17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larningtannarxini hisobga oluvchi
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BH m 17-mol nat-his
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larningtannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar. Sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi hisobvaraqlarda amalga oshiriladi: 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”; 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”; 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”; 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”; 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. Tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlar sotilganda, sotilgan tayyor mahsulotlar, tovarlar, ishlar, xizmatlarning tannarxi 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”hisobvaraqlarining debetida tayyor mahsulotlarni (2800), tovarlarni (2900) hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Hisobot davrining oxirida 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”, 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”, 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i bilan yopiladi. Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9100)dan amalda foydalanish korxonada qo‘llaniladigan tovar- moddiy zahiralarning hisob usuliga, ya’ni, tovarmoddiy zahiralarning uzluksiz yoki davriy hisobiga bog‘liq.Tovar-moddiy zahiralarni uzluksiz hisobga olish usuli qo‘llanilganda har bir mahsulot yoki tovarning tannarxi uning ishlab chiqarish jarayonidagi harakatiga qarab xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarda to‘planadi. Tovar-moddiy zahiralarni davriy hisobga olish usulidan foydalanilganda har bir mahsulot (tovar)ning tannarxi hisobot davri davomida vaqtinchalik 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”hisobvarag‘ida yig‘iladi, biroq sotilgan mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”hisobvarag‘i - hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijasida TMZning mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik hisobvaraq. Ko‘rsatilgan hisobvaraqning debeti bo‘yicha TMZning kamayishi, krediti bo‘yicha TMZning o‘sishi TMZni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000 - 2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”hisobvarag‘ining qoldig‘i 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘iga o‘tkazilishi orqali yopiladi. Quyida sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini harakati to‘g‘risida namunaviy xo‘jalik operatsiyalarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz: 1) Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi hisobdan chiqarildi: D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.yoki K 2820 “Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar” yoki K 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar”. 2) Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi hisobdan chiqarildi: D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” K 1110 “O‘stirishdagi hayvonlar”yoki K 1120 “Bo‘rdoqidagi hayvonlar”. 3) Sotilgan o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tannarxi hisobdan chiqarildi: D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” K 2110 “O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”. 4) Sotilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarildi: D 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. 5) Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik sexlarining bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlarining tannarxi hisobdan chiqarildi: D 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki K 2310 “Yordamchi ishlab chiqarish” yoki K 2710 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar”. 6) Tovar-moddiy zahiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida): D 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” K 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan hisobvaraqlar”. 7) Hisobot davrining oxirida inventarizatsiya natijalari bo‘yicha TMZ hisobvaraqlari bo‘yicha qoldiqlarga tuzatishlar qilindi (davriy hisob bo‘yicha): a) asosiy moddiy zahiralar: - zahiralarning o‘sishi: D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. - zahiralarning kamayishi: D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. b) tugallanmagan ishlab chiqarish: - o‘sish: D 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. - kamayish: D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish”. v) tayyor mahsulot: - zahiralarning o‘sishi: D 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. - zahiralarning kamayishi: D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”. g) tovarlar: - zahiralarning o‘sishi: D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. - zahiralarning kamayishi: D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. 8) Hisobot davrining oxirida 9140 "Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish" hisobvarag‘ining yopilishi: D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”. 9) Hisobot davri oxirida 9150 "Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar" hisobvarag‘ining yopilishi: - TMZlarning kamayishi bo‘yicha zararga: D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”. - TMZlarning o‘sishi bo‘yicha daromadga: D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”. 10) Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9100)ning yopilishi: D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki K 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” yoki K 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling