18- mavzu: Ashtarxoniylar davrida: Buxoro xonligida boshqaruv tuzumi: markaziy va mahalliy boshqaruvi. Reja


Yer egaligi munosabatlarida jo’ybar xo’jalarining mavqei


Download 0.58 Mb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi0.58 Mb.
#1519227
1   2   3   4   5
Bog'liq
18-seminar

Yer egaligi munosabatlarida jo’ybar xo’jalarining mavqei
XVI asrning o’rtalaridan boshlab Jo’ybor shayxlari oliy hukmdor taqdirini hal qilish darajasidagi mavqega ko’tariladilar. Qishloqlarda katta-katta yerlarga, shaharlarda esa yirik ko’chmas mulklarga ega bo’lgan shayxlar yirik zodagonlar va amaldorlarga ham o’z ta’sirini o’tkazganlar. Manbalarga ko’ra, zabardast shayboniylar hukmdorlaridan biri bo’lgan Abdullaxon II ham avval Xoja Islom, keyin esa Xoja Sa’dlarning siyosiy va xo’jalik faoliyatini qo’llab-quvvatlashga majbur bo’lgan. Shayx-ul-islom ham jo’ybor shayxlari xonadonidan saylangan. Din peshvolari orasida shayx ul-islom, sadr, qozi kalon, mufti kabi diniy mansablarning mavqei ancha yuqori bo’lgan. Davlatning ijtimoiy-siyosiy hayotida ruhoniylarning o’rni yuqori bo’lgan. Shayboniyxon 1509 yil qozoq xonlariga qarshi yurish oldidan davlat kengashi chaqirib, egasi tashlab ketgan yer-suvni devon ixtiyoriga olish masalasini o’rtaga tashlagan. Shunda bir guruh ruhoniylar, Samarqand viloyati qozisi mavlono Abdug’affor va Ruzbehon xonga e’tiroz bildirib, faqat egasi qidirib topilmagan taqdirdagina, ya’ni o’lgan bo’lsa, bunday mulkni devon ixtiyoriga olish to’g’ri bo’lishini aytganlarida, majlis ishtirokchilari xonning taklifini emas, balki ruhoniy ulamolarning taklifini qabul qilgan.
Suyurg’ol shayboniylar davrida ham keng qo’llanilgan bo’lib,shahzodalar, yirik zodagonlar va nufuzli din peshvolariga ma’lum shart va imtiyozlar asosida berilgan yer mulki bo’lib, u nasldan naslga o’tgan.Suyurg’ol egasi davlatga to’lanadigan soliqlardan ozod qilingan bo’lib, o’z suyurg’olidan oladigan daromaddan o’z ixtiyoricha foydalangan. Bunday imtiyozli suyurg’ol “darubast suyurg’ol” deb atalgan.Shaharlar, tumanlar va hatto viloyatlar ham alohida xizmat ko’rsatgan shaxslarga suyurg’ol qilib berilgan. Misol uchun XVI asrning boshlarida Qarshi Xudoyberdi Sultonning suyurg’ol mulki bo’lgan. Davlat yerlari dehqonlarga muddatsiz merosiy foydalanishga ijara sifatida berilgan. Darubast sifatida mulk va yer berish, Abdullaxon II davrida ayniqsa rivojlanib, u o’zining pirlari Xoja Islom va uning avlodlaridan Xoja Saa’dga hamda boshqa Jo’ybor xojalariga butun-butun bosib olingan viloyatlarni darubast sifatida hadya qilgan.
Tadqiqotchilarning fikricha, ushbu mulk merosiy suyurg’ol (hadya) bo’lib, u barcha soliqlardan ozod qilish haqidagi imtiyozlar bilan birga vorislikka qoldirish huquqi bilan berilgan yer va boshqa mulklardan iborat bo’lgan.
Jo’ybor xojalarining Buxoro, Samarqand, Nasaf (Qarshi), Marv va boshqa viloyatlarda katta yer maydonlari bo’lib, bu mulklar meros tariqasida avloddan avlodga o’tgan va barcha soliqlardan ozod etilgan. Xonlar va boshqa yirik amaldorlar tomonidan ularga hadya etilgan yer mulklaridan tashqari ular Movarounnahr va Xurosonning serunum yaylovlariga, behisob podalarga, katta shaharlarda joylashgan o’z hunarmandchilik do’konlariga, savdo rastalariga, tegirmonlar, hammom va karvonsaroylardan keladigan daromadlarga ham ega bo’lganlar.
Kattadan-katta boyliklarga ega bo’lgan Jo’ybor shayxlari o’z xususiy yerlaridan tashqari vaqf yerlardan keladigan daromadni ham nazorat qilganlar. Xojalarning davlat ishlaridagi mavqei shunchalik kuchli ediki, ular hatto, amaldorlarni yuqori mansablarga tayinlash yoki chetlatishda ham katta ta’sirga ega bo’lganlar. Shayboniylar davrida yer egaligining quyidagi asosiy turlari mavjud edi:
1. Mulki sultoniy yoki mulki mamlaka (manbalarda mamlakai devon, mamlakai podshohiy, zamini mamlaka, mamlakati sultoniy, mamlaka atamalarida ham uchraydi) davlatga qarashli yerlar bo’lib, bu yerlarni sotish, hadya etish, vaqfga berish faqat xonning ixtiyorida bo’lgan.
2. Mulki xolis yoki mulki xurri xolis-mu’lum shaxslarga tegishli bo’lib, hukmdor tomonidan davlat oldidagi xizmatlari uchun berilgan shaxsiy yerlar (suyurg’ol, iqto’, tarxon, tiul va boshq.) Bunday yerlar va ularning egalari daftardor tomonidan maxsus daftarga qayd etib borilgan.
3. Vaqf yerlari-hukmdor yoki boshqa shahslar tomonidan diniy muassasalarga mulk qilib berilgan yerlar va sug’orish inshootlari. Bunday yerlardan kelgan daromadning asosiy qismi mutavallilar, qozilar va musulmon dindorlariga tushgan.
4. Qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar. Shayboniylar davrida dehqonchilikka alohida e’tibor qaratilgan bo’lib, avvolo, sug’orish tizimini tartibga keltirish uchun qator tadbirlar amalga oshirilgan. Bu jarayonda mintaqadagi yirik suv manbalari-Zarafshon, Chirchiq, Sirdaryo, Amudaryo, Vaxsh, Murg’ob kabi yirik daryolar va ko’plab kichik daryolar hamda ko’llar, tog’ suvlarining imkoniyatlaridan keng foydalanilgan. Shayboniyxon darida, siyosiy beqarorlik yillarida, Abdullaxon II davrida sun’iy sug’orish ishlarining ahamiyati yo’qolmagan. Undan tashqari shayboniylar davrida dehqonchilikning taraqqiyotini ta’minlovchi islohotlar o’tkazilgan. Xususan, qarovsiz va lalmi yerlarni davlat mulkiga kiritib, bunday yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish, dehqonchilik qilishni hohlaganlarga har tomonlama yordam berish, ma’lum muddat soliqlardan ozod etish, yerdan olinadigan soliqlarni yig’ishdan mahalliy amaldorlarning o’z mansablarini suiste’mol qilishlariga yo’l qo’ymaslik uchun ham tegishli tadbirlar amalga oshirilgan.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling