17-mavzu. IQTISODIY OʻSISH VA MILLIY BOYLIK
Reja
1. Iqtisodiy oʻsishning mazmuni, mezonlari va koʻrsatkichlari.
2. Iqtisodiy oʻsishning turlari.
3. Iqtisodiy oʻsishning maqsadi,omillari va yoʻnalishlari.
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi.
5. Oʻzbekistoning iqtisodiy salohiyatdan samarali foydalanishi va iqtisodiy oʻsish
omillari.
1. Iqtisodiy oʻsishning mazmuni, mezonlari va koʻrsatkichlari.
Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon boʻlganligi sababli,
uning mezonlaridan biri boʻlgan iqtisodiy oʻsish koʻproq tahlil qilinadi.
Iqtisodiy oʻsish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga
hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga oʻsishi, sifatining yaxshilanishi va
tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy oʻsishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM
miqdorining ortishi orqali oʻlchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bogʻliq
boʻladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy oʻsishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali
oʻlchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining
ortishi orqali oʻlchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qoʻllaniladi.
Iqtisodiy oʻsishning barcha tavsifi yillik oʻsish sur’atlarining foizdagi oʻlchovida toʻliq
oʻz ifodasini topadi:
OʻS
YIM
joriy davr
– YIM
basis davri
×100%
YIM
basis davri
bu yerda:
OʻS – iqtisodiy oʻsish sur’ati, foizda;
YaIM
bazis davr
– taqqoslanayotgan davr (yil)dagi real YaIM hajmi;
YaIM
joriy davr
– joriy davr (yil)dagi real YaIM hajmi.