18. 1-§. Alohida toifadagi jinoyat ishlarini yuritish tushunchasi va turlari
Jinoyat protsessida voyaga yetmagan shaxs
Download 51.22 Kb.
|
алоҳида тоифа
1
Jinoyat protsessida voyaga yetmagan shaxs – jinoyat sodir etish vaqtida oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxs. . Voyaga yetmaganlarining jinoyatlari haqidagi ishlarni yuritish. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlarni koʻrib chiqish oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, jinoyat protsessida isbotlanishi lozim boʻlgan holatlardan tashqari, bunday ishlarda voyaga yetmagan yashagan muhit, uning tarbiyasi, jinoyat sodir boʻlishiga olib kelgan sharoitlar ham batafsil oʻrganilishi kerak. Shunday ekan, odil sudlovni amalga oshirishda shaxsni qayta tarbiyalash ushbu faoliyat diqqat markazida turadi, ayniqsa voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlarini sudda koʻrishda bu yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, katta yoshdagilar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyat ishlarini koʻrishning nafaqat yosh jihatidan, balki sifat jihatidan ham bir-biridan farq qiladigan xususiyatlari mavjud. Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir qilingan jinoyatlarni sudda koʻrishning oʻziga xos jihatlari mavjud boʻlib, ushbu jarayonda voyaga yetmaganning qilmishiga toʻgʻri baho berish uning keyingi hayotini toʻgʻri izga solishda muhim ahamiyatga egadir. Jinoyat sodir etgan voyaga yetmaganning ijtimoiy va psixologik maqomidan kelib chiqib, uning shaxsiga ta’sir etish choralarining oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olish va protsessual kafolatlarini amalga oshirish kerak boʻladi. Qonun chiqaruvchi voyaga yetmaganlarning yoshi, rivojlanish darajasi, ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini hisobga olib jinoyat protsessida ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun qoʻshimcha kafolatlar belgilagan. Chunki 18 yoshga toʻlmagan shaxs-larning yosh xususiyati, aqliy rivojlanganlik darajasini hisobga olgan holda ularni huquqiy himoya qilishning alohida mexanizmini ishlab chiqish zaruriyati tugʻiladi. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga oid ishlarni yuritish umumiy tartibda ish yuritish tartibi bilan bir qatorda oʻzining qator xususiyatlariga ega. Voyaga yetmaganlarning jinoyatlarini yuritishning alohida tartibi bunday shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda qoʻshimcha protsessual kafolatlarni yaratadi. JPKga muvofiq, voyaga yetmaganlarning jinoyatlariga doir ishlarni yuritish quyidagi xususiyatlarga ega: 1) voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha isbotlanishi lozim boʻlgan holatlarning oʻziga xosligi.Bunday turdagi ishlarni yuritishda dastlabki tergov harakatlari va sud muhokamasi davrida voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi ishlar boʻyicha umumiy tartibda ish yuritishda isbotlanishi lozim boʻlgan holatlardan tashqari quyidagilar isbotlanishi lozim: voyaga yetmagan ayblanuvchining aniq yoshi (tugʻilgan yili, oyi, kuni); voyaga yetmaganning shaxsiga xos xususiyatlar va uning salomatligi holati;uning turmush va tarbiyalanish sharoitlari; katta yoshli dalolatchilar va boshqa ishtirokchilarning bor yoki yoʻqligi. Ushbu holatlarning belgilanishi Pekin qoidalari talablariga javob berib, voyaga yetmaganlarning jinoyat sodir qilishining aniq sabablarini topish, unga nisbatan yosh va aqliy xususiyatlarini hisobga olgan holda ta’sir choralarini qoʻllash imkonini beradi. Download 51.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling