17-mavzu. Global biznesda axborot tizimi


Download 1.41 Mb.
bet3/7
Sana14.11.2020
Hajmi1.41 Mb.
#145684
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Global biznesda axborot tizimi


Tashkilot

Texnologiya

Boshqaruv

Axborot tizimi


Axborot tizimlaridan samarali foydalanish tizimni shakllantiruvchi tashkil etish, boshqarish va axborot texnologiyalari tushunchalarini talab qiladi. Axborot tizimi atrof-muhit bilan bog‘liq muammolarni tashkiliy va boshqaruv echishda alohida ahamiyatga ega bo‘ladi.
Boshqaruvda axborot tizimlari (BAT) esa yanada keng ma’nodagi axborot tizimlari savodxonligiga erishishni talab etadi. BAT hatti-harakat muammolari, rivojlantirish, shuningdek, menejer va xodimlar tomonidan foydalaniladigan axborot tizimlarini ishlab chiqish, foydalanish va faoliyatga ta’siriga tegishli bo‘lgan savollar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Tashkilot, menejer va axborot texnologiyalari ko‘lamidagi axborot tizimlarini har birini alohida ko‘rib chiqamiz.


Tashkilot

Hozirgi kunda axborot tizimlari tashkilotning ajralmas qismi hisoblanadi. Haqiqatan ham, kredit firmalari hisobotlarini tayyorlovchi ba’zi kompaniyalar faoliyatini axborot tizimlarisiz tasavvur etish mushkul.

Insonlar, tuzilish, biznes-jarayon, siyosat va madaniyat har qanday tashkilotning asosiy elemepnti hisoblanadi. Buerda tashkilotning bu kabi komponentlarini keltirilgan, 2- va 3- bobda ular batafsil ko‘rib chiqiladi.

Tashkilot turli daraja va mutaxassisliklardan tashkil topgan tuzulishga ega bo‘ladi. Ularning tuzilishi muayyan mehnat taqsimotini aniqlab beradi. Firma biznesida vakolat va mas’uliyat tuzilishi ierarxiya yoki piramida ko‘rinishida tashkil etiladi.

Ierarxiyaning yuqori darajasi boshqaruv, professional va texnik ishchilardan, shu bilan bir vaqtda ierarxiyaning yanada quyi darajalari mehnatidan foydalaniladigan xodimlardan tashkil topadi.

Yuqori rahbariyat mahsulot va xizmatlar, shuningdek, firma moliyaviy ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi uzoq muddatli strategik qarorlarni fabul qiladi. O‘rta bo‘g‘in rahbarlari yuqori rahbariyat dastur va rejalarini amalga oshiradi, operativ darajadagi boshqaruv har kunlik biznes faoliyati monitoringiga mas’ul hisoblanadi. Mahsulot va xizmatlar dizayni bilan shug‘ullanuvchi muhandis, tadqiqotchi yoki arxitektorlar kabi aqliy mehnat ishchilari firma uchun yangi bilimlarni yaratadi, shu bilan bir vaqtda, kotiba yoki klerklar firmaning barcha darajalarida rejalashtirish va kommunikatsiyalarga yordam berish uchun ma’lumot etkazib beradi. Ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish xodimlari mahsulotlarni ishlab chiqaradi va xizmatlarni etkazib beradi (17.6-rasmga qarang).

Mutaxassislar faoliyat olib boradilar va turli biznes-funktsiyalarni bajarish uchun tayyorgarlikdan o‘tgan. Tijorat tashkilotlari bajaradigan asosiy biznes-funktsiyalar yoki muvofiqlashtirilgan masalalari savdo va marketing, ishlab chiqarish, moliya va buxgalteriya hisob-kitoblari, shuningdek, inson resurslaridan tapshkil topadi (17.2- jadval). 2- bobda axborot tizimlari bilan quvvatlab turadigan bu biznes-funktsiyalar va usullar batafsil ma’lumot beriladi.

Tashkilot o‘z ierarxiyasi bo‘yicha mantiqiy bog‘langan masalalar hisoblanadigan biznes-jarayonlar orqali ishlarni muvofiqlashtirib turadi. Buyurtmalarni bajara borib yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish va yangi xodimni yollashni biznes-jarayonlarga misol sifatida keltirish mumkin.



17.6-rasm. Firmada turli bo‘g‘inlar



Biznes tashkilotlari uchta asosiy bo‘g‘indan tashkil topgan iyerarxiyalardir: oliy boshqaruv, o‘rta boshqaruv va operatsion boshqaruv. Axborot tizimlar ushbu uch bo‘g‘inning har biriga xizmat ko‘rsatadi. Olimlar va professional xodimlar aksariyat hollarda o‘rta boshqaruv bo‘g‘ini bilan ishlaydilar.
Ko‘pchilik tashkilotlarning biznes jarayonlari vazifalarga erishish maqsadida uzoq vaqt mobaynida ishlab chiqilgan rasmiy qoidalarni o‘z ichiga oladi. Bunday qoidalar xodimlarga schet faktura yozishdan tortib mijozlarning shikoyatlariga javob berishga qadar turli tartib-qoidalar yuzasidan ko‘rsatma beradi. Ushbu biznes jarayonlarining ayrimlari yozma shaklda bayon etilgan, boshqalari esa hamkasblar va mijozlarning telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berish kabi rasman hujjatlashtirilmagan norasmiy biznes amaliyotidan tashkil topgandir. Axborot tizimlari ko‘pgina biznes jarayonlarini avtomatlashtiradi. Misol uchun, mijozning qay tarzda kredit olishi yoki mijozga qayt tarzda schet faktura berilishi aksariyat hollarda rasmiy biznes jarayonlari to‘plamini o‘z ichiga olgan axborot tizimlari tomonidan aniqlanadi.

Har bir tashkilot o‘ziga xos madaniyatga yoki farazlar, qadriyatlar va harakatlarni amalga oshirish usullarining asosiy to‘plamiga ega bo‘lib, u tashkilotning aksariyat ishtirokchilari tomonidan qabul qilingan.

Tahsil olayotgan universitetingiz yoki kollejingizda atrofga nazar tashlab, tashkiliy madaniyatning amaldagi holatini ko‘rishingiz mumkin. Universitet hayotining asosiy farazlariga ko‘ra professorlar talabalarga nisbatan ko‘proq bilimga egadirlar, talabalar kollejga bilim olish maqsadida qatnaydilar, va darslar muntazam jadvalga ko‘ra o‘qitiladi.
17.2-jadval. Asosiy biznes funksiyalari funksiyaning maqsadi


Funksiya

Xususiyati

Sotish va marketing

Tashkilotning mahsulotlari va xizmatlarini sotish

Tayyorlash va ishlab chiqarish

Mahsulotlarni ishlab chiqarish va xizmatlarni ko‘rsatish

Moliya va buxgalteriya hisobi

Tashkilotning moliyaviy aktivlarini

boshqarish va tashkilotning moliyaviy qaydlarini yuritish



Xodimlar bilan ishlash

Tashkilotning mehnat resurslarini jalb etish, rivojlantirish va saqlash; xodimlar to‘g‘risida qaydlarni yuritish

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling