17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Yakuniy moliyaviy natijanihisobga oluvchi hisobvaraqlar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/16
Sana10.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1185623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BH m 17-mol nat-his

 
Yakuniy moliyaviy natijanihisobga oluvchi hisobvaraqlar. 
 
9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i hisobot yilida korxona faoliyati 
yakuniy 
moliyaviy 
natijasining 
shakllanishi 
to‘g‘risidagi 
axborotlarni 
umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. Yakuniy moliyaviy natija (foyda yoki zarar) 
asosiy faoliyatdan, moliyaviy faoliyatdan va favqulodda daromadlardan ushbu 
faoliyat turlari bo‘yicha xarajatlar summasiga kamaytirilishidan yuzaga keladi. 
9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘ining debetida korxonaning xarajat 
(zarar)lar, kreditida esa foydalar aks ettiriladi. Hisobot davridagi debet va kredit 
aylanmasi taqqoslanishi hisobot davrining sof foydasi (zarari)ni ko‘rsatadi.
Har bir hisobot davri oxirida 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘ining 
debeti va krediti bo‘yicha aylanmalar yig‘iladi va hisobot davrining yakuniy 
moliyaviy natijasini ifodalovchi ushbu hisobvaraq bo‘yicha umumiy qoldiq 
hisoblab chiqariladi.
Hisobot davrining tugashi bilan yillik moliyaviy hisobot tuzishda 9910 “Yakuniy 
moliyaviy natija”hisobvarag‘i 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi 
(qoplanmagan zarari)”hisobvarag‘i bilan bog‘langan holda yopiladi.
Quyida yakuniy moliyaviy natijani hisobga oluvchi hisobvaraqlarning namunaviy 
xo‘jalik operatsiyalari bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1) 
Asosiy 
(operatsion) 
faoliyatning 
daromadlarini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”
D 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar”
D 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” K 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”.
2) 
Sotilgan mahsulot (tovar, ish, xizmat)lar tannarxini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
K 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi” K 9140 “Davriy 
hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish” K 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha 
tuzatishlar”.
3) 
Asosiy 
faoliyatning 
boshqa 
daromadlarini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9310 “Asosiy vositalarning chiqib ketishidan foyda”


D 9320 “Boshqa aktivlarning chiqib ketishidan foyda”
D 9330 “Undirilgan jarima, penya va ustamalar”
D 9340 “O‘tgan yillar foydalari”
D 9350 “Operativ ijaradan daromadlar”
D 9360 “Kreditor va deponent qarzlarni hisobdan chiqarishdan daromadlar”
D 9370 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar daromadlari”
D 9380 “Tekin qaytarilmaydigan moliyaviy yordam”
D 9390 “Boshqa operatsion daromadlar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
4) 
Davr xarajatlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9410 
“Sotish xarajatlari”
K 9420 “Ma’muriy xarajatlar”
K 9430 “Boshqa operatsion xarajatlar”.
5) 
Asosiy 
faoliyatning 
boshqa 
daromadlarini 
hisobga 
oluvchi 
hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9510 “Royalti ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9520 “Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar”
D 9540 “Valyutalar kurslari farqidan daromadlar”
D 9550 “Moliyaviy ijaradan daromadlar”
D 9560 “Qimmatli kog‘ozlarni qayta baholashdan daromadlar”
D 9590 “Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari” K 9910 
“Yakuniy moliyaviy natija”.
6) 
Moliyaviy faoliyat
bo‘yicha
xarajatlarni hisobga 
oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9610 “Foizlar ko‘rinishidagi xarajatlar”
K 9620 “Valyutalar kurslari farqidan zararlar”
K 9630 “Qimmatli qog‘ozlarni chiqarish va tarqatish bo‘yicha xarajatlar”.
K 9690 “Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar”.
7) 
9710 "Favquloddagi foydalar" hisobvarag‘ining yopilishi:
D 9710 “Favquloddagi foydalar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
8) 
9720 "Favquloddagi zararlar" hisobvarag‘ining yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9720 
“Favquloddagi zararlar”.
9) 
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash uchun foydaning 
ishlatilishini hisobga oluvchi hisobvaraqlarning yopilishi:


D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9810 “Foyda solig‘i bo‘yicha xarajatlar”
K 9820 “Foydadan hisoblangan boshqa soliqlar va boshqa
majburiy to‘lovlar bo‘yicha xarajatlar”.
10) 
Hisobot yilining sof foydasi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 8710
“Hisobot
davrining
taqsimlanmagan
foydasi
(qoplanmagan zarari)”.
11) 
Hisobot yilining sof zarari:
D 8710 “Hisobot davrining taqsimlanmagan foydasi (qoplanmagan zarari)”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling