17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja


Takrorlash uchun savol va topshiriqlar


Download 228.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/7
Sana02.01.2022
Hajmi228.16 Kb.
#189620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-seminar

 

Takrorlash uchun savol va topshiriqlar 

 


1.  Iqtisodiy taraqqiyot, iqtisodiy rivojlanish va iqtisodiy oʻsish tushunchalarining ta’rifini 

bering hamda ularning umumiy tomonlari va farqlarini koʻrsating. 

2.  Iqtisodiy oʻsishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi?  

3.  Nima  uchun  real  hayotda  sof  ekstensiv  yoki  sof  intensiv  iqtisodiy  oʻsish  turlari 

uchramaydi? 

4.  Mamlakatning  iqtisodiy  salohiyatiga,  aholisining  turmush  darajasiga  va  ishlab 

chiqarishining  samaradorligiga  baho  berishda  iqtisodiy  oʻsishning  qanday  koʻrsatkichlaridan 

foydalaniladi? 

5.  Iqtisodiy  oʻsishga  ta’sir  qiluvchi  taklif,  taqsimlash  va  talab  omillarini  tushuntiring 

hamda ularning ahamiyatini baholang. 

6.  Oʻzbekistonda nominal YaIM 2001-yil 4868,4 mlrd. soʻmni, 2002-yil 7469,3, 2003-yil 

9664,1;  2004-yil  12189,5  mlrd.  soʻmni  tashkil  qilgan.  Uning  yillar  boʻyicha  oʻsish  sur’atlarini 

aniqlang.  Respublika  aholisi  2001-yil  25116;  2002-yil  25428;  2003-yil  25707;  2004-yil  26007 

ming  kishini  tashkil  qilganligini  hisobga  olsak,  aholi  jon  boshiga  nominal  YaIM  oʻsish  sur’ati 

qanday oʻzgargan? 

7.  Milliy boylik tushunchasining ta’rifini bering va tarkibiy tuzilishini koʻrsating. 

8.  Milliy boylik tarkibida moddiy–buyumlashgan boylik qanday oʻringa ega va u qanday 

tarkibiy qismlarni oʻz ichiga oladi? 

9.  Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat oʻlchovida baholab, milliy boylik 

tarkibiga kiritish mumkin emas? 

10. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks 

etishini qanday izohlaymiz? Ularning har biriga misollar keltiring. 



 

Download 228.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling