17 Mavzu: Akusher–ginekologik va ruhiy bemorlar bilan munosabatda bo`lish psixologiyasi
Ayniqsa, bularning ichida disparanoik shikoyatlar muhim ahamiyatga egadir. Bu simptom 3 xil toifadagi ayollarda uchraydi
Download 448.81 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. «Arining bachadoni» toifasi.
Ayniqsa, bularning ichida disparanoik shikoyatlar muhim ahamiyatga egadir. Bu simptom 3 xil toifadagi ayollarda uchraydi:
1. Tegmanoziktoifa. Bu toifaga kiruvchi ayollar jinsiy aloqaga qarshilik ko‘rsatishadi, aloqa qilishni uddalay olishmaydi. 2. Frigid ayollar toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayollar o‘z erlariga jinsiy sovuqqonlik yondashadi, xatto uni impotent (jinsiy ojiz) bo‘lib qolish darajasigacha yetkazishadi. 3. «Arining bachadoni» toifasi. Bu toifaga kiruvchi ayol xayotining asosiy maqsadi bola tug‘ish. Bola tug‘ib berish bilan o‘z vazifasini bajargan deb o‘ylashadi. Ular jinsiy aloqada bo‘lmaslik uchun xattoki sun’iy urug`lanishga xam tayyor bo‘lishadi. Yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan universal xamshiralar bunday bemorlar bilan bevosita muloqatda bo‘lib, psixologik bilimlarini ishga solishlari mumkin. Ular bemorlarning shaxsiy xususiyatlari, yurish-turishi to‘g‘risida ma’lumotlar to‘plashlari mumkin. Ko`pincha ayollar vrachlardan ko‘ra xamshiralarga ko‘prok, narsani aytadilar. Shuning uchun xamshiralardan qimmatli ma’lumotlar olamiz. Bu esa to‘g‘ri diagnoz qo‘yish, kerakli dori-darmon va muolajalarni qo‘llab davolash uchun muhimdir. Ayollarda jinsiy muhim bezlarning yoki bachadon, qinning shamollashidan keyin psixik xarakterga ega bo‘lgan klinik simptomlar yuzaga keladi. Bu muammo ginekologiyada va psixoterapiyada o‘ta muhim vazifalardan biridir. Buning uchun uzoq va muhim davo chora-tadbirlari belgilanishi kerak. Shunday usullardan balneoterapiya xam jismoniy, xam ruxiy jixdtdan ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Agar ayollarda jiddiy jarroxdik operatsiyalari davo uchun kullaniladigan bo‘lsa, ular bilan uzoq vakt psixoterapevtik ishlar olib borilishi kerak. Ayolning shaxsiy xususiyatlariga, oilaviy er-xotinlik munosabatlariga baho berish zarurdir. Shundan keyin bemor bilan bulajak operatsiya xususida suhbatlashish muhimdir. Bunday suhbatning vazifasi operatsiyaning muvaffaqiyatli to‘gashiga ishonch uyg‘otishdir. Operatsiyadan keyingi davrda ayolning xavotirlanishi asossizligini, ya’ni operatsiya uning ayollik jozibadorligini tiklashi, axil er-xotinlik munosabatlari qaror topishini unga batafsil tushuntirish lozim. Ginekologiyada operatsiyadan keyingi psixozlar kamdan-kam hollarda uchraydi. Lekin nevrozlar tez-tez uchrab turadi. Jarroxlik aralashuvidan keyin bemorlarda psixonevrologik buzilishlar paydo bo‘lishi tibbiyot hamshiralariga og‘ir vazifalarni yuklaydi. Doyalik-ginekologik amaliyotida homiladorlik oldidan qo`rqish juda muhim muammo hisoblanadi. Bu vaqtda ayniqsa birinchi marta homilador bo‘lgan ayollarni turli ta’sirotlardan saqlash, ayollar maslahatxonalari bo‘limlarining birdan-bir vazifasi xisoblanadi. Uzoq yillar homilador bo‘lmagan ayollar homilador bo‘lganda qo‘rquv, vahima bilan yurishadi. Ular ko‘pincha tug‘ish jarayonidan xavotirga tushadilar. Bunday vaqtda tibbiyot xodimlarining qimmatli maslaxatlari muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda Respublikamizda sog‘lom avlod, onalik va bolalikni muhofaza qilish masalalariga katta e’tibor berilmokda. Mamlakatimiz Prezidenti tomonidan 2000 yilni sog‘lom avlod yili deb e’lon qilinishi ayollarimiz nufuzini yanada oshirdi, ona-bolalarning salomatligini saqlash va mustahkamlash yo‘lida yangi imkoniyatlarni ochib berdi. «Sog‘lom avlod deganda, shaxsan men, eng avvalo, sog‘lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruxiy, fikri sog‘lom, iymon-e’tiqodi butun, bilimli, ma’naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tushunaman. Buyuk davlatni faqat sog‘lom millat, sog‘lom avlodgina ko‘ra oladi» - degan edi Islom Karimov. Tibbiyot xodimlari sog‘lom ayoldan sog‘lom farzand tug‘ilishini sira unutmasliklari va bu ishda o‘z bilim va malakalarini tinmay oshirib borishlari kerak. Barcha tibbiyot muassasalari ona va bolani jismoniy va ruxiy sog‘lomlashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va xayotga tatbiq, etish asosisda ish olib bormokdalar. Download 448.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling