17-ma’ruza. Pog‘onali signal ta’siri orqali o‘tish jarayonini sifat ko‘rsatkichlari. Reja
Download 0.82 Mb. Pdf ko'rish
|
ABN 2-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Rostlash sifatini baholashning ildiz usullari
17-ma’ruza. Pog‘onali signal ta’siri orqali o‘tish jarayonini sifat ko‘rsatkichlari. REJA: 1. Pog‘onali signal ta’siri orqali o‘tish jarayonini sifat ko‘rsatkichlari. 2. Rostlash sifatini baholashning ildizli usullari. Pog‘anali signal ta’siri orqali o‘tish jarayonning sifat ko‘rsatkichlari Tizimning pog‘onali signaldan olgan reaksiyasiga o‘tkinchi funksiya deyiladi. Tizimning o‘tkinchi xarakteristikasi bo‘yicha quyidagi sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash mumkin (4.3-rasm): 1) Rostlanish vaqti yoki o‘tkinchi jarayon vaqti - tr. Bu rostlanuvchi qiymat o‘zining qaror qiymatiga ma’lum a darajada aniq bo‘lishi kerak, ya’ni bu yerda - tizim tezkorligini ifodalovchi qiymat (odatda bo‘ladi). 2) O‘ta rostlash (yoki maksimal rostlash) - O‘tkinchi xarakteristikani qaror qiymatdan qanchaga o‘zgarganligini (og'ganligini) bildiradi. Pog‘onali signalda tizim uchta ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 1) monoton jarayon; 2) aperiodik jarayon; 3) tebranuvchi jarayon. 4.4.-rasm. 2. Rostlash sifatini baholashning ildiz usullari Bu usul xarakteristik tenglamaning chegaralarini aniqlashga va o‘tish jarayonining sifati bilan ko‘rsatilgan chegaralar orasidagi bog‘liqlikni aniqlashga asoslangan. Bu usul o‘tish jarayonining tebranuvchanligini va rostlash vaqtini yetarli darajada tez aniqlashga imkon beradi [14,20,26]. Quyidagi tenglamani ko‘rib chiqarniz: Agar (4.3) - tenglama uchun (4.4) - qatorga yoyish shartini hisobga olgan holda turg‘unlik sharti bajarilsa, tizimning rostlash vaqti tr dan katta bo‘lmaydi. Bu usulning geometrik shakli 4.6-rasmda keltirilgan. cos kattaligi tizimning so‘nish koeffitsiyenti deyiladi. Bu kattalik qancha kichik bo‘lsa, tizim shunchalik tebranishlarga moyil bo‘ladi. a kattaligi esa turg‘unlik darajasini aniqlaydi. Bu usul asosida ideal tizimga nisbatan real tizimlarda o'tayotgan o‘tish jarayonining chetlanishini tavsiflovchi integral ko‘rsatkichlar yotadi. Ideallashtirilgan o‘tish jarayoni sifatida pog‘onali yoki eksponensial o‘tishjarayonlari olinadi. Integral ko‘rsatkichIar yoki integral baholash rostlanayotgan kattaliklarning beriigan qiymatidan olingan xususiy integralni aniqlaydi [11,20,23]. Quyidagi 3 ta integral baholash ko‘p qo'llaniladi: J 2 ni qo‘llashda juda ham ehtiyot bo‘lish kerak, chunki aniq doimiy vaqtli 0 ‘tish jarayonlariga nisbatan kuchli tebranma o‘tish jarayonlari hollari bo‘lishi mumkin, u holda sifatni J 2 orqali ifodalash mumkin. J 2 o‘tish jarayonining ravonligini aks ettirmaydi, shuning uchun J 2 baholashda o‘tish jarayonining ravon o‘tishini hisobga oluvchi ba’zi bir parametrlami qo‘shish zarurati tug‘iladi. J 3 baholash o‘tish jarayonining ravon o‘tishini hisobga oladi. J3 baholashga muvofiq ideallashtirilgan o‘tish jarayoni qilib pog‘onali fimksiya emas, balki eksponensial funksiya olinadi. Download 0.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling