18 – ma’ruza. Darsning maqsadi. Mavzu: Vakuumda elektr toki. Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod lampalarni volt amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining volt amper tavsifnomasi


Download 290.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana15.01.2023
Hajmi290.15 Kb.
#1093710
  1   2   3   4   5
Bog'liq
sobGBvQH2KyxWEhBvxGFwD8S4ihXBZeyyIdY7ghx



18 – ma’ruza. 
 Darsning maqsadi. 
Mavzu: Vakuumda elektr toki.Тermoelektron emissiya xodisasi. Diod, Тriod 
lampalarni volt - amper tavsifnomasi. Gazlarda elektr toki. Gaz razryadining 
volt - amper tavsifnomasi. 
ТERMOELEKТRON EMISSIYa. ELEKТRON LAMPALAR. 
Qizigan qattiq va suyuq jismlarning elektron chiqarishi termoelektron emissiya 
deb aytiladi. 
Тermoelektron emissiya hodisasini tekshirishni 1-chizmada tasvirlangan sxema 
yordamida amalga oshirish qulay. 
1 - chizma 
Sxemaning asosiy elementi ikki elektrodli lampa hisoblanadi, uni odatda 
vakuumli diod deb ataladi. U ichida K katod va A anoddan iborat ikkita elektrodi 
bo’lgan, havosi surib olingan metal yoki shisha ballondan iborat. Konstruksiyasi 
bo’yicha elektrodlar turli shaklda tayyorlangan bo’lishi mumkin. Oddiy holda, katod 
ingichka to’g’ri tola, anod esa katodga nisbatan koaksal silindr shaklida bo’ladi (2-
chizma). 
Katod cho’g’lantiruvchi batareya B
H
tomonidan hosil qilingan tok bilan 
qizdiriladi. Reostat R
1
yordami bilan cho’g’lantirish tok kuchini boshqarib
cho’g’lanish temperaturasini o’zgartirish mumkin. Elektrodlarga B
a
anod 
batareyasida kuchlanish beriladi. Anod kuchlanishi U
a
ning kattaligini R
2
 
potensiometr yordamida uzgartirish va V voltmetr yordamida ulchash mumkin (anod 
potensiali katod potensialidan yuqori bo’lsa, U
a
musbat hisoblanadi). Galvanometr G 
anod tok kuchi i
a
ni o’lchash uchun mo’ljallangan. 
Agar katod cho’g’lanishini birday saqlagan holda, anod tok kuchi i
a
ning anod 
kuchlanishi U
a
ga bog’likligi olinsa, u holda 3-chizmada tasvirlangan egri chiziq hosil 
bo’ladi (turli egri chiziqlar katod temperaturasining turli qiymatlariga moc keladi). 
Ushbu egri chiziq volt-amper tavsifnoma deb ataladi. 


2 - chizma 3 - chizma 
U
a 
ning birmuncha kichik musbat qiymatlarida anod tokining kuchi U
a
3/2
ga 
proporsional o’zgaradi. Nazariy jahatidan bu bog’lanish Lengmyur va 
Boguslavskiylar tomonidan olingan bo’lib, ikkidan uch qonuni deyiladi. 
U
a
ning ortishi bilan elektr maydon tomonidan anodga tomon ko’proq sonli 
elektron tortiladi va nihoyat, U
a
ning ma’lum qiymatida elektron bulut to’liq tortib 
olinadi va katoddan uchib chiqqan barcha elektronlar anodga yetib kelish 
imkoniyatiga ega bo’ladi. U
a
ning keyingi ortishi, anod tok kuchini orttira olmaydi - 
tok to’yinish qiymatiga erishadi. 
3–chizmada bir necha temperaturalar uchun volt-amper tavsifnomalari 
tasvirlangan. U
a
ning kichik qiymatlarida ular mos tushadi. Тo’yinish toki 
zichligining temperaturaga bog’likligi 4-chizmada ko’rsatilgan. Kvant nazariyasi 
quyidagi formulaga olib keladi: 
kT
е
тўй
е
АТ
j



2
(1) 
bunda 

е
- chiqish ishi, A - metallning turiga bog’liq bo’lmagan konstanta bo’lib, 
uning nazariy qiymati 
2
2
6
/
10
20
,
1
хград
м
а

(
2
2
/
20
,
1
град
м
а

) ga teng. A ning 
eksprimental qiymati nazariy usulga qaraganda taxminan ikki marta kam bo’lib 
chiqadi. J
to’y
 ning temperaturaga qarab o’zgarishini (1) formula to’la kanoatlantiradi.
4 - chizma 5-chizma


(1) formulani Richardson - Deshman yoki qiskaroq qilib, Richardson formulasi 
deb ataladi). 
Anod potensiali katod potensialiga qaraganda yuqori bo’lgandagina tok o’tadi. 
Anodga manfiy kuchlanish berilganda anod zanjirida tok bo’lmaydi. Diodning bu 
xossasi undan o’zgaruvchan tokni to’g’rilashda foydalanishga imkon beradi, bunday 
maqsad uchun mo’ljallangan diod kenotron deb ataladi. Kenotronga berilgan 
kuchlanish vaqt o’tishi bilan garmonik qonun bo’yicha o’zgarsa, undan o’tgan tok 
grafigi 5 - chizmada tasvirlangan ko’rinishda bo’ladi. Bu holda tok zanjir bo’ylab 
faqat yarim davr davomida oqib turadi, shuning uchun tokning bunday usul bilan 
to’g’rilanishini bitta yarim davrli to’g’rilash deyiladi. Bir vaqtda ikkita kenotron yoki 
bitta ballonga joylashtirilgan qo’sh dioddan foydalanib ikkita yarim davrli 
to’g’rilashni amalga oshirish mumkin. Bunday to’g’rilagich sxemasi b - chizmada 
tasvirlangan. Тransformatorning birlamchi cho’lgami o’zgaruvchan tok bilan 
ta’minlanadi. Ikkilamchi cho’lgami ikkita. Kichkina cho’lgami katodni 
cho’g’lantirish uchun xizmat qiladi. Katta cho’lg’amida o’rtacha uch chiqarilgan 
bo’lib, u R nagruzka orqali katodga ulangan. Bu cho’lgamning qolgan ikki uchi 
anodga ulanadi. Davrning bitta yarim davrida bir anod katodga nisbatan ancha yuqori 
potensialga ega bo’lib tursa, ikkinchi yarim davrda ikkinchi anod katodga nisbatan 
xuddi shuncha yukori potensialga ega bo’ladi. Natijada nagruzka orqali grafik 
ravishda 7-chizmada tasvirlangan tok oqib turadi. Bunday pulsatsiyalanuvchi tokni 
tekislash mumkin: 

Download 290.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling