17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja


 Iqtisodiy oʻsishning turlari


Download 228.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/7
Sana02.01.2022
Hajmi228.16 Kb.
#189620
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
17-seminar

2. Iqtisodiy oʻsishning turlari 

 

Ijtimoiy mahsulotning oʻsish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining oʻzgarishi 



oʻrtasidagi nisbat iqtisodiy oʻsishning ekstensiv yoki intensiv turlarini belgilab beradi. 

Ekstensiv iqtisodiy oʻsishga ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi saqlanib qolgan 

holda  ishlab  chiqarish  omillari  miqdorining  koʻpayishi  tufayli  erishiladi.  Aytaylik,  mahsulot 

ishlab  chiqarishni  ikki  hissa  koʻpaytirish  uchun  ishlab  chiqarish  omillari  miqdori  ikki  barobar 

koʻpaytirilishi  lozim,  sodda  qilib  aytganda  mavjud  korxonalar  bilan  bir  qatorda  oʻrnatilgan 

uskunalarning quvvati, miqdori va sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi boʻyicha xuddi 

oʻshanday  yana  korxonalar  qurilishi  lozim.  Ekstensiv  rivojlanishda,  agar  u  sof  holda  amalga 

oshirilsa, ishlab chiqarish samaradorligi oʻzgarmay qoladi. 

Iqtisodiy  oʻsishning  intensiv  turi  sharoitida  mahsulot  chiqarish  miqyoslarini 

kengaytirishga  ishlab  chiqarish  omillarini  sifat  jihatidan  takomillashtirish,  yanada  ilgʻor  ishlab 

chiqarish  vositalarini  va  yangi texnikani  qoʻllash,  ishchi kuchi  malakasini  oshirish, shuningdek 

mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq foydalanish yoʻli bilan erishiladi. Intensiv yoʻl 

ishlab  chiqarishga  jalb  etilgan  resurslarning  har  bir  birligidan  olinadigan  samaraning,  pirovard 

mahsulot miqdorining oʻsishida, mahsulot sifatining oshishida oʻz ifodasini topadi.  

 




Download 228.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling