17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти


йилда Хоразмда «Авесто»нинг 2700 йиллиги кенг нишонланди. «Авесто» китоби дунёга келганидан буён илк маротаба ўзбек тилига таржима қилинди ва нашр этилди


Download 1.1 Mb.
bet5/11
Sana26.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1723014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-мавзу - охирги

2001 йилда Хоразмда «Авесто»нинг 2700 йиллиги кенг нишонланди. «Авесто» китоби дунёга келганидан буён илк маротаба ўзбек тилига таржима қилинди ва нашр этилди;

  • 2001 йилда Хоразмда «Авесто»нинг 2700 йиллиги кенг нишонланди. «Авесто» китоби дунёга келганидан буён илк маротаба ўзбек тилига таржима қилинди ва нашр этилди;
  • 2002 йилда Термиз шаҳрининг 2500 йиллиги, Шаҳрисабзнинг 2700 йиллиги ЮНЕСКО иштирокида кенг байрам қилинди;
  • 2003 йилда Абдухолиқ Ғиждувоний таваллудининг 900 йиллиги нишонланди.
  • Имом Абу Исо ат- Термизийнинг 1200 йиллиги, Маҳмуд аз-Замаҳшарийнинг 920 йиллиги (1995 йил);
  • Нажмиддин Қубронинг 850 йиллиги, Баҳоуддин Нақшбанднинг 675 йиллиги (1993 йил) ва Ҳожа Аҳрори Валийнинг 600 йиллиги кенг кўламда нишонланди;
  • 2000 йили Ислом оламининг улуғ ҳуқуқшуноси Бурҳониддин Марғилонийнинг 1200 йиллиги ва беназир аллома Абу Мансур Мотуридийнинг 1130 йиллиги кенг нишонланди. Имом Бухорийнинг тўрт жилддан иборат, имом Термизийнинг бир жилдли ҳадис китоблари чоп этилди. Қуръони Карим саккиз марта, жами бир миллион нусхада нашр этилди;
  • 2002 йили Қуръони Каримнинг изоҳли таржимаси шайх Абдулазиз Мансур томонидан тайёрланди;
  • 2006 йил 3 ноябрь куни Хива шаҳрида Хоразм Маъмун академиясининг 1000 йиллиги нишонланди;
  • 2006 йил Қарши шаҳрининг 2700 йиллиги нишонланди;
  • 2007 йили Марғилон шаҳрининг 2000 йилиги кенг нишонланди;
  • 2008 йили Самарқанд шаҳрининг 2750 йиллиги байрам қилинди;
  • 2009 йили Тошкент шаҳрининг 2200 йиллиги байрам қилинади.

1997 yilda Buxoro va Xiva shaharlarining 2500 yilligi, 1999 yilda buyuk vatanparvar siymo Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi nishonlandi. 2002 yilda Termiz shahrining 2500 yilligi nishonlandi.
Vatanimiz ozodligi yo’lida shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho’lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa xalq ziyolilari nomi, hurmati o’z joyiga qo’yildi, asarlari nashr etildi. Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui bunyod etildi. Mazkur majmua qoshida «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi qurilib, 2002 yil 27 avgust kuni foydalanishga topshirildi. Bu yodgorlik majmualari jamiyat ma’naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va milliy g’ururni ko’tarishga hamda xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongida milliy istiqlol g’oyalarini shakllantirishga xizmat qilmoqda.
O’zbekiston Prezidentining 1992 yil 27 martdagi farmoni bilan Ro’za-Ramozon hayitining birinchi kuni dam olish kuni deb e’lon qilindi. Respublika musulmonlarining istak va xohishlariga ko’ra Qurbon hayiti ham tiklandi, dam olish, bayram kuni bo’lib qoldi. O’zbekiston xalqi tarixida birinchi marta bevosita hukumat homiyligida har yili Haj va Umra amallarini ado etish imkoniyatlariga ega bo’ldilar. Mustaqillik yillarida 40 ming o’zbekistonliklar Makka va Madinada Haj safarida bo’ldi. Yuzlab masjidlar musulmonlarga qaytarildi, yangilari barpo etildi. Hozir «Islom nuri» gazetasi chiqmoqda. Qur’oni Karim 8 marta 1 mln. nusxada nashr etildi. Bu tadbirlar nafaqat dindorlar uchun qilingan marhamat bo’lib qolmay, ular aslida xalqimizning qadimiy rasm-rusum va udumlari, qadriyatlarining tiklanishi, ajdodlar ruhining qayta uyg’onishidir.
Prezidentning 1992 yil 7 martdagi farmoni bilan Islom dini va uning ma’naviy imkoniyatlaridan keng foydalanish maqsadida Respubika Vazirlar Mahkamasi huzurida din ishlari bo’yicha qo’mita tashkil etildi. Uning tasarrufida islom instituti va 10 ta madrasa faoliyat ko’rsatmoqda. Ularda 1000 dan ortiq talaba-yoshlar ta’lim olmoqdalar. 1999 yilda tashkil etilgan Toshkent Islom universitetida 750 talaba o’qimoqda. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida va 1998 yil 30 aprelda yangi tahrirda qabul qilingan «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to’g’risida»gi qonunda davlatning din va dindorlar vakillariga munosabati huquqiy jihatdan aniq belgilab berildi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling