18 – ma’ruza. Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper tavsifnomasi


Download 290.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.01.2023
Hajmi290.15 Kb.
#1093710
1   2   3   4   5
Bog'liq
sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx

9 - chizma 
Bunga sabab shuki, kuchlanganlik ortishi bilan ionlar va elektronlarning tartibli 
harakati tezligi ortadi, binobarin, elektrodlarga 1 sek davomida o’tayotgan elektr 
miqdori (tok) dam ortadi. Ravshanki, maydon kuchlanganligining qiymati tashqi 
ionizator 1 sek davomida hosil qilayotgan barcha ionlar va elektronlar xuddi shu vaqt 
ichida elektrodlarga yetib keladigan qiymatga yetganida tokning o’sishi to’xtaydi. Bu 
Yeb kuchlanganlikka moc I
m
maksimal tok to’yinish toki deyiladi (bs qismi). 
Тo’yinish toki kattaligi ionizator quvvatiga proporsional. Maydon kuchlanganligi 
yetarlicha 
katta 
bo’lganda 
gazning 
o’z-o’zidan 
ionlanishi 
boshlanadi, 
kuchlanganlikning yanada ortishida mustaqil gaz razryadi boshlanadi. Shunday qilib, 
9-chizmadagi egri chiziqning Od qismi mustaqilmas gaz razryadiga, egri chiziqning d 
nuqtadan o’ngroqda yotgan tarmog’i mustaqil gaz razryadiga tegishli ekan. 
Gaz razryadining umumiy belgilari ana shunday. Shu bilan birga razryadning 
xarakteri (turi) asosan gazning bosimi, temperaturasi, gazning kimyoviy tarkibi, 

Е

Е

Е

I

I
 
Е
 
C
 
d
 


shuningdek, elektrodlarning materiali, shakli, o’lchamlari va o’zaro joylashishiga 
bog’liq. 
MUSТAQIL GAZ RAZRYaDINING ТURLARI. 
1. Uchqunli razryad. Katta elektr maydoni kuchlanganliklarida (30000 v/sm 
atrofida) me’yoriy yoki yuqori bosimda bo’lgan gazda uchqun razryad (gazning 
teshilishi) ro’y beradi. Uning ko’rinishi elektrodlar orasida biron hosil bo’ladigan 
yorqin egri-bugri tarmoqlangan kanal ko’rinishida bo’ladi. Razryad vaqt o’tishi bilan 
uzuq – yuluq bo’ladi (kanal goh alangalanadi, goh so’nadi) va kuchli chirsillash bilan 
boradi. 
Тabiiy sharoitda bo’ladigan juda katta uchqunli razryadga yashin misol bo’la 
oladi. Yashin bulut va yer yoki ikki chaqmoq bulut orasida yuzaga keladigan elektr 
uchqunidir. Yashinning uzunligi bir necha kilometrga yetishi mumkin, yashin 
kanalining diametri 25 sm, kanaldagi tok kuchi 10
5
a ga yetadi. Yashin 10
-6
sek 
davom etadi. Chaqmoq xodisalari, xususan yashin birinchi bo’lib XVIII asrning 
o’rtalarida M. V. Lomonosov va G.V.Rixman hamda ulardan mustaqil holda 
amerikalik olim Franklin tomonidan sinovda o’rganilgan edi. 
2. Тoj razryad. Bir jinsli bo’lmagan elektr maydonida bo’lgan me’yoriy yoki 
yuqori bosimli gazda elektrodlar o’tkir qismlarining yaqinida toj razryadi kuzatiladi. 
Тoj razryad gazning och binafsha rangda nurlanishi bo’lib, zaif lippillash bilan 
boradi. Razryad gaz molekulalarining kuchli elektr maydonida katta tezliklargacha 
tezlatilgan elektronlari va ionlarining zarb bilan ionlanishi tufayli yuzaga keladi. 
Тoj razryad, masalan, yuqori kuchlanish simlari yaqinida, machta uchlarida va 
boshqa o’tkir uchli jismlar yaqinida hosil bo’ladi. Yashin qaytargichning ishlashi toj 
razryadiga asoslangan. Atmosferada momaqaldiroq bo’lgan vaqtda hosil bo’lgan 
kuchli elektr maydoni yashin qaytargichning uchida toj razryadni vujudga keltiradi. 
3. Yey razryad. Yey razryad bir-biriga yaqin joylashgan ikki elektr (ko’mir 
yoki metall elektrod) orasida unchalik katta bo’lmagan kuchlanishlarda (60 v 
atrofida) vujudga keladi. 
Atmosfera bosimida uning temperaturasi baland 5000-6000°K bo’ladi va 
ko’zni qamashtiradigan darajada nurlanadi. Yey razryad vaqtida 1 mm

yuzaga to’g’ri 
keladigan tok zichligi bir necha ming amperga yetadi. 
Yey razryad asosan cho’g’langan katodning termoelektron emissiyasidan 
yuzaga keladi. 
Yey razryadini 1802 yilda V.V.Petrov kashf qilgan edi. Hozirgi vaqtda 
razryadning bu turi metallarni payvand qilish (elektr yoyi bilan payvandlash), maxsus 
po’latlarni eritish (yey pechi), yoritish (yey fonar, projektor) va boshqa soxalarda 
qo’llaniladi. Yey razryadining past bosimdagi simob bug’laridagi yorug’ligi 
ultrabinafsha nurlariga juda boy bo’ladi. 
4. Yolqin razryad. Yolqin razryad gazda past bosim (0,1 mm simob ustuni) 
va elektr maydonining yuqori kuchlanganliklarida (80 v/sm atrofida) kuzatiladi. 
Razryad gaz-razryad nayining elektrodlari orasida deyarli butun fazoni to’ldiruvchi 
sokin nurlanuvchi A ustun (musbat ustun) ko’rinishida bo’ladi (10-chizma), faqat 
katod yaqinidagi kichik V sohagina nurlanmay qoladi (katod qorongi fazosi). 
Nurlanish qo’zg’algan molekulalarni vujudga keltiradi, nurlanishning ranggi gaz 
tabiatiga bog’liq bo’ladi. 



Download 290.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling