17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Asosiy (operatsion) faoliyatningdaromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana10.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1185623
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
BH m 17-mol nat-his

 
Asosiy (operatsion) faoliyatningdaromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. 
 
Tayyor mahsulot, tovar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotishdan 
olingan daromadlar, shuningdek sotilgan tovarlarning qaytishi, sotish va 


baholardan chegirmalar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi 
hisobvaraqlarda amalga oshiriladi:
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”;
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”;
9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”;
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”;
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan 
daromadlar”, 
9030 
“Ishlar 
bajarish 
va 
xizmatlar 
ko‘rsatishdan 
daromadlar”hisobvaraqlarining kreditida korxonaning asosiy faoliyati (tayyor 
mahsulotlar, tovarlarni sotish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish)dan daromadlar 
olinadigan hisobvaraqlar va pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan 
bog‘langan holda aks ettiriladi, biroq, oldingi hisobot davrlarida olingan, ammo 
joriy hisobot davriga tegishli bo‘lgan daromad summalari 6230 “Boshqa 
kechiktirilgan daromadlar”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni sotishda 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan 
daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va 
xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”hisobvaraqlarida sotishdan tushgan sof 
tushum summasi aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 
9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”, 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar 
ko‘rsatishdan 
daromadlar”hisobvaraqlari 
9910 
“Yakuniy 
moliyaviy 
natija”hisobvarag‘i bilan yopiladi.
9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”hisobvarag‘i sotilgan mahsulot va 
tovarlarning qaytishini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bu hisobvaraq asosiy 
(operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9000) 
guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet aylanmasi 
mahsulotlar va tovarlar sotishdan daromadni kamaytiradi. 9040 “Sotilgan 
tovarlarning qaytishi”hisobvarag‘ining debetida qaytarilgan tovarlar qiymati, 
tegishli: pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan - xaridorlar va 
buyurtmachilar 
tomonidan 
qaytarilgan 
tovarlarning 
qiymati; 
olinadigan 
hisobvaraqlar bilan - qaytarilgan tovarlar bo‘yicha bekor qilingan debitorlik 
qarzlari summasi; to‘lanadigan hisobvaraqlar bilan - mazkur tovarlar uchun 
xaridorlar va buyurtmachilardan olingan to‘lovlar va bo‘naklar bo‘yicha vujudga 
kelgan qarz summasi aks ettiriladi. Bunda ilgari hisoblangan qo‘shilgan qiymat 
solig‘i, aksiz solig‘i bo‘yicha budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga 
oluvchi tegishli hisobvaraqlarning debeti va pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar, olinadigan hisobvaraqlarning kreditida yozuv amalga oshiriladi. 
Qaytarilgan mahsulotlar va tovarlarning tannarxi TMZlarni hisobga oluvchi 


tegishli hisobvaraqlarning debetida va sotilgan mahsulotlar va tovarlarning 
tannarxini hisobga oluvchi tegishli hisobvaraqlarning kreditida aks ettiriladi.
9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”hisobvarag‘i 
shartnoma shartlariga muvofiq berilgan sotuv chegirmalari, shuningdek sotilgan 
mahsulot (tovar, ish, xizmat)larda aniqlangan yaroqsizliklar va hokazolar 
natijasida berilgan narx chegirmalarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Ushbu 
hisobvaraq asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar (9000) guruhiga kontr-passiv hisobvaraq hisoblanadi va uning debet 
aylanmasi mahsulotlar va tovarlarni sotishdan, ish bajarishdan va xizmat 
ko‘rsatishdan daromadlarni kamaytiradi. 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga 
berilgan chegirmalar”hisobvarag‘ining debetida sotish va narxlardan berilgan 
chegirmalarning summasi tegishli olinadigan hisobvaraqlar bilan bog‘langan 
holda aks ettiriladi.
Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar 
(9000) bo‘yicha analitik hisob sotilgan mahsulotlar (tovarlar), bajarilgan ishlar va 
ko‘rsatilgan xizmatlarning har bir turi bo‘yicha alohida yuritiladi. Bundan 
tashqari, analitik hisobni sotuvning geografik segmentlari (hududlar) va korxonani 
boshqarish uchun zarur bo‘lgan boshqa segmentlar bo‘yicha yuritish mumkin.
Quyida asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlari harakati to‘g‘risida hisobga 
oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy xo‘jalik operatsiyalar bog‘lanishini ko‘rib 
chiqamiz:
1) 
Jo‘natilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlar 
(QQS, aksizlardan tashqari) uchun xaridorlarga taqdim etilgan hisob-kitob 
hujjatlaridagi summaga:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” yoki
D 4020 “Olingan veksellar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
2) 
Mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlarni naqd pulga sotish:
D 5010 “Milliy valyutadagi pul mablag‘lari” yoki
D 5020 “Chet el valyutasidagi pul mablag‘lari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
3) 
Korxona xodimiga mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar (jumladan maxsus 
kiyimlar) sotildi:
D 4790 “Xodimlarning boshqa qarzlari”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki


K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
4) 
Dividendlar mahsulotlar, tovarlar, ishlar va xizmatlar bilan to‘landi:
D 6610 “To‘lanadigan dividendlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
5) 
Vositachilik operatsiyalari bo‘yicha komission mukofotlar summasi:
D 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobvaraqlar” K 9010 
“Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”.
6) 
Mahsulot, tovarlar, ishlar va xizmatlar sho‘ba va qaram xo‘jalik 
jamiyatlariga sotildi:
D 4120 “Sho‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olinadigan hisobvaraqlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
7) 
Kechiktirilgan daromadlar summasi ular taalluqli bo‘lgan hisobot davri 
kelganda sotish hajmiga kiritildi:
D 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”
K 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
K 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar”.
8) 
Sotilgan tovarlarning qaytishi:
D 9040 “Sotilgan tovarlarning qaytishi”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisobva- 
raqlar”.
9) 
Sotishdan va narxdan chegirmalar berish:
D 9050 “Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”
K 4010 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan hisob- 
varaqlar”.
10) 
Hisobot 
davrining 
oxirida 
9040 
“Sotilgan 
tovarlarning 
qaytishi”hisobvarag‘ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” K 9040 
“Sotilgan tovarlarning qaytishi”.
11) 
Hisobot davrining oxirida 9050 "Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan 
chegirmalar" hisobvarag‘ining yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki


D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” K 9050 
“Xaridorlar va buyurtmachilarga berilgan chegirmalar”.
12) 
Asosiy 
(operatsion) 
faoliyatning 
daromadlarini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” yoki
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” K 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling