17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja
Iqtisodiy oʻsishning turlari
Download 228.16 Kb. Pdf ko'rish
|
17-seminar
2. Iqtisodiy oʻsishning turlari
Ijtimoiy mahsulotning oʻsish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining oʻzgarishi oʻrtasidagi nisbat iqtisodiy oʻsishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. Ekstensiv iqtisodiy oʻsishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining koʻpayishi tufayli erishiladi. Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa koʻpaytirish uchun ishlab chiqarish omillari miqdori ikki barobar koʻpaytirilishi lozim, sodda qilib aytganda mavjud korxonalar bilan bir qatorda oʻrnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi boʻyicha xuddi oʻshanday yana korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi oʻzgarmay qoladi. Iqtisodiy oʻsishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada ilgʻor ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qoʻllash, ishchi kuchi malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yoʻli bilan erishiladi. Intensiv yoʻl ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining oʻsishida, mahsulot sifatining oshishida oʻz ifodasini topadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling