17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти


Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi


Download 1.1 Mb.
bet11/11
Sana26.10.2023
Hajmi1.1 Mb.
#1723014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
9-мавзу - охирги

Mustaqillik yillarida sport O’zbekiston milliy madaniyatining tarkibiy qismi sifatida rivojlantirildi.
1992 yil 5 fevralda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni sportni ommaviy ravishda rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 46 mingdan ortiq sport inshootlari – sport sog’lomlashtirish klublari, bolalar-o’smirlar sport maktablari, olimpiya o’rinbosarlari bilim yurtlari, oliy sport mahorati maktablari, o’yingohlar, sport zallari, maydonlari, hovuzlar barpo etildi va ta’mirlandi. Ularda 7 mln. kishi jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’ldi.
1992 yil yanvarda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasi tuzildi va 1993 yil sentyabrda xalqaro olimpiya qo’mitasining 101-sessiyasida rasmiy e’tirof etildi.
Sportning boks turi jadal o’sdi. 17 marta jahon chempioni Artur Grigoryan, Sidney Olimpiadasi chempioni Muhammadqodir Abdullaev kabi bokschilarimiz nomi jahonga mashhur. 1999 yil avgust oyida Amerikaning Xyuston shahrida o’tkazilgan X jahon chempionatida O’zbekiston boks komandasi 83 mamlakat o’rtasida AQSh va Kuba komandalaridan keyin faxrli uchinchi o’rinni egalladi.

Sport sohalaridagi yutuqlar

  •  2016-yilgi Rio-de-Janeyro shahrida (Braziliya) bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiada mamlakatimiz tarixidagi eng sermahsul musobaqa bo‘ldi.
  • 2000–2016-yillar oralig‘idagi yozgi Olimpiya va Osiyo o‘yin- larida mamlakatimiz sportchilari muvaffaqiyat bilan ishtirok etishdi.
  • 2018-yil Xitoyda o‘tkazilgan 23-yoshgacha bo‘lganlar o‘rtasida o‘tka- zilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi

Yoshlarni ma’naviyatini yuksaltirish, ularning vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 Tashabbus
  • Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san‘atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste‘dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.
  • Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.
  • Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.
  • To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma‘naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.
  • Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta‘minlash masalalarini nazarda tutadi.

Download 1.1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling