bo’lgan yotiq turlarga ajratiladi. Qurilish usuliga ko’ra monolit va yigma devorlar ajratiladi. Monolit devorlar o’z navbatida ko’ndalang kesimga ko’ra to’g’ri burchakli, qiyshaygan oldingi chegarali trapesiyali, qiyshaygan orqa chegarali trapesiyali, ikkala chegarasi xam qiyshaygan, ko’mish tomonga qiyshaygan, oldinggi pastki qovurg’asi chiqib turgan, siniq profilli, zinasimon profilli, burchak profilli, yuk tushirish maydonchali bo’ladi. Burchak profilli monolit temirbeton tirgak devorlar joyida yig’iladigan aloxida blok yoki plitalardan shuningdek, tayyor seksiyalardan tayyorlanadi. To’siqsimon devorlar oralig’i plitalar bilan to’ldiriladigan aloxida tayanchlardan iborat bo’ladi. Qatorli devorlar mayda yoki yirik bo’lakli gruntlar bilan to’ldiriladigan aloxida bo’ylama va ko’ndalang elementlardan yig’iladi. Chuqurligi bo’yicha tirgak devorlar poydevorlari ikki tipga ajratiladi: • sayoz joylashish; • chuqur joylashish (joylashish chuqurligi kengligidan bir yarim, ikki barobar katta bo’ladi). Tirgak devor konstruktsiyasi. Tirgak devorlar quyidagi elementlardan tashkil topadi: - poydevor; devor “tana”si; suv ketish joyi. Poydevor bu devor “tana”si o’rnatiladigan asosdir. 30 sm balandlikdagi devorlar uchun poydevor o’rnatilmaydi. 1 metrdan baland bo’lgan devor uchun mustaxkam poydevor lozim (devor balandligining 1/3 nisbatida). Tirgak devor qiyaligi devorning balandligiga uning uzunligi nisbatidan kelib chiqadi. Poydevorlarni tosh, shag’al, qum, ba’zan zichlangan og’ir yoki sement qorishmasi bilan mustaxkamlangan loydan qilinadi. Teskari tomondan grunt bosimini ushlab turish uchun devor konstruktsiyasi mustaxkam bo’lishi kerak. Devorga bosim yog’ingarchilik ko’p bo’ladigan va qor erish paytida yerning suv bilan to’yinganligida ko’p marta oshadi. SHuning uchun devor konstruktsiyasida maxsus drenaj teshiklari bo’lgan suv ketish joyi bo’lishi lozim. Devorning yuqori qismini suv ketish chizig’i tomonga qiyalatib ornatiladi. Suv ketish joyini devorning pastki qismidan chiquvchi shag’aldan va drenaj quvurlaridan qilinadi. Devor “tana”si orasida va yonidagi gruntga yirik zarrali qum sepiladi, poydevorda devor bo’ylab ortiqcha namlikni yig’ib, ketkazish uchun asbosement yoki keramik quvur (100 mm diametrli) o’tkaziladi. Tirgak devorga zina o’rnatish, skameyka, chiroqlar, fontan va boshqa dekorativ elementlar o’rnatish mumkin. Devorning old qismi yuzani pardozlash ashyolari bilan bezatiladi: plitka, mayda shag’al, tosh, yirik galka va b. Tirgak devor gulli o’simliklar bilan birga terrasa kompozisiyalarining aksenti, fon yoki shunchaki aloxida gazon hududlari va maydonchalarni chegaralab turishi mumkin. Vertikal ko’kalamzorlashtirishni chirmashib o’suvchi o’simliklardan tashkil etish mukin. Bu xolda devorga oldindan tayanchlar o’rnatiladi, chunki betonning silliq yuzasida o’simliklar o’sishi qiyin bo’ladi. Tirgak devorlarni yaratishda tanlangan ashyo xam muhim ahamiyatga ega. Gishtli devorlar bog’ning shakl strukturasini ajratib ko’rsatadi, shuningdek, gisht unchalik kimmat bo’lmaydi, lekin uni terishda qiyinchiliklar tug’ilishi mumkin. Gishtlarni joylashtirishda vertikal choklar keyingi qator choklariga ustma- ust tushmasligi lozim. SHuningdek, gishtli devorni xar xil terish orqali turli ko’rinishlarda qurish mumkin. Gishtli devorni maxsus plitka, tabiiy yoki sun’iy tosh bilan yuzasini pardozlash mumkin. Bu xolda toshlar tutashgan joydan eritma o’tishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Tabiiy toshli devorlar juda chiroyli ko’rinadi. Buning uchun oxak, plita, slaneq, granit, gneys, porfir, dolomit, valun yoki daryo galkasini qo’llash mumkin. Xarchil o’lchamdagi toshlarini bir-biriga shunday o’rnatiladiki, ular o’zaro zich joylashishi lozim. Ko’pincha toshlarni mustaxkamlovchi eritma qo’llanilmaydigan, orasini grunt bilan to’ldirib, tog’ o’simliklari ekish mumkin bo’lgan quruq terish qo’llaniladi. Yog’ochli tirgak devorlar. Quruq tirgak devorlar uchun yog’ochdan foydalanish mumkin. Ular ko’p muddatga yaroqli bo’lmasa xam zamonaviy landshaft dizayni nuqtai nazaridan qulayroq xisoblanadi. Yog’och to’sin yoki torf bloklar kichik muntazam bog’chaga to’g’ri keladi, lekin ular istiroxat bog’i yoki tabiiy, yarimyovvoyi bog’ uchun juda mos. Dekorativ beton bloklardan tashkil topgan devor. Bu, qoida bo’yicha, monolit beton (yog’och qolip qo’llangan). Beton devorga metall to’r o’rnatiladi, keyin tabiiy yoki sun’iy tosh bilan yuzasi qoplanadi. Beton bloklarni qo’llash nafaqat narxini arzonlashtiradi, balki devorni mustaqil qurishni osonlashtiradi. Qurilishda egri chiziqli shakldagi devorlar qulayroqdir. SHuningdek, xar xil shakldagi teshikli beton bloklar xam mavjud. Sun’iy toshli bloklar. Bunday bloklarni ishlab chiqarishda betonga odatiy qo’shimcha o’rniga tosh mayda zarrachalari qo’shiladi. Yuzasi silliq xam, g’adir- budir xam bo’lishi mumkin. Sun’iy bloklar nafaqat to’siq va tirgak devorlar uchun, balki skameykalar, ochiq o’choqlar, o’simliklar uchun idish, pergolalarda va x.k.larda xam qo’llash mumkin. Yuqorida sanab o’tilganlarning qaysi birini tanlash lozim? Albatta, bog’ning umumiy arxitekturaviy ko’rinishiga mos keladiganini. Tirgak devorlar qanday xollarda zaruriy konstruktsiya xisoblanadi? Agar aloxida joylarda tirgak devorlar dekorativ rol o’ynasa, suv xavzalari va daryolar bo’yida ular eng kerakli elementdir. Qirgoqlari mustaxkamlanmagan suv xavzalarida suv doim xira bo’ladi, qiyaligi esa eruvchan va sirpanchiq bo’ladi. Tirgak devorlarni suv tagidan, keskin qiyali qirg’oqlarda gruntni maxkamlab o’rnatiladi. Suv xavzalari bo’ylari va jarliklarda ko’chkilar ko’p uchraydi va bu xolat kutilmagan natijalarga olib kelishi mumkin. Balandligi 3 metrgacha bo’lgan farqlarda keskin qiyaliklarni qurishni tirgak devorlarsiz amalga oshirib bo’lmaydi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling