17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Asosiy vositalar va boshqa aktivlarningchiqib ketishini hisobga oluvchi


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/16
Sana10.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1185623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 17-mol nat-his

 
Asosiy vositalar va boshqa aktivlarningchiqib ketishini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar
Korxonaga tegishli asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi 
(tugatish, sotish, tekinga berish, ulush sifatida ustav kapitaliga berish, moliyaviy 
ijara shartnomasi bo‘yicha berish, aniqlangan kamomad yoki yo‘qotish) 
to‘g‘risidagi axborotlarni umulashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga 
oshiriladi: 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”; 9220 “Boshqa aktivlarning 
chiqib ketishi”.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”hisobvarag‘ining debeti bo‘yicha chiqib 
ketgan asosiy vosita ob’ektlarining boshlang‘ich qiymati, shuningdek asosiy 
vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar aks ettiriladi.
9210 “Asosiy
vositalarning
chiqib
ketishi”hisobvarag‘ining 
kreditiga asosiy vositalar ob’ektlarini sotishdan olingan tushumlar va hisobdan 
chiqarish natijasida sotish va foydalanish mumkin bo‘lgan bahoda kelib tushgan 
materiallarning qiymati, shuningdek chiqib ketgan asosiy vositalar ob’ektlari 
bo‘yicha chiqib ketish vaqtida hisoblangan eskirish summalari olib boriladi.
Asosiy vositalarni sotishdan tushumlar 9210 “Asosiy vositalarning chiqib 
ketishi”hisobvarag‘ining kreditida olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag‘larini 
hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Joriy hisobot davrida 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi" hisobvarag‘i 
bo‘yicha debet qoldiq (zarar) 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobvarag‘iga, 
ushbu hisobvaraq bo‘yicha kredit qoldiq (foyda) esa 9310 “Asosiy vositalarning 
chiqib ketishidan foyda”hisobvarag‘iga hisobdan chiqariladi. Asosiy vositalar 
ob’ektlarini moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish natijasida 9210 “Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi”hisobvarag‘ida yuzaga keladigan va kechiktirilgan 
daromadlarga tegishli bo‘lgan foyda summasi 6230 “Boshqa kechiktirilgan 
daromadlar” (joriy qismi) yoki 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan 
daromadlar” (uzoq muddatli qismi) hisobvarag‘iga hisobdan chiqariladi.


Asosiy vositalar ob’ektlarining kamomadi yoki buzilish hollarida qiymatliklar 
kamomadi sifatida aks ettiriladigan qoldiq qiymati 9210 “Asosiy vositalarning 
chiqib ketishi”hisobvarag‘ining krediti bo‘yicha 5910 “Kamomadlar va 
qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda 
hisobdan chiqariladi. Aniq aybdor aniqlangandan keyin kamomad va 
qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar summasi 4730 “Moddiy zararni 
qoplash bo‘yicha xodimlarning qarzi”hisobvarag‘ining debetiga, aniq aybdorlar 
aniqlanmagan holda esa 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobvarag‘ining 
debetiga 
5910 
“Kamomadlar 
va 
qiymatliklarning 
buzilishidan 
yo‘qotishlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda olib boriladi.
9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”hisobvarag‘i bo‘yicha analitik hisob 
chiqib ketayotgan asosiy vositalarning inventar ob’ektlari bo‘yicha alohida 
yuritiladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”hisobvarag‘ining debetida chiqib 
ketayotgan qiymatliklarning balans qiymati, shuningdek shu bilan bog‘liq amalga 
oshirilgan xarajatlar (komission mukofotlar va hokazolar) aks ettiriladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”hisobvarag‘ining kreditiga aktivlarni 
sotishdan tushum, ya’ni sotilgan mulk uchun korxonaga tegishli bo‘lgan summa 
olib boriladi. Nomoddiy aktivlar ob’ektlarining sotilishi va turli chiqib ketishida 
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”hisobvarag‘ining kreditiga, shuningdek 
ushbu ob’ektlar bo‘yicha chiqib ketish vaqtigacha hisoblangan eskirish summasi, 
nomoddiy aktivlarning eskirishini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlar (0500) 
bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”hisobvaraq bo‘yicha debet qoldiq (zarar) 
9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”hisobvarag‘iga, kredit qoldiq (foyda) esa 9320 
“Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”hisobvarag‘iga hisobdan 
chiqariladi.
Quyida asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishi harakatini 
namunaviy xo‘jalik operatsiyalari bo‘yicha hisobga oluvchi hisobvaraqlarning 
bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1) 
Tugatish, sotish, tekinga berish, ustav kapitaliga ulush sifatida berish, 
moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha berish, kamomad yoki yo‘qolishining 
aniqlanishi natijasida chiqib ketayotgan asosiy vositalar ob’ektlarining 
boshlang‘ich qiymatini hisobdan chiqarish:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 0100 “Asosiy vositalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
2) 
Chiqib ketayotgan asosiy vositalar bo‘yicha eskirish:
D 0200 “Asosiy
vositalarning
eskirishini
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.


3) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bilan bog‘liq yordamchi ishlab 
chiqarishning xizmatlari va xarajatlari hisobdan chiqarildi: D 9210 “Asosiy 
vositalarning chiqib ketishi” K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish”.
4) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok 
etayotgan ishchilarga mehnat haqi hisoblandi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6710 “Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisoblashishlar”.
5) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha operatsiyalarda ishtirok 
etayotgan ishchilarga hisoblangan mehnat haqi summasidan ijtimoiy sug‘urta 
ajratmalari amalga oshirildi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar”.
6) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishida ko‘rsatilgan xizmatlar uchun boshqa 
korxonalarga bo‘lgan qarz:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi” K 6990 
“Boshqa majburiyatlar”.
7) 
Asosiy vositalar ob’ektlarini moliyaviy ijaraga berish natijasida hosil 
bo‘lgan kelgusi davr daromadlari hisobdan chiqarildi:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” yoki
K 7230 “Boshqa uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlar”.
8) 
Mavjud asosiy vositalar ob’ektlari moliyaviy ijarasining to‘liq muddati 
davomida olinadigan ijara to‘lovlari summasi (ijaraga beruvchida):
D 0920 “Moliyaviy ijara bo‘yicha olinadigan to‘lovlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
9) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan qolgan materiallarning kirim 
qilinishi:
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9210 
“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
10) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishidan bankka kelib tushgan tushum 
(naqdsiz hisob-kitoblar bo‘yicha):
D 5110 “Hisob-kitob hisobvarag‘i”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
11) 
Xaridorlarning ularga sotilgan asosiy vositalar uchun qarzi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” K 9210 
“Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
12) 
Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlarining ularga sotilgan asosiy vositalar 
uchun qarzi:
D 4120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”


K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
13) 
Asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha muomalalarning moliyaviy 
natijalarini aniqlash:
a) foyda:
D 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”
K 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”. b) zarar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9210 “Asosiy vositalarning chiqib ketishi”.
14) 
Chiqib ketayotgan nomoddiy aktivlarni hisobdan chiqarish (sotish, hisobdan 
chiqarish, tekinga berish va hokazo):
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 0400 “Nomoddiy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
15) 
Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” K 9220 
“Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
16) 
Xaridorlarning ularga sotilgan nomoddiy va boshqa aktivlar uchun qarzi:
D 4120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”.
17) 
Sotilgan materiallarning tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
18) 
Chetga chiqarilgan materiallar qiymatidagi farqlar hisobdan chiqarildi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1610 “Materiallar qiymatidagi farqlar”.
19) 
O‘stirishda va boquvda bo‘lgan hayvonlarning chetga chiqarilishi:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 1100 “O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”.
20) 
Qimmatli qog‘ozlarni sotish:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi” K 0610 
“Qimmatli qog‘ozlar” yoki K 5810 “Qimmatli 
qog‘ozlar”.
21) 
Boshqa aktivlarning chiqib ketishi bo‘yicha muomalalarning moliyaviy 
natijasini aniqlash:
a) foyda:
D 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”
K 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”. b) zarar:
D 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”
K 9220 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishi”. 



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling