17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти
Download 0.65 Mb.
|
10-mavzu tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- „O‘zbekdavlatsirk“
2-Reja:Mustaqillik yillarida sirk va muzeylar faoliyati . 1992- yilda „O‘zbekdavlatsirk“ respublika birlashmasining tashkil etilishi sirk san’atining rivojlanishida, yosh iste’dodli ijrochilarni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Òoshkent sirki zamonaviy talablar asosida qayta ta’mirlandi, unga dorbozlar sulolasi asoschisi, O‘zbekiston xalq artisti Toshkenboy Egamberdiyev nomi berildi. An’anaviy sirk san’atining unutilgan turlari tiklandi va rivojlandi. Iste’dodli yoshlarga amaliy yordam berish maqsadida 1996- yilda estrada-sirk kolleji ochildi. Respublika shaharlarida faoliyat yuritayotgan sirk guruhlari soni ko‘paydi. Agar 1990-yilda 7 ta an’anaviy sirk guruhi faoliyat yuritgan bo‘lsa, 2001-yilda ularning soni 20 tadan oshdi, sirkchilarning ijrochilik mahoratlari o‘sdi. O‘zbekiston sirk ustalarining chet ellarga gastrol safarlari uyushtirildi. Misr, Iordaniya, Falastin, Pokiston, Malayziya, Hindiston, Xitoy, Suriya, Livan, Eron, Birlashgan Arab Amirligida gastrol safarlarida bo‘lgan respublikamiz sirk ustalari O‘zbek milliy sirk san’atini namoyish etdilar. Olimjon Òoshkenboyev rahbarligidagi „O‘zbekiston dorbozlari“ guruhi 1996-yildan boshlab Yevropa mamlakatlarida gastrol safarida bo‘lib, 2000 dan ziyod tomosha ko‘rsatdilar.
Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling