18 – ma’ruza. Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper tavsifnomasi


Download 290.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana15.01.2023
Hajmi290.15 Kb.
#1093710
1   2   3   4   5
Bog'liq
sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx

10 – chizma 
Yolqin razryad musbat ionlarning katoddan urib chiqargan elektronlarning 
zarbi bilan ionlanishi tufayli hosil bo’ladi. Katod yaqinida bu elektronlar maydon 
ta’sirida endi tezlasha boshlagan bo’ladi. Shuning uchun V soha ularni amalda zarb 
bilan ionlashtirmay ham, hatto gaz molekulalarini qo’zg’algan holatga ham keltira 
olmaydi, bu sohaning nurlanmasligining sababi shu. Elektronlar musbat A ustunga 
yetgach, yetarli kinetik energiyaga ega bo’ladi va shu sababli ustundagi gazni 
ionlashtiradi. Zarb bilan ionlashda hosil bo’ladigan musbat ionlar katodga qarab
intiladi va katoddan yangi elektronlarni urib chiqaradi, bu elektronlar o’z navbatida 
yana A sohadagi gazni ionlashtiradi va hokazo. Shunday qilib, yolqin razryad uzliksiz 
sanaladi. 
V sohada (A sohaga nisbatan) ionizatsiya kam bo’lgani uchun tok manbai hosil 
qilgan kuchlanishning deyarli barcha tushishlari bu sohada to’plangan. 
Gaz yanada siyraklanganda uning nurlanishi zaiflashadi va amalda simob 
ustupi 10
-3
mm sim ust tartibiga yetganda to’xtaydi. So’ngra shisha nay (devorlari) 
yashil rangda nurlana boshlaydi. 
Bosim yanada kamaytirilganda shishaning yashil nurlanishi susayadi va 10-5 
mm simust ga yaqin bosimlarda to’xtaydi. 
Yolqin razryad bo’layotgan lampalar yorug’lik manbalari sifatida ishlatiladi 
(kunduzgi yorug’lik lampalari). Bu hollarda ular argon aralashgan simob bug’lari 
bilan to’ldiriladi, nayning devorlari ich tomondan fluoressiyalanadigan modda 
(lyuminofor) bilan qoplanadi. 
Qutb yog’dusi tabiiy sharoitlarda bo’ladigan yolqin razryadga misol bo’ladi. 
Bu yog’du atmosferaning yuqori (siyrak) qatlamlarida quyoshning aktiv sohalaridan 
chiqib, yerning magnit maydoni tomonidan yer magnit qutblari zonalarida 
yig’iladigan zaryadlangan zarralar oqimlari ta’sirida hosil bo’ladi. 

Download 290.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling