17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja
Oʻzbekistoning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi
Download 228.16 Kb. Pdf ko'rish
|
17-seminar
5. Oʻzbekistoning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi
va iqtisodiy oʻsish omillari
Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror oʻsishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari oʻrtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Mamlakatimizda iqtisodiy oʻsishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi: - keng koʻlamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish; - xorijiy investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish; - iqtisodiyotda chuqur tarkibiy oʻzgarishlarni amalga oshirish; - ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangilash; - eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish; - kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta oʻylangan siyosatni amalga oshirish. Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran oʻsib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunga uning oʻsishiga ta’sir koʻrsatgan omillar tahlili, ya’ni qoʻshilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning oʻsishiga qoʻshgan hissasini koʻrib chiqish maqsadga muvofiqdir. Agar 2001-2008 yillardagi YaIMning oʻsish sur’atlarini tahlil qilinsa, bunda sanoat ishlab chiqarishining jadal ravishda oʻsishi ham ahamiyatli hissa qoʻshayotganligini kuzatish mumkin.
Download 228.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling