17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi


Download 1.41 Mb.
bet2/7
Sana14.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#145684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Global biznesda axborot tizimi


17.3-rasm. MA’LUMOTLAR VA AXBOROTLAR

Sotilgan kir yuvish vositasining soni va kir yuvish vositasi savdosining umumiy hajmining daromadi haqida to‘la ma’lumot olish uchun supermarket kassasidan chiqqan ma’lumotlar qayta ishlanishi va tashkil qilinishi mumkin.



Kirish tashkilotidan yoki uning tashqi muhitidan chiqayotgan ma’lumotlarni egallab oladi yoki yig‘adi va qayta ishlaydi. Qayta ishlangan axborot kishilar foydalanishi uchun ularga yuboriladi.
17.4-rasm. Axborot tizimlari funksiyalari

Tashqi muhit

Axborot tizimlari tashkilot atrof muhiti haqidagi axborotlarga ega.

Uchta asosiy faoliyat turi – kirish, ishlov berish va xulosa tashkilotga kerak bo‘lgan axborotlarni oladi.

Qayta aloqa tashkilotidagi muvofiq kishilarga yoki faoliyatlarga kiruvchi axborotni baholash va takomillashtirish uchun qayta ulanadi.

Mijozlar, ta’minotchilar, raqiblar, aksiyadorlar va nazorat organlari tashkilot va uning axborot tizimi bilan birga faoliyat olib boradilar.

Axborot tizimlarida, shuningdek, ularni baholash yoki kiritish bosqichida tuzatish kiritishga yordam berish uchun tashkilot tegishli a’zolariga teskari aloqani ta`minlab beradi.

Professional sport jamoasi uchun chipta sotish tizimida sotib oluvchi nomi, manzili, kredit karta raqami, biletlar soni va o‘yin bo‘lib o‘tadigan sana kabilardan iborat ma’lumotlar ishlov berilmagan kirish ma’lumotlari hisoblanadi. Yana bir usuli muayyan bir o‘yin uchun chipta bahosini kiritishdir, aniq bir o‘yin uchun biletga to‘lov qanchalik optimal bo‘lishi mumkinligi kompyuter tahliliga bog‘liq holda o‘zgarib turadi. Bu ma’lumotlarni kompyuterda saqlanadi va buyurtma summasini hisoblash uchun ularga ishlov beradi, biletlarni sotib olinishi, shuningdek, kredit karta kompaniyasi uchun so‘rovlarini yuborish va to‘lov tushumlarini kuzatib boradi. Chiqish onlayn tartibda chiptalar, buyurtmalar uchun kvitantsiya, shuningdek, buyurtmalar to‘g‘risidagi hisobotlarni qog‘ozga chiqarishdan iborat bo‘ladi. Tizim mo‘ayyan o‘yin uchun yoki ma’lum bir bahoda sotilgan chiptalar soni, har yili sotilgan chiptalar umumiy soni va doimiy mijozlar kabilarga o‘xshash qimmatli axborotlar bilan ta’minlanishga imkon beradi.

Bir tomondan, kompyuterli axborot tizimlarida ishlov berilmagan ma’lumotlarni qimmatli axborotlarga aylantirish uchun asoslangan axborot texnologiyalaridan foydalanilsada, ikkinchi tomondan kompyuter va kompyuter dasturlari hamda axborot tizimlari o‘rtasida katta farq mavjud. Zamonaviy axborot tizimlarida texnik asosi elektron hisoblash mashinalari va mos dasturiy ta’minot, dasturlash vositalari mavjud. Kompyuterlar axborotlarni saqlash va ishlov berish qurilmalarini ta’minlab beradi. Kompyuter dasturlari yoki dasturiy ta’minot ishlov berish va jihatlariga ko‘ra kompyuterni boshqarishda foydalanish bo‘yicha ko‘rsatmalar to‘plami hisoblanadi. Tashkilot muammolari echimini ishlab chiqishda kompyuter va kompyuter dasturlari muhim ahamiyatga ega bo‘lsada, axborot tizimining bir qismi, ya’ni tashkil etuvchilaridan biri hisoblanadi.

Bunga uy uy qurishni misol sifatida keltirish mumkin. Uylar bolg‘acha, mix va yog‘och bilan qurilgan, lekin ular uyni o‘z holicha qurib bera olmaydi. Memoriy, dizayn, montaj qilish, landshaft dizayni va bu xususiyatlarni yaratishga olib keladigan barcha echimlar ham uyning bir qismi hisoblanadi va uyning ustiga tomni o‘rnatish muammolarini echish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Kompyuter ham axborot tizimida bolg‘a, mix va taxta materiallari kabidir, ammo, muayyan tashkilot uchun zaarur bo‘lgan ma’lumotlarni o‘z holicha chiqarib bera olmaydi.

Axborot tizimlarini nima ekanligini tushunish uchun unda echilishi lozim bo‘lgan muammolarni (ya’ni,memoriy va dizayn elementlarini), shuningdek, bu echimlarga olib keluvchi tashkiliy jarayonlarni tushunish zarur bo‘ladi.


AXBOROT TIZIMLARI HAJMI

Axborot tizimini to‘liq tushunish uchun tashkilot boshqaruv tizimi jihatlarini keng ma’noda tushunish, shuningdek, tizim axborot texnologiyalari sohasi (17.5- rasm), biznes muhiti muammo va masalalarini echishni ta’minlash uchun ularni ishlab chiqarish quvvati to‘g‘risida mukammal bilimga ega bo‘lish zarur. Bu erda tizimning boshqaruv va tashkiliy, shuningdek, texnik , axborot tizimi savodhonligi jihatlari kabi tushunchalarni qamrab oluvchi keng ma’nodagi tushuncha e’tiborga olinadi. Kompyuter savodhonligi esa, bundan farqli ravishda, faqat axborot texnologiyalari tushunchalariga tayanadi.



17.5- rasm. Axborot tizimlari faqat kompyuterlardan iborat emas

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling