18 – 03 Транспорт воситаларини ишлатиш ва таoмирлаш
§ Bog‘lanishlar va ularning reaktsiyalari
Download 177.5 Kb.
|
Ma\'ruza-1.Nazariy mexanika fani. Statika qismi. (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Bоg’lanishlar"
- 1. Silliq tekislik (yuza, sirt) yoki tayanch
- 2. I p yoki tro’s.
1.4 § Bog‘lanishlar va ularning reaktsiyalari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, agar jism fazoning bir joyidan uning istalgan joyiga ko‘cha olsa, bunday jismlar erkin jismlar deyiladi (masalan, havodagi sharning harakati). Agar jismning biror tomonga sodir qilishi mumkin bo‘lgan harakati qisman cheklangan bo‘lsa, bunday jismlar erkin bo‘lmagan jismlar deb ataladi. Erkin bo’lmagan jismlarning fazodagi harakat erkinligini chegaralanishiga sababchi bo‘lgan boshqa jismlar "Bоg’lanishlar" deb ataladi. Ko‘p hollarda erkin bo’lmagan jismlarning o‘zlari ham boshqa jismlarning harakatlarini qisman cheklab qo‘yishlari mumkin, shu sababli ana shunday jismlar keyinchalik bog‘lanish sifatida ishtirok etishlari mumkin. Masalan, stolning ustida joylashgan jism, sharnirga osib qo‘yilgan eshik va shu kabilar erkin bo’lmagan jismlarga misol bo‘la oladi. Bu misollarda stol jism uchun, sharnir eshik uchun bog‘lanish hisoblanadilar. Chunki stol jismni vertikal pastga tushishiga yo‘l qo‘ymaydi, sharnir esa eshikni faqat aylanma harakatdan boshqa hamma harakatlariga to‘sqinlik qiladi. Bog‘lanishga ega bo‘lgan erkin bo’lmagan jismlar harakat qilganlarida, ular bog‘lanishlarga ma’lum yo‘nalishda va miqdorda bo‘lgan bosim kuchlari bilan ta’sir ko‘rsatadilar. O‘z navbatida bog‘lanishlar ham jismga ta’sir va aks ta’sir qonuniga asosan, xuddi shunday qiymatda, lekin qarama-qarshi yo‘nalishda bo‘lgan aks ta’sir kuchi ko‘rsatadi. Erkin bo’lmagan jismning harakatini cheklovchi bog‘lanishlar, jismga nisbatan ko‘rsatgan aks ta’sirlari, yoki bog‘lanish reaktsiyalari deb ataladi. Bog‘lanishlarning reaktsiyasi oldindan ma’lum bo‘lmaydi, u faqat jismning unga nisbatan ko‘rsatgan ta’siriga bog‘liq holda bo‘ladi (agar bog‘lanishga hech qanday kuchlar ta’sir etmasa, uning reaktsiyasi nolga teng bo‘ladi); ularni aniqlash uchun mexanikaning tegishli masalalarini echish lozim. Bog‘lanishlarning reaktsiyasi har doim jismning harakat yo‘nalishi cheklangan tomonga qarama-qarshi tomonga yo‘nalgan bo‘ladi. Agarda bog‘lanish jismni bir necha yo‘nalishdagi harakatini cheklayotgan bo‘lsa, bunday bog‘lanishning reaktsiyasini yo‘nalishi ham oldindan ma’lum bo‘lmaydi va tegishli masalalarni echish orqali aniqlanadi. Bog‘lanish reaktsiyalarining yo‘nalishlarini to‘g‘ri aniqlanishi mexanika masalalarini echishda muhim ahamiyatga ega. Shu sababli ko‘p uchraydigan ba’zi bog‘lanishlarning reaktsiyalari qanday yo‘nalishlari mumkinligini o‘rganib chiqamiz. 8 -shakl 1. Silliq tekislik (yuza, sirt) yoki tayanch: Silliq yuzali bog‘lanish deb, ishqalanishga ega bo‘lmagan yoki ishqalanish kuchi e’tiborga olinmagan yuzaga aytiladi. Bunday yuzalardan iborat bog‘lanishlar faqat shu yuzalarga tik bo‘lgan (normal) yo‘nalishdagi harakatgagina qarshilik ko‘rsatishlari mumkin (8-a shakl)[6]. Shu sababli silliq yuzadan yoki silliq tayanchdan iborat bo‘lgan bog‘lanishlarning reaktsiyalari - , ularning tutashgan joylariga qo‘yilgan bo‘lib, tutashuvchi jismlarning umumiy normali bo‘yicha yo‘naladi. Agarda tutashuvchi jismlardan biri nuqtadan iborat bo‘lsa, (8- b shakl) reaktsiya kuchi ikkinchi yuzaning normali bo‘ylab yo‘naladi. 9 -shakl 2. I p yoki tro’s. Cho‘zilmaydigan egiluvchan ipdan iborat bo‘lgan bog‘lanishlar (9 -shakl). M jismni A nuqtadan MA masofadan uzoqda bo‘lgan masofaga borishiga qarshilik ko‘rsatadi xolos. Shu sababli tarang ipdan iborat bog‘lanishning reaktsiyasi - , shu ipning tarangligi bo‘yicha yo‘nalgan bo‘ladi. Download 177.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling