17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти
O‘zbekistonda milliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
Download 1.1 Mb.
|
9-мавзу - охирги
- Bu sahifa navigatsiya:
- Маданият соҳаларидаги ютуқлар
O‘zbekistonda milliy ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi
Boy tarixiy merosimiz milliy istiqlol g‘oyamizning asosini tashkil etdi. Komil insonni tarbiyalashda tarixiy merosimiz yetakchi kuchga aylandi Ma’naviy qadriyatlarning tiklanishi va milliy o‘zlikni anglash
bilan mukofotlandi. Маданият соҳаларидаги ютуқлар
Istiqlol tufayli milliy madaniyatimiz, jahon tsivilizatsiyasi taraqqiyotiga bebaho hissa qo’shgan buyuk bobokalonlarimizning ma’naviy merosi qaytadan o’rganildi va tiklandi. Xalqimiz ulardan bahramand bo’la boshladi. Mustaqillik yillarida xalqimiz ma’naviyati yulduzlari bo’lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan tarixiy sanalari YuNESKO bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi: - 1991 yil – Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi; - 1992 yil – Boborahim Mashrab tavalludining 350 yilligi; - 1993 yil – Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligi; - 1994 yil – Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yilligi; - 1996 yil – Amir Temur tavalludining 660 yilligi; - 1997 yil – Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon tavalludining 100 yilligi; - 1998 yil – Ahmad al-Farg’oniy tavalludining 1200 yilligi; - 1999 yil – «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi; - 2000 yil – Burhoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi; - 2000 yil – Kamoliddin Behzod tavalludining 545 yilligi; - 2001 yil – «Avesto» yaratilganligining 2700 yilligi. Buyuk allomalarimiz yubileylari munosabati bilan ularning o’nlab noyob asarlari turli tillarda nashr etildi, ularga atab haykallar o’rnatildi, ziyoratgohlar, bog’lar yaratildi. 1991 yilda buyuk bobomiz Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng nishonlandi. Shu yili O’zbekiston Fanlar akademiyasi Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berildi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi. Yubiley yilida «Lison ut-tayr», «Sab’ai sayyor», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Hayrat-ul Abror» asarlari nashr qilindi, kinofilmlar va sahna asarlari yaratildi. 1991 yil 28 sentyabr kuni Toshkent shahrida barpo etilgan Alisher Navoiy haykali va Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy bog’ining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. 1994 yil oktyabr oyida Mirzo Ulug’bek tavalludining 600 yillik yubileyi o’tkazildi. Ulug’bek madrasasi, Ulug’bek yashagan davrdagi astronomik asboblar, Toshkentdagi Ulug’bek haykali aks etgan pochta markalari muomalaga chiqarildi. O’sha yil 24 oktyabrda Parijda YuNESKO zalida «Ulug’bek va Temuriylar davri» mavzusida Xalqaro konferentsiya hamda «Ulug’bek va an’anaviy san’at» ko’rgazmasi bo’lib o’tdi. Bu tadbirlar Mirzo Ulug’bek qoldirgan ilmiy merosning umuminsoniy qadriyatga molik ekanligini yana bir bor isbot etdi. 1998 yil 23 oktyabrda Farg’onada buyuk alloma Ahmad al-Farg’oniyning 1200 yillik yubileyi nishonlandi. Uning noyob ilmiy merosi xalqimizga qaytarildi. Farg’ona shahrida al-Farg’oniy bog’i yaratildi va buyuk allomaga haykal o’rnatildi. Download 1.1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling