17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
BH m 17-mol nat-his
SF=STF–DS–BS,
bunda, SF - sof foyda; DS - foydadan to‘lanadigan soliq; BS - boshqa soliqlar va to‘lovlar. Moliyaviy natijalarning hisobi. Hisobvaraqlar rejasining V qismi “Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi” va shu qismga taaluqli bo‘lgan IX bo‘lim “Daromadlar va xarajatlar”ninghisobvaraqlari hisobot davridagi korxona faoliyati moliyaviy natijalarining shakllanishi va ishlatilishi to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilish tartibi O‘zR VMning 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va O‘zR BHMS bilan tartibga solinadi. 9 bo‘limda quyidagi hisobvaraqlarning hisob tartibi yoritiladi: 9000 –“Asosiy (operatsion) faoliyatning daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9100 –“Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9200 –“Asosiy vositalar va boshqa aktivlarning chiqib ketishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9300 –“Asosiy faoliyatning boshqa daromadlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9400 –“Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9500 –“Moliyaviy faoliyat daromadlarini hisobga oluvchi hisob- varaqlar”; 9600 –“Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9700 –“Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9800 –“Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlar”; 9900 –“Yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlar”. Moliyaviy natijalarni shakllantirish uchun alohida daromadlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar va alohida xarajatlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar ishlatiladi. Mahsulot (tovar, ish, xizmat)larni sotishdagi qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz va boshqa to‘lovlar olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning debetida va budjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlarning (6400) kreditida aks ettiriladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling