17-mavzu. Tabiat va texnogen sivilizatsiya estetikasi Jamiyat rivojida tabiatga estetik munosabatning shakllanishi


Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri


Download 242.72 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana16.06.2023
Hajmi242.72 Kb.
#1488884
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1146 (1)

Texnogen sivilizatsiyaning ishlab chiqarish estetikasi va fan taraqqiyotiga ta’siri. XX
asrda ilmiy-texnikaviy taraqqiyot natijasida biosfera ichida noosfera ya’ni texnikaviy
muhitning paydo bolishi inson hayoti va faoliyatining asosi bo‘lgan mehnatga katta ta’sir
ko‘rsata boshladi. Bugun uyali aloqa, kompyuterlarsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Bu
esa texnika hayotimizga tobora chuqur kirib borayotganini ko'rsatadi. Albatta, biosferadagi
barcha o‘zgarishlarning sababchisi inson — uning tafakkuri ekanligi barchaga ayon. XXI asr 
yuqori texnologiyalar, axborotlar asri sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu esa kishilarning ongi,
faoliyati mana shu tezkorlikka moslashishi lozimligini taqozo etadi. Texnika rivojining ko‘p
yillik tarixi bizning texnik bilimlarimiz, ixtirochilik, konstruktorlik qobiliyatimiz fan, inson 
ehtiyojlari, yashash muhiti rivojiga muvofiq doimiy mukammallashib borishini 
ko‘rsatmoqda. Hozirgi zamon sivilizatsiyasi sanoat va texnika taraqqiyoti bilan bog'liqdir. U 
industrial sivilizatsiya yoki texnogen jamiyati deb atalmoqda. Inson va jamiyat «texnosfera»da
joylashgan bo‘lib, texnika bir joyda to‘xtab turmaydi. Texnika innovatsiyasi inson hayotini
to‘xtovsiz o‘zgartirib turuvchi katalizator - harakatga keltiruvchi sifatida inson ongidan joy
olai. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ijtimoiy hayotga, iqtisod, siyosat va
mafkuraga kirib keldi. «Inson va mashina» munosabatlari tobora yangicha mazmun kasb 
etib bormoqda. Har qanday rivojlangan texnika ham ijtimoiy masalalarni insonsiz hal eta 
olmaydi. Bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan texnika asrida taraqqiyot taqdirini
ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi. Texnikaviy bilim, murtkkab texnologiyani


egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik va mustaqil tafakkur bilan birga borishi kerak.
Texnik taraqqiyotni, uning jamiyatdagi o‘rni va rolini to‘xtatish, inkor etish mumkin emas.
Shunday ekan, texnogen sivilizatsiyada inson texnogen madaniyat-fan amaliyoti, texnikaning
yangidan-yangi shakllari, ularni ishlata bilish uquvi va mahoratiga ega bo‘lishi taqozo etiladi. 

Download 242.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling