17-мавзу. ЎЗбекистонинг маънавий ва маданий тарақҚиёти


Mustaqillik yillarida tasviriy san’at, musiqa va qo’shiqchilik sanati


Download 0.65 Mb.
bet7/10
Sana02.01.2022
Hajmi0.65 Mb.
#196622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
10-mavzu tayyor

Mustaqillik yillarida tasviriy san’at, musiqa va qo’shiqchilik sanati

.

Istiqlol yillarida tasviriy san’at ham rivojlandi, rassomchilik yangi ma’no-mazmun bilan boyidi. 1997- yilda Prezident farmoniga muvofiq O‘zbekiston Badiiy akademiyasining tashkil etilishi va „Tasviriy oyina“ respublika ijodiy uyushmasining tuzilishi, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi tasviriy san’at rivojida muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Iste’dodli yoshlarni izlab topish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash ishlari yo‘lga qo‘yildi. O‘zbekiston xalq rassomlari Malik Nabiyev, Bahodir Jalolov, qobiliyatli mo‘yqalam sohibi Zayniddin Faxriddinov va boshqalar xalqimiz ongida milliy g‘urur, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi qator san’at asarlarini yaratdilar. Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Zahiriddin Muhammad Bobur, fan va ma’naviy-ma’rifiy sohada dunyoga mashhur bobokalonlarimizning portretlari yaratildi. Tasviriy san’at ustalarining sa’y-harakatlari bilan Vatanimizda qadimdan shakllangan nafis san’at maktablarining noyob an’analari, tasviriy va miniatura san’atining nodir durdonalari qaytadan o‘rganildi, boyitildi, dunyo uzra namoyish qilindi.



AQSH, Fransiya, Germaniya, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqa mamlakatlarda o‘zbek rassomlarining ko‘rgazmalari bo‘lib o‘tdi. Yetakchi rassom-dizaynerlar — L. Sadriddinov, F. Toshmuhamedov, K. Tursunov, T. Turg‘unov, T. Qo‘ziyev o‘z asarlari bilan Hindiston, Xitoy, Portugaliya, Bolgariya, Gretsiya, Avstraliya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan badiiy ko‘rgazmalarida qatnashdilar. 1999-yil avgust oyida Badiiy akademiyaning Markaziy ko‘rgazma zalida O‘zbekiston mustaqilligining 8 yilligiga bag‘ishlab „Eng ulug‘, eng aziz“ mavzusida o‘tkazilgan respublika badiiy ko‘rgazmada Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona vodiysi va boshqa viloyatlar san’at ustalarining 600 dan ortiq rasmlari, grafikalari (bo‘yoqsiz rasm), dizaynlari, haykaltaroshlik asarlari, xalq hunarmandchiligi va amaliydekorativ san’at namunalari namoyish etildi. Shahar ko‘chalariga bugungi hayotimizni tasvirlovchi rasmlar o‘rnatildi, muhtasham binolarning devorlari naqshlar bilan bezatildiki, bular odamlarga huzur-halovat, zavq bag‘ishlaydi.

Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika Madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan „Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi“, markazning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik-tanlovlar, festivallar tashkil etmoqda. 1992-yilda Toshkentda „Asrlarga tengdosh navolar“ va „Boqiy ovozlar“, Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlarini o‘tkazdi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan „Sharq musiqasi“ festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar. 1996-yil aprel oyida Òurkiston saroyi, Bahor majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan „O‘zbeknavo“ gastrol-konsert birlashmasi xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlarni amalga oshirdi. Musiqa-raqs san’atini rivojlantirish davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlandi.

Respublika Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 5-dekabrdagi „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida“gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1996-yil ko‘rik tanlovini o‘tkazish barcha viloyat, shahar va tumanlarida „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq tanlovining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi, unda 54 mingdan ziyod qo‘shiqchilar qatnashdi. Òanlovning yakunlovchi bosqichi avgust oyida o‘tdi. 700 ta qo‘shiqchi qatnashdi, ulardan 10 tasi mukofotlandi. O‘zbekiston Prezidentining 1996yil 27-avgustdagi farmoni bilan bunday ko‘rik tanlov har yili avgust oyida o‘tkaziladigan bo‘ldi va avgust oyining uchinchi yakshanba kuni „O‘zbekiston — Vatanim manim“ qo‘shiq bayrami kuni deb belgilandi. Bu tanlov jarayonida yuzlab Vatan, mustaqillikni e’zozlovchi yangi qo‘shiqlar yaratildi. „O‘zbekiston — Vatanim manim“, „Men seni sevaman — O‘zbekiston“, „Vatan yagonadir“, „Mustaqillik gullari“, „Ona yurtim“, „O‘zbekiston askarlari“ qo‘shiqlari shular jumlasidandir.

1997- yil 11- martda qabul qilingan Respublika hukumatining „Sharq taronalari“ Xalqaro musiqa festivalini o‘tkazish to‘g‘risida“ qarori musiqa san’atining noyob namunalarini keng targ‘ib qilish, rivojlantirishda dasturulamal bo‘lib xizmat qildi. 1997- yil 25- avgust — 2- sentabr kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tgan „Sharq taronalari“ birinchi Xalqaro festivalida dunyoning 40 dan ortiq mamlakatidan ijrochilar, san’atshunoslar, jamoat arboblari ishtirok etdilar, festivalda yangragan o‘zbek ohanglari, kuy-qo‘shiqlari jahon uzra aks-sado berdi. Ozarbayjonlik Simara Imonova oliy mukofot — Granpriga sazovor bo‘ldi. 1- o‘rin Munojot Yo‘lchiyeva va hindistonlik Shainu Khulanaga nasib etdi. Har ikki yilda Samarqandda „Sharq taronalari“ Xalqaro festivalini o‘tkazish an’anaga aylandi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling