18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari
tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish
Download 51.22 Kb.
|
алоҳида тоифа
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
2. tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish.
Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ham huquqiy, ham tibbiy xususiyatga va mazmunga ega boʻlgan murakkab jinoyiy-huquqiy choralar hisoblanishi e’tirof etiladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini huquqiy choralar deb hisoblanishi boisi shundaki, ularni qoʻllash asoslari, maqsadi, turlari, qoʻllash va tugatish tartibi jinoyat qonuni bilan belgilangan; ularni tayinlash tartibi jinoyat-protsessual qonuni bilan tartibga solingan; ijtimoiy xavfli qilmish, shuningdek, jinoyat sodir etgan aniq shaxslarga nisbatan majburlov choralari sud tomonidan tayinlanadi; ushbu majburlov choralarini uzaytirish, oʻzgartirish va bekor qilish boʻyicha qaror ham sud tomonidan koʻrib chiqiladi; majburlov choralarini qoʻllashning qonuniyligi ustidan nazoratni prokuratura amalga oshiradi; majburlov choralari tayinlangan shaxslarning huquqiy maqomi qonunchilik bilan belgilanadi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarining tibbiy choralar hisoblanishining sababi shundaki, ushbu choralarni qoʻllash asosi, maqsadi, turlari, tayinlash, oʻzgartirish va bekor qilish shartlari oʻz mazmun-mohiyatiga koʻra, ular qoʻllanilayotgan shaxsning ruhiy holatiga bogʻliq boʻladi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi tavsiyani ruhshunos-shifokorlar komissiyasi, qonunda koʻzda tutilgan hollarda esa, sud-psixiatriya ekspertizasi beradi va unda kasallik, aqli norasolik yoki cheklangan aqli rasolik tashxisi, alkogolizm va giyohvandlik, ruhiy kasallikni davolash va profilaktikasini tayinlash va oʻtkazish, shuningdek, zarur ijtimoiy-reabilitatsiya chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi xulosalar oʻrin oladi. Tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari –bujinoyatqonunibilanko‘zdatutilgan, sud-psixiatriyaekspertizasixulosasiasosidasudhukmiyokiajrimigamuvofiqijtimoiyxavfliqilmishyokijinoyatsodiretganruhiykasallikkachalinganshaxsganisbatantayinlanadiganvamanfaatdorshaxsirodasidanqat’inazaramalgaoshiriladigantibbiydavolash. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash boʻyicha ish yuritishning oʻziga xosligi jinoyat sud ish yurituvining yagona tartibi doirasida mavjud boʻlib, ularning kiritilishi koʻrib chiqilayotgan jinoyat-protsessual munosabatlar subyektining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlash maqsadida uning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish zaruriyati bilan belgilanadi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash asoslari va tartibi jinoyat-protsessual qonunchilik, 2000-yil 31-avgustdagi Oʻzbekiston Respublikasining “Psixiatriya yordami toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda sogʻliqni saqlash organlarining idoraviy hujjatlari bilan belgilanadi. JPKning 61-bobida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning alohida tartibi belgilangan boʻlib, ushbu turdagi ishlarni yuritish umumiy asoslarda jinoyat ishlarini yuritish tartibidan bir qancha farq qiladigan xususiyatlarga egadir. Ma’lumki, JKning 91-moddasiga muvofiq, tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari ruhiy kasallik holatida ijtimoiy xavfli qilmish sodir etgan shaxslarga nisbatan ularni davolash va ularning yangi ijtimoiy xavfli harakatlar sodir etishining oldini olish maqsadida tayinlanishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi jinoyat-protsessual qonunchiligida tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni yuritishning alohida tartibi belgilanishida muhim mezon bu jinoyat sodir etgan shaxsning ruhiy holatidir. Chunki, tibbiy yoʻsindagi majburlov chorasini qoʻllash uchun: ijtimoiy xavfli qilmishning aqli norasolik holatida sodir etilishi; ijtimoiy xavfli qilmishni sodir etish vaqtida aqli raso boʻlgan, lekin sud hukmi chiqarilgunga qadar oʻz qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki oʻz harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum etadigan ruhiy kasallikka chalinishi; jinoyat sodir etganligi uchun jazoga mahkum qilingan, lekin jazoni oʻtash vaqtida ruhiy kasallikka chalinib oʻz qilmishining ahamiyatini anglab yetish yoki oʻz harakatini boshqarish qobiliyatidan mahrum boʻlishi; alkogolizm, giyohvandlik yoki zaharvandlik kasalligiga yoʻliqqan shaxslarning jinoyat sodir etishi asos boʻlib xizmat qiladi. Shunday ekan, jinoyatchining ruhiy holati tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlarni alohida toifadagi jinoyat ishlari sifatida ajratishda asos boʻlib xizmat qiladi. Bu, avvalambor, jinoyat protsessida mazkur shaxslarning huquqlarini qoʻshimcha tarzda himoya qilish, ushbu shaxslarning ruhiy holatini hisobga olib, protsessual harakatlarni amalga oshirishning oʻziga xos tartibini oʻrnatish zaruriyati bilan izohlanadi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari oʻz tabiatiga koʻra davlat majburlov chorasi boʻlib, jinoyat, jinoyat-protsessual qonunlarida koʻzda tutilgan tartibda faqatgina sud tomonidan tayinlanadi. Tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash qonuniylik, insonparvarlik, inson va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish kabi prinsiplarga asoslanadi. Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling