17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja


 Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi


Download 228.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana02.01.2022
Hajmi228.16 Kb.
#189620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-seminar

4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 

 

Milliy  boylik  insoniyat  jamiyati  taraqqiyoti  davomida  ajdodlar  tomonidan  yaratilgan  va 



avlodlar  tomonidan  jamgʻarilgan  moddiy,  nomoddiy  va  intellektual  hamda  tabiiy  boyliklardan 

iboratdir. 

Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin: 

1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 

2. Nomoddiy boylik. 

3. Tabiiy boylik. 

Moddiy-buyumlashgan  boylik  oxir-oqibatda  ishlab  chiqarishning,  unumli  mehnatning 

natijasi  hisoblanadi.  U  ishlab  chiqarish  yaratilganda  mahsulotlarning  joriy  iste’mol  qilishdan 

ortiqcha qismini jamgʻarish oqibatida vujudga keladi va oʻsib boradi. 

Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yigʻindisi 

sifatida  tasavvur  qilish  notoʻgʻri  boʻlar  edi.  CHunki  bu  boylikning  bir  qismi  har  yili  ishdan 

chiqarib,  qaytadan  yangilanib  turadi  (ishlab  chiqarish  vositalari,  iste’mol  buyumlari).  SHu 

sababli  ishlab chiqarish vositalarining oʻrnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki  mahsulotning 

faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamgʻarilib boriladi. Demak, qoplash fondi 

va moddiy buyumlashgan boylikning oʻsishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 

 




Download 228.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling