18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari


Download 51.22 Kb.
bet8/8
Sana15.06.2023
Hajmi51.22 Kb.
#1481567
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
алоҳида тоифа

birinchidan, amnistiya akti Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti taqdimiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan qabul qilinadi. Afv etish akti esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadi. Ya’ni amnistiya Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining, afv etish esa Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining mutlaq vakolatlari hisoblanadi;
ikkinchidan, amnistiya akti aniq shaxs yoki aniq jinoyat turlariga qaratilmaydi. Undan farqli ravishda afv etish akti aniq shaxslarga yoki aniq bir turdagi jinoyatlarga qaratiladi;
uchinchidan, amnistiya akti sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini e’tiborga oladi. Afv etish aktida bunday belgi mavjud emas, ya’ni unda qilmishning ijtimoiy xavflilik darajasi e’tiborga olinmaydi;
toʻrtinchidan, amnistiya akti jinoiy javobgarlik va jinoiy jazodan ozod qiluvchi hujjat sifatida belgilangan. Afv etish akti esa faqatgina jazodan ozod qilishi mumkin.
beshinchidan, amnistiya akti qabul qilinar ekan, mahkum jazoni haqiqatda oʻtagan muddati e’tiborga olinmaydi. Afv etish aktida esa, mahkumning haqiqatda jazoni oʻtab boʻlgan muddati e’tiborga olinishi lozim (masalan, uzoq muddatli va umrbod ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazodan ozod qilishda).
Amnistiya aktini qoʻllashning asosi quyidagilar hisoblanadi:

    • shaxs e’lon qilingan amnistiya aktida koʻrsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan boʻlsa;

    • jinoyat amnistiya akti e’lon qilingunga qadar sodir etilgan boʻlsa;

    • shaxsga nisbatan amnistiya aktini qoʻllashni istisno qiladigan holatlar (e’lon qilingan amnistiya aktida koʻzda tutiladigan, amnistiyani qoʻllashni istisno qiladigan holatlar) mavjud boʻlmasa;

    • shaxsning amnistiya aktini qoʻllash toʻgʻrisida arizasi boʻlishi.

Jinoyat-protsessual qonuniga muvofiq, amnistiya aktini qoʻllash masalasi, jinoyat protsessi bosqichidan qat’i nazar, faqat sud tomonidan hal etiladi.
Sudga, jumladan, quyidagilarni koʻrib chiqish tegishlidir:
1) ishni sudga qadar yuritish bosqichida – amnistiya aktiga asosan muayyan shaxsga nisbatan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish yoki gumon qilinuvchi, ayblanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini;
2) sud muhokamasi bosqichida – amnistiya aktiga asosan sudlanuvchiga nisbatan jinoyat ishini tugatish yoki jazo tayinlamasdan ayblov hukmi chiqarish yoxud mahkumni jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish toʻgʻrisidagi masalani;
3) hukmni ijro etish bosqichida – amnistiya aktiga asosan mahkumni jazodan toʻliq yoki qisman ozod qilish toʻgʻrisidagi prokuror iltimosnomasini.
Demak, amnistiya akti – oʻziga xos huquqiy hujjat. Uning oʻziga xosligi, birinchi navbatda, ushbu hujjatning vaqt boʻyicha amal qilish tartibiga taalluqli. Amnistiya aktining amal qilishi u chiqarilgunga qadar sodir etilgan qilmishlarga tatbiq etiladi. Bunday harakat prinsipi, umuman olganda, jinoyat qonuni uchun xos emas. Boz ustiga, amnistiya aktining harakati unchalik katta boʻlmagan vaqtinchalik chegaralar bilan cheklab qoʻyilgan. Boshqacha aytganda, u “bir martalik” hujjat hisoblanadi. Shu bilan birga, amnistiya aktining bunday xususiyatlari amnistiyaning xususiyati va maqsadlari bilan bevosita bogʻliq boʻlib, ularning zamirida sodir etilgan jinoyatni “kechirish” gʻoyasi yotadi.


1 Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг Ахборотномаси, 2001 йил, 9-10-сон, 165-модда.

2 Жиноят процесси. Дарслик.// З.Ф. Иноғомжонованинг умумий таҳрири остида. – Тошкент:ТДЮИ, 2003. –Б.355.

3Рустамбаев М.Х. Ўзбекистон Республикаси жиноят ҳуқуқи курси. II том. Умумий қисм. Жазо тўғрисида таълимот. Олий таълим муассалари учун дарслик. – Тошкент: ILM ZIYO, 2011. – Б. 170.

4 Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 2006 йил 22 декабрдаги 16-сонли “Судлар томонидан амнистия актларини қўллашнинг айрим масалалари тўғрисида”ги Қарори // Ўзбекистон Республикаси Олий судининг Aхборотномаси. – Тошкент, 2006. – №4.

Download 51.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling