17-mavzu. Iqtisodiy oʻsish va milliy boylik reja
Asosiy tayanch tushunchalar
Download 228.16 Kb. Pdf ko'rish
|
17-seminar
Asosiy tayanch tushunchalar
Iqtisodiy rivojlanish – koʻp oʻlchamli jarayon boʻlib, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy taraqqiyotida oʻz ifodasini topadi. Iqtisodiy oʻsish – YaIM, SMM, MD miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga koʻpayishida va sifatining yaxshilanishida ifodalanadi. Iqtisodiy oʻsish mezoni – iqtisodiy oʻsishni nisbatan toʻliq darajada baholash imkonini beradigan koʻrsatkichni xarakterlaydi. Iqtisodiy oʻsishning koʻrsatkichlari – iqtisodiy oʻsishni aniqlashda foydalaniladigan qiymat, ijtimoiy naflilik va natural (jismoniy) koʻrsatkichlar tizimidan iborat. Ekstensiv iqtisodiy oʻsish – ishlab chiqarishga qoʻshimcha iqtisodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi. Intensiv iqtisodiy oʻsish – ishlab chiqarish omillarining mavjud darajasida, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining koʻpayib borishi. Iqtisodiy oʻsish omillari – iqtisodiy oʻsishga ta’sir koʻrsatishda oʻz oʻrniga ega boʻlgan va uni aniqlab beruvchi talab, taklif va taqsimlash omillarini bildiradi. Milliy boylik – insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamgʻarilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat in’omlari. Moddiy-buyumlashgan boylik – milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan ashyoviy – buyum koʻrinishga ega boʻlgan qismi. Tabiiy boylik – milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat boʻlgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart –sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladigan qismi. Ma’naviy boylik – ashyoviy-buyum koʻrinishiga ega boʻlmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohiyati natijalaridan iborat. Download 228.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling