17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati
Moliyaviy faoliyat daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BH m 17-mol nat-his
Moliyaviy faoliyat daromadlarinihisobga oluvchi hisobvaraqlar. Moliyaviy faoliyat daromadlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”; 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”; 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”; 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”; 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”; 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”; 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”. Royalti ko‘rinishida olingan daromadlar 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4850 “Olinadigan royalti” yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. O‘zbekiston Respublikasi hududida va undan tashqarida boshqa korxonalar faoliyatida ulush bilan ishtirok etishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlar 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4840 “Olinadigan dividendlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar bo‘yicha foizlar ko‘rinishidagi daromadlar 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”hisobvarag‘ida balansning valyuta moddalari bo‘yicha ijobiy kurs farqlaridan olingan daromadlar aks ettiriladi. Chet el valyutasidagi operatsiyalar bo‘yicha ijobiy kurs farqi, shu jumladan, buxgalteriya balansini tuzish sanasiga qarzlarni qayta baholash farqlari 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. Mulkni moliyaviy ijaraga berishdan olingan daromadlar 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida 4830 “Olinadigan foizlar”, 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”, pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqa tegishli hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”hisobvarag‘ining kreditida qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari”hisobvarag‘ida moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari aks ettiriladi. Quyida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy xo‘jalik operatsiyalari bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz: 1) Royalti bo‘yicha olinadigan summalarni hisobga olish: D 4850 “Olinadigan royalti” K 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”. 2) Boshqa korxonalarda ulushli qatnashishdan olingan daromadlar, korxonaga tegishli bo‘lgan aksiyalar bo‘yicha dividendlarni hisobga olish: D 4840 “Olinadigan dividendlar” K 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”. 3) Berilgan qarz majburiyatlari bo‘yicha olinadigan foizlarni hisobga olish: D 4830 “Olinadigan foizlar” K 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”. 4) Balansning valyuta moddalarini qayta baholashdan ijobiy kurs farqlari paydo bo‘lishi: D 5210 “Mamlakat ichidagi valyuta hisobvaraqlari” va boshqa pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlar, majburiyatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va boshqalar K 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”. 5) Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha hisoblangan foizlar summasi: D 4830 “Olinadigan foizlar” K 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”. 6) Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholash (qiymatining oshirilishi): D 5810 “Qimmatli qog‘ozlar” K 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”. 7) Hisobot davri oxirida moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi: D 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar” D 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar” D 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” D 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar” D 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar” D 9560 “Qimmatli qog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar” D 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling