17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja


 Iqtisodiy oʻsishning maqsadi,omillari va yoʻnalishlari


Download 228.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi228.16 Kb.
#189620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-seminar

3. Iqtisodiy oʻsishning maqsadi,omillari va yoʻnalishlari 

 

Iqtisodiy  oʻsishga  ta’sir  koʻrsatuvchi  omillarni  shartli  ravishda  ikki  guruhga  ajratish 



mumkin.  Birinchi guruh omillar taklif omillari deb  ham atalib,  iqtisodiyotning oʻsish layoqatini 

belgilab beradi:  

1) tabiiy resurslarning miqdori va sifati; 

2) ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati; 

3) asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi; 

4) texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti. 

Bu omillar har birining yalpi mahsulot hajmiga ta’sirini baholash orqali iqtisodiy oʻsishni 

tavsiflash mumkin.  

Iqtisodiy oʻsishni tahlil qilishda yuqorida koʻrib chiqilgan koʻrsatkichlardan tashqari yana 

keyingi  qoʻshilgan  ishlab  chiqarish  omillari  unumdorligi  koʻrsatkichlari  ham  muhim  ahamiyat 

kasb etadi. 

Iqtisodiy  oʻsishga  taqsimlash  omillari  ham  ta’sir  qiladi.  Ishlab  chiqarish  calohiyatidan 

maqsadga  muvofiq  foydalanish  uchun  nafaqat  resurslar  iqtisodiy  jarayonga  toʻliq  jalb  qilingan 

boʻlishi,  balki  juda  samarali  ishlatilishi  ham zarur. Resurslarning oʻsib  boruvchi  hajmidan real 

foydalanish va ularni kerakli mahsulotning yuqori miqdorini oladigan qilib taqsimlash ham zarur 

boʻladi. 

Real  mahsulot  ikki  asosiy  usulda  koʻpaytirilishi  mumkin:  1)  resurslarning  koʻproq 

hajmini jalb etilishi; 2) ulardan ancha unumli foydalanish yoʻli bilan. 

Iqtisodiy  oʻsishni  tahlil  qilishda  neoklassik  nazariya  namoyondalari  bizningcha  bir 

tomonlama boʻlgan quyidagi notoʻgʻri nazariy shartlarga asoslanadilar: 

1)  mahsulotning qiymati barcha ishlab chiqarish omillari tomonidan yaratiladi; 

2)  ishlab chiqarish omillarining har biri oʻzining keyingi qoʻshilgan mahsulotiga tegishli 

ravishda mahsulot qiymatini yaratishga hissasini qoʻshadi. SHunga koʻra, bunga javoban barcha 

keyingi qoʻshilgan mahsulotga teng keluvchi daromad ham oladi; 

3)  mahsulot ishlab chiqarish va buning uchun zarur boʻlgan resurslar oʻrtasida miqdoriy 

bogʻliqlik mavjud; 

4)  ishlab chiqarish omillarining erkin tarzda amal qilishi hamda ular oʻrtasida oʻzaro bir-

birining oʻrnini bosish imkoniyati mavjud. 

 


Download 228.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling