17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi


Download 1.41 Mb.
bet4/7
Sana14.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#145684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Global biznesda axborot tizimi

Tashkilot madaniyatining qismlari doimo uning axborot tizimida mujassamlashtirilganini ko‘rish mumkin. Misol uchun, UPS kompaniyasining ustivor maqsadi mijozlarga xizmat ko‘rsatish bo‘lib, uni kompaniyaning tashkiliy madaniyatining bir qirrasi sifatida kompaniyaning paketlarni yo‘nalishini kuzatish tizimlarida kuzatish mumkin. Keyingi bo‘limda ushbu tizimni batafsilroq tavsiflaymiz. Tashkilotdagi turli bo‘g‘inlar va ixtisosliklar turli manfaalatlar va qarashlarni vujudga keltiradi. Bunday qarashlar ko‘pincha kompaniyani boshqarish usullari hamda resurslar va mukofotlarni taqsimlash usullari borasida bir-biriga zid bo‘ladi. Ziddiyat tashkiliy siyosatning asosini tashkil qiladi. Axborot tizimlari barcha tashkilotlarning tabiiy qismi bo‘lmish turfa xil qarashlar, ziddiyatlar, murosa va kelishuvlarning ushbu qozonidan kelib chiqadi.

3-bobda tashkilotlarning ushbu xususiyatlari va ularning axborot tizimlarini rivojlanishidagi tutgan o‘rnini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Boshqaruv

Boshqaruvning vazifasi tashkilotlarga to‘qnash keladigan ko‘pgina vaziyatlarni asoslash, qarorlar qabul qilish va tashkilish muaamolarni hal qilish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini shakllantirishdan iborat. Boshqaruvchi menejerlar atrof-muhitdagi biznes murakkabliklarini his qiladilar; ular ushbu murakkabliklarga javoban tashkiliy strategiyani o‘rnatadilar; va ishni muvofiqlashtirish va muvaffaqiyatga erishi uchun insoniy va moliyaviy resurslarni taqsimlaydilar. Bu jarayonda ular mas’uliyatli yetakchilikni amalga oshirishlari lozim. Mazkur kitobda tavsiflangan biznes axborot tizimlari real dunyodagi boshqaruvchilarning umidlari, orzulari va haqqoniyligini aks ettiradi.

Lekin boshqaruvchilar amaldagi boshqaruvdan ko‘ra ko‘proq ishshlarni bajarishi lozim. Ular, shuningdek, yangi mahsulot va xizmatlarini yaratishlari, va hatto tashkilotni vaqti-vaqti bilan qaytadan yaratishlari lozim. Boshqaruv mas’uliyatining asosiy qismi yangi bilimlar va ma’lumotlar ta’sirida yaratuvchilik ishidan tashkil topgandir. Axborot texnologiyasi boshqaruvchilarga yangi ma’sulot va xizmatlarni ishlab chiqishlari va yetkazib berishlari, hamda o‘z tashkilotlarini qaytadan tuzishlarida qudratli ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin.
Axborot texnologiyasi

Axborot texnologiyasi menejerlar tomonidan o‘zgarishlarga javob berishda qo‘llaniladigan ko‘plab qurollardan biridir. Kompyuter uskunalari axborot tizimidan kiritish, qayta ishlash va chiqarish faoliyatlarini amalga oshirish uchun foydalaniladigan asbob-uskunalardir. Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: turli o‘lcham va shakllardagi kompyuterlar (jumladan mobil kichik o‘lchamdagi uskunalar); turli kiritish, chiqarish va saqlash uskunalari; va kompyuterlarni bir-biri bilan ulaydigan telealoqa uskunalari.



Kompyuter dasturlari axborot tizimida kompyuter uskunalarini komponentlarini nazorat qiluvchi muvofiqlashtiruvchi batafsil va avvaldan dasturlarngan yo‘riqnomalardan tashkil topadi. 5-bobda hozirda firmalar tomonidan qo‘lllanilayotgan zamonaviy dasturlar va uskuna platformalari batafsilroq tavsiflanadi.

Axborotlarni boshqarish texnologiyasi jismoniy saqlash vositasidagi axborotni tashkil qilishni boshqaruvchi dasturiy taminotdan tashkil topadi. Axborotlarni tartibga solish va ularni olish usullarining tafsilotlarini 6-bobda topish mumkin.

Tarmoqlashuv va telekommunikatsiya texnologiyasi, jismoniy uskunalar va dasturlardan tashkil topgani holda, uskunalarning turli qismlarini bir-biriga ulaydi va axborotni bir jiymoniy nuqtadan ikkinchisiga uzatadi. Kompyuterlar va aloqa uskunalari ovoz, ma’lumotlar, suratlar, tovushlar va videoma’lumotlarni uzatish va ulashish maqsadida tarmoqlarga ulanishi mumkin. Tarmoq ikki yoki undan ortiq kompyuterni ma’lumotlar yoki printer kabi resurslardan birgalikda foydalanish maqsadida ulaydi.

Jahonning eng katta va keng miqyosda qo‘llaniladigan tarmog‘i Internetdir. Internet (7-bobda tavsiflangan) universal standartlarni qo‘llovchi global “tarmoqlar tarmog‘i” bo‘lib, jahonnning 230 dan ortiq mamlakatlarida qariyb 3 milliard foydalanuvchilarga ega millionlab tarmoqlarni bir-biri bilan bog‘laydi.

Internet yangi malumotlar, hizmatlar, strategiyalar va biznes modellar yaratishda yangi universal texnologiya g‘oyasini yaratgan, bu texnologiya g‘oyasi turli xil sistemalarni va tarmoqlarni guruh ichida bog‘laydigan foydalanishlarni o‘z ichiga oladi. Ichki umumiy tarmoq “ichki bog‘lanish” (intvanet) deb ataladigan internet tehnologiyasiga asoslangan. Uyushmadan tashqarida shahsiy internetdan foydalanishga ruhsat etilgan “qo‘shimcha bog‘lanish” (ekstranetlar) deyiladi va firmalar o‘z faoliyatlarini boshqa firmalarniki bilan moslashtirishda yani pul ishlash uchun loyiha bilan iishlash uchun va boshqa uyushmalararo ish uchun shunday tarmoqlardan foydalanadilar. Bugungi kunda ko‘pchilik biznes firmalar uchun internet texnologiyasidan foydalanayotgan ikkalasi biznes muhimligi va raqobati afsalligidir.

www internetda yig‘ish, malumot, topish, formatlash va varaq formatidagi malumot ko‘rsatish uchun kutilayotgan standartlardan foydalanishni o‘z ichiga oluvchi xizmatdir. Tarmoqlar matn, grafiklar, animatsiyalar, tovush, videolarni o‘z ichiga oladi va boshqa tarmoq varaqlari bilan bog‘laydi. Web varog‘ini ko‘rsatilgan so‘zni yoki tugmachani bosish orqali sizga tegishli bo‘lgan varoqdagi qo‘shimcha malumotni topishtngiz va boshqa web saytlarga bog‘lanish mumkin. Web UBS kabi yangi turdagi malumotlar tizimlari uchun negiz sifatida xizmat qiladi.

Ushbu barcha texnologiyalar hamda ularni boshqarishda talab qilinadigan odamlar uyushmalararo ulashadigan resurslarni ko‘rsatadi. Shu bilan birgalikda firmaning informatsiya texnologiya tarkibiy tuzilmasini yaratdi. informatsiya texnologiya tarkibiy tuzilmasi firma o‘zining mahsus malumot tizimlarini yaratadigan g‘oya, fikrlarni o‘z ichiga oladi.

Texnologiyaning interaktiv jarayoni bugungi kundagi kompyuterga asoslangan axborotlarda foydalaniladigan bir nechta namunaviy texnologiyalarni tavsiflab beradi. UPS kompaniyasi o‘zining tijorat faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda mijozlarga yanada yaqinlashish maqsadida asosiy investitsiyalarini axborot tizimi texnologiyalariga yo‘naltiradi. U qadoqlarni kuzatib borish, to‘lovlarni hisoblash, mijozlar hisob raqamiga xizmat ko‘rsatish hamda logistika xizmatini boshqarish maqsadida ko‘plab axborot texnologiyalari, shu jumladan shtrix-kodlarni skaner qilish tizimlari, simsiz tarmoqlar, katta asosiy kompyuterlar, qo‘l kompyuterlari, Internet tarmog‘i, shuningdek ko‘plab turli dasturiy ta’minot turlaridan foydalanadi.

UPS kompaniyasining hozirgina ko‘rsatib o‘tilgan qadoqlarni (yuklarni) kuzatib borish tizimining qanday qilib ishini tashkillashtirishi, undagi boshqaruv tizimi va texnologik elementlarini ko‘rib chiqaylik. UPS kompaniyasining sotish va ishlab chiqarish funksiyalarini tajarishida tashkillashtirish elementi yuklarni kuzatish tizimi bilan uzviy bog‘liqdir (UPS kompaniyasining asosiy mahsulot turi xizmat ko‘rsatish – ya’ni yuklarni yetkazib berish). U jo‘natuvchi hamda qabul qiluvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan va biriktirib qo‘yilgan yuklarni aniqlash uchun talab qilingan jarayonni belgilab beradi, bunda yuklarni ro‘yxatga oladi, yuklarning yo‘nalishlarini kuzatib boradi hamda yuklarning holati to‘g‘risida UPS mijozlariga ma’lumot berib turadi.

Ushbu tizim, shuningdek menejerlar va ishchilarning ehtiyojlarini qondirish uchun kerakli ma’lumotlarni taqdim qilishi ham kerak. UPS kompaniyasining yetkazib beruvchi xodimlari yuklarni tashish jarayoni, undagi yuklarni kuzatib borish tizimidan foydalanish yo‘llari va shu kabi boshqa ishlarni samarali va unumli amalga oshirishlari uchun tegishli ta’lim olish jarayonidan o‘tishlari kerak. UPS xodimlari UPS yuklaridan foydalanish bo‘yicha ichki dasturiy ta’minotdan yoki UPS veb-saytidan foydalanish uchun ba’zi bir bilimlarni egallashlari ham mumkin.



Bu tizimni qo‘llab-quvvatlash texnologiya to‘plami portativ kompyuterlar, shtrix kod skaneri, stol kompyuterlari, simli va simsiz aloqa tarmoqlari, UPS ma'lumotlari markazi, World Wide Webga kirish texnologiyasi, UPS paketlarni nazorat qilish dasturiy ta'minotidan iborat. Natijada raqobat sharoitida arzon narxlarda yuqori darajada xizmat ko‘rsatishni ta’minlovchi bisnes masalalarni xal qilish axborot tizimi yuzaga keladi.





Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling