17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти
Download 0.65 Mb.
|
10-mavzu tayyor
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-Reja
15 yoshli Karima Zaripova 1997-yil yanvarda Parijdagi Buglion sirkida bo‘lgan yosh sirk artistlarining xalqaro festivalida qatnashib „Plastik etyud“ (besuyak o‘yini) janrida festivalning eng oliy mukofoti — oltin medalni qo‘lga kiritdi. 1998-yilda Òoshkent sirkida Karima Zaripova rahbarligida iste’dodli yoshlarga ko‘maklashuvchi bolalar studiyasi ochildi. Studiya bolalarga sirk sirlarini o‘rgatib, katta manejga yo‘llaydi. O‘zbek sirkchilari 1999-yilda Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro festivalda, 1999-yilda Saratov shahrida bo‘lib o‘tgan Butunrossiya sirk festivalida, 2000-yilda Xitoyning Uxan shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro sirk festivalida, 2001-yil yanvarda Belgiyaning Lyej shahrida bo‘lib o‘tgan Yevropa sirklarining 10-festivalida muvaffaqiyatli qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egalladilar. Sirkchilarimizning sa’yharakatlari natijasida o‘zbek sirkiga xos turli nomer va attraksionlar xalqaro sirk dasturlaridan o‘rin egalladi. 1993-yilda Toshkentda yangi „Hayvonot bog‘i“ ochildi.
Shu boisdan ham mustaqillik yillarida mavjud muzeylarni ta’mirlash, ularni yangi eksponatlar bilan boyitish, yangi muzeylar barpo etishga alohida e’tibor berildi. 1992-yilda Namanganda ulug‘ o‘zbek shoiri Boborahim Mashrab muzeyi, Xorazmda hofiz Hojixon Boltaboyev nomli maqomchilar muzeyi, Urganchda Xorazm amaliy san’ati va tarixi muzeyi, Buxoroda temirchilik muzeyi, Samarqand viloyatining Oqtosh shahrida xalq baxshisi Islom shoir Nazar o‘g‘lining uy-muzeyi, 1993- yilda Toshkentda o‘zbek ayollari orasidan chiqqan birinchi huquqshunos olima Hadicha Sulaymonova muzeyi, O‘zbek raqqosasi Mukarrama Turg‘unboyeva muzeyi, Navoiy viloyatining Tomdi tumanida mashhur cho‘pon, ikki marta Mehnat Qahramoni Jaboy Bashmanov muzeyi, 1994- yilda Toshkentda xalq rassomi Usta Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996- yilda O‘zbekiston Gidrometeorologiya muzeyi, 1997- yilda Buxoroda mashhur zarb qiluvchi Salim Hamidov muzeyi, shuningdek oliy ta’lim muassasalarida ko‘plab muzeylar ochildi. 1996- yil 1- sentabr kuni Toshkentda Osiyoda yagona bo‘lgan Olimpiya shon-shuhrat muzeyi ochildi. 1996- yil 18- oktabrda Toshkentda Temuriylar tarixi davlat muzeyi ochildi. Muzey temuriylar davri ruhini aks ettiruvchi o‘sha davrga xos tarixiy jihozlar, qurol-aslahalar, lashkarboshilar va oddiy jangchilarning kiyim-boshlari, oltindan yasalgan uy-buyum ashyolari, musiqa asboblari, Amir Temur, Bobur qo‘lyozmalari, Ulug‘bekning astronomik qurilmalari va boshqa 2000 dan ortiqroq tarixiy, madaniy yodgorliklar bilan jihozlangan. Temuriylar tarixi davlat muzeyi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan madaniy, ma’naviy, ma’rifiy ishlar, ilmiy tafakkur markaziga aylandi. O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi yangi binoga ko‘chirildi hamda ajdodlarimizning ko‘p ming yillik hayoti va madaniyatini ilmiy, xolisona aks ettiruvchi yangi eksponatlar bilan qayta jihozlandi. O‘zbekiston davlat san’at muzeyi Yaponiya hukumati tomonidan beg‘araz ajratilgan 38,8 mln iyen pul mablag‘i hisobiga ta’mirlandi, yangi muzey jihozlari, asbob-uskunalari bilan yanada boyidi. O‘zbekiston Prezidentining 1998-yil 12-yanvardagi „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida“ gi farmoni va uning bajarilishini ta’minlashga qaratilgan respublika hukumatining „Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida“ gi qarori mamlakatimizda muzey ishini rivojlantirish istiqbollarini belgilab berdi. Madaniyat ishlari vazirligi, „Oltin meros“ jamg‘armasi, Badiiy akademiya, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi muzeylar rahbariyati bilan hamkorlikda muzeylarning rivojlanishi va moliyaviy ta’minoti bo‘yicha dastur ishlab chiqildi. Muzeylar davlat muhofazasiga olindi, ularni ta’mirlash, muzey eksponatlarini boyitish davlat budjeti hisobidan moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlandi. Muzeylar faoliyatini muvofiqlashtirish, ilmiy-uslubiy yordam ko‘rsatish, moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1998-yilda „O‘zbekmuzey“ Respublika jamg‘armasi tuzildi. Aholining muzeyshunoslik madaniyatini oshirishga ko‘maklashuvchi „Moziydan sado“ jurnali ta’sis etildi va u 1999-yildan boshlab o‘zbek, rus va ingliz tillarida nashr etila boshlandi. Faqat 1999 yilda muzeylarning asosiy fondi 7544 ta tarixiy va madaniy yodgorliklar bilan boyidi. O‘zbekistonda umumiy maydoni 137150 kv m ni tashkil etadigan 510 ta muzey faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 1,3 milliondan ortiq ajdodlarimiz tarixi, betakror madaniyatini aks ettiruvchi nodir buyumlar—eksponatlar saqlanmoqda va aholiga namoyish etilmoqda. Mamlakatimizning me’moriy yodgorliklarga boy 10 ta shahri tarixiy shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan. 2500 ta me’moriy obida, 2700 ta arxeologik yodgorlik, 1800 monumental san’at asari davlat muhofazasiga olingan. Buxoro, Samarqand va Xiva shaharlaridagi 3 ta muzey-qo‘riqxonalarida butun dunyoda eng nodir tarixiy yodgorliklar, me’moriy obidalar, monumental san’at asarlari saqlanib qolgan, davlat muhofazasida yangidan chiroy ochayotgan muzeylar sifatida e’tirof etilgan. Mustaqillik sharofati bilan Samarqand muzey-qo‘riqxonasining Registon maydoni yodgorliklari, Shohizinda, Bibixonim me’moriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Afrosiyob muzeyi, Ruhobod majmuasi, Buxorodagi Kalon minorasi va masjidi, Mir-Arab madrasasi, Savdo gumbazlari, Sitorayi Mohi Xosa ansambli, Bahouddin Naqshband majmuasi, Xivaning Ichan qal’asidagi Ko‘hna ark, Muhammad Aminxon madrasasi va masjidi, Islomxo‘ja minorasi, Toshhovli saroyi, Jome masjidi, Shahrisabzdagi Dor-us-saodat, Dor-ust-tilovat ansambllari, Amir Temurning Oq saroyi, Termizdagi Hakim at-Termiziy, Imom Termiziy, Sulton Saodat, Qirqqiz me’moriy yodgorlik majmualari qayta ta’mirlandi. Samarqand, Buxoro, Xiva va Shahrisabzdagi betakror me’moriy yodgorliklar Jahon xalqaro madaniy meros ro‘yxatiga kiritilgan.
3-Reja:Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling