17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaningishlatilishini


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana10.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1185623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BH m 17-mol nat-his

 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaningishlatilishini 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar
Qonunchilikda belgilangan foyda solig‘i bo‘yicha yil davomida 
hisoblangan bo‘nak to‘lovlari va qayta hisoblash bo‘yicha haqiqatda foydadan 
to‘lovlarni hisobga olish uchun quyidagi hisobvaraqlar mo‘ljallangan:
9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”;
9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha xarajatlar”.
Yil davomida budjetga foydadan soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
hisoblangan to‘lovlar 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan 
hisoblanadigan boshqa soliq va yig‘imlar bo‘yicha xarajatlar”hisobvarag‘ining 
debetida budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni (turlari bo‘yicha) hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davri tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzilganda 9810 “Foyda 
solig‘i bo‘yicha xarajatlar”, 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliq va 
yig‘imlar 
bo‘yicha 
xarajatlar”hisobvarag‘i 
9910 “Yakuniy 
moliyaviy 
natija”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda yopiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar bo‘yicha analitik hisob soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarning turlari bo‘yicha yuritiladi.
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar bog‘lanishini quyidagi namunaviy xo‘jalik 
operatsiyalari misolida ko‘rib chiqamiz:
1) 
Foydadan budjetga to‘lovlar bo‘yicha yil davomida hisoblangan summalar:
D 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”
D 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar 
bo‘yicha xarajatlar”
K 6410 “Budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz (turlari bo‘yicha)”.
2) 
Hisobot davrining oxirida soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash 
uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar” K 9810 
“Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”


K 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar”.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling