18-amaliy mashg‘ulot mavzu
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi
Download 23.14 Kb.
|
1 2
Bog'liq18-amaliy mashg‘ulot mavzu test topshirig‘ining qiyinlik daraja
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi
Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi - bu test topshirig‘ining bilimli (tekshirilayotgan domenni yaxshi o‘zlashtirgan yoki tekshirilayotgan konstrukt bo‘yicha yuqori ko‘risatkichga ega bo‘lgan) test topshiruvchini bilimsiz (tekshirilayotgan domenni yaxshi o‘zlashtirmagan yoki tekshirilayotgan konstrukt bo‘yicha past ko‘rsatkichga ega bo‘lgan) test topshiruvchidan ajratib berish qobiliyatidir. Diskriminatsiya indeksi quyidagicha hisoblanadi: D= - bunda: D = test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi; ph – test topshirig‘ining yuqori guruh uchun p qiymati; p1 = test topshirig‘ining quyi guruh uchun p qiymati. Demak, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini topish uchun oldin test topshirig‘ining yuqori va quyi guruhlar uchun p qiymatini topish kerak bo‘ladi. Buning uchun quyidagilarni amalga oshirishimiz lozim. test topshiruvchilar testda olgan natijalariga qarab kamayib borish tartibida (ko‘proq ball olganlardan boshlab pastroq ball olganlarga qarab) joylashtiriladi; test topshiruvchilardan yuqori guruh va quyi guruh ajratib olinadi: yuqori guruh eng ko‘p ball olganlar va quyi guruh eng past ball olganlar, bunda har ikkala guruhda test topshiruvchilarning soni teng bo‘lishi shart (odatda, eng yuqoridan 27% eng pastdan 27% olinadi, lekin test topshiruvchilarning umumiy soni kam bo‘lsa, teng ikkiga bo‘lish ham mumkin); har ikkala guruh uchun test topshirig‘ining p qiymati (qiyinlik darajasi) hisoblanadi; buning uchun shu guruhda test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berganlar soni shu guruhda test toshirig‘ini bajarganlarning umumiy soniga bo‘linadi. Misol uchun, 100 kishi test topshirdi. Test topshiruvchilarni testda olgan natijalariga qarab kamayib borish tartibida joylashtiramiz. Shunda eng yuqori natija ko‘rsatgan 27 ta test topshiruvchi yuqori guruhni, eng past natija ko‘rsatgan 27 ta test topshiruvchi quyi guruhni tashkil qiladi. Yuqori guruhda 27ta test topshiruvchidan 25 tasi birinchi test topshirig‘iga to‘g‘ri javob bergan, demak, ph=25/27=0.93. Quyi guruhda 27 ta test topshiruvchidan 10 tasi xuddi shu test topshirig‘iga to‘g‘ri javob bergan, demak, , p1=10/27=0.37. Demak, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi 0,93-0,37=0,56 ga teng. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi -1dan +1 gacha bo‘lgan qiymatlar oralig‘ida o‘lchanadi. Diskriminatsiya indeksini tahlil etishda quyidagilarni hisobga olish kerak: diskriminatsiya indeksi 0,40 va undan yuqori bo‘lgan test topshiriqlari eng sifatli hisoblanadi; diskriminatsiya indeksi 0,30 va 0,39 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini qayta ishlab, sifatini oshirish mumkin; diskriminatsiya indeksi 0,20 va 0,29 oralig‘ida bo‘lgan test topshiriqlarini qayta ishlash lozim; diskriminatsiya indeksi 0,19 va undan past bo‘lgan test topshiriqlarini ishlatish tavsiya etilmaydi. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi manfiy qiymatga ega bo‘lsa, bunday test topshirig‘iga bilimsizlar to‘g‘ri javob berib, bilimlilar noto‘g‘ri javob berayotgan bo‘ladi - bunday test topshirig‘ini testda ishlatib bo‘lmaydi. Test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini hisoblashning boshqa usullari ham mavjud. Shulardan biri nuqtali biseral korrelyatsiya deb ataladi va quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: rpbis= bunda: rpbis = test topshirig‘ining nuqtali biseral korrelyatsiya koeffitsiyenti; = test topshirig‘iga to‘g‘ri javob berganlarning o‘rtacha bali; = barcha test topshiruvchilarning o‘rtacha bali; =testning standart og‘ishi; p= test topshirig‘ining qiyinlik darajasi; q=1 – p Bu formula test topshirig‘ining bajarilishi va testning umumiy natijasi o‘rtasida qay darajada bogliqlik borligini ko‘rish hamda test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksini aniqroq hisoblash imkonini beradi. Test topshirig‘ining nuqtali biseral korrelyatsiya koeffitsiyenti ham -1 dan +1 gacha bo‘lgan qiymatlar oralig‘ida o‘lchanadi. Shuni hisobga olish lozimki, test topshirig‘ining diskriminatsiya indeksi uning qiyinlik darajasiga (p qiymatiga) bevosita bog‘liq: haddan tashqari oson va haddan tashqari qiyin test topshiriqlarining diskriminatsiya indeksi ham talab darajasida bo‘lmaydi. Download 23.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling