17-mavzu. Moliyaviy natijalar ko‘rsatkichlarining mohiyati, ahamiyati


Favqulodda foyda (zarar)larnihisobga oluvchi hisobvaraqlar


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/16
Sana10.02.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1185623
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
BH m 17-mol nat-his

 
Favqulodda foyda (zarar)larnihisobga oluvchi hisobvaraqlar
Xo‘jalik sub’ektining odatiy xo‘jalik faoliyatidan keskin farq qiladigan 
favquloddagi hodisalar (tasodif, kutilmagan va odatiy bo‘lmagan zarar va 
yo‘qotishlar) natijasida vujudga keladigan foyda va zararlar hisobi quyidagi 
hisobvaraqlarda yuritiladi: 9710 “Favquloddagi foydalar”; 9720 “Favquloddagi 
zararlar”.
Favqulodda hodisalardan foyda 9710 “Favquloddagi foydalar”hisobvarag‘ining 
kreditida TMZ, olinadigan hisobvaraqlar yoki pul mablag‘larini hisobga oluvchi 
hisobvaraqlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
Favqulodda hodisalardan zarar 9720 “Favquloddagi zararlar”hisobvarag‘ining 
debetida uzoq muddatli va joriy aktivlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar bilan 
bog‘langan holda aks ettiriladi.
Hisobot davrining oxirida 9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi 
zararlar”hisobvaraqlari 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘i bilan 
bog‘langan holda yopiladi.
9710 “Favquloddagi foydalar”, 9720 “Favquloddagi zararlar”hisobvaraqlari 
bo‘yicha analitik hisob favquloddagi foyda va zararlarning nomlari bo‘yicha 
yuritiladi.


Favquloddagi foyda (zarar)larni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (9700)ning 
bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1) 
Favqulodda hodisa (tabiiy ofat) natijasida uskunalar, materiallar, tovarlar 
kirim qilindi:
D 0700
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
D 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
D 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 9710 
“Favquloddagi foydalar”.
2) 
Tabiiy ofatdan keyin o‘tkazilgan inventarizatsiya natijasida aniqlangan 
uskunalarning kamomadi:
D 9720
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
K 0700 “O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”.
3) 
Tabiiy ofat tufayli yo‘qotilgan turli xil moddiy qiymatliklar hisobdan 
chiqarildi:
D 9720
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
K 1000 “Materiallarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” yoki
K 1100 “O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi
hisobvaraqlar”.
4) 
Tabiiy ofat tufayli tugallanmagan ishlab chiqarishdagi yo‘qotishlar:
D 9720
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki
K 2110 “O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar” yoki K 2310 
“Yordamchi ishlab chiqarish”.
5) 
Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning tabiiy ofatdan ko‘rgan zarari hisobdan 
chiqarildi:
D 9720
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
K 2720 “Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar”.
6) 
Tabiiy ofatlar natijasida tayyor mahsulot, tovarlarning yo‘qotilishi:
D 9720
“O‘rnatiladigan
asbob-uskunalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlar” yoki
K 2800 “Tayyor mahsulotlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar” K 2900 
“Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
7) 
9710 "Favquloddagi foydalar" hisobvarag‘ining yopilishi:


D 9710 “Favquloddagi foydalar”
K 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”.
8) 
9720 "Favquloddagi zararlar" hisobvarag‘ining yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija” K 9720 
“Favquloddagi zararlar”.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling