18-ma’ruza. Biologiyani o’qitishda ta’lim-tarbiyaning uzviyligi reja


Download 135.5 Kb.
bet8/9
Sana27.06.2023
Hajmi135.5 Kb.
#1656799
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
8-Mavu BO`M

Baynalminal tarbiya. Respublikamizda qabul qilingan milliy istiqlol mafkurasining asosiy g’oyalaridan biri millatlararo totuvlik hisoblanadi. «Millatlararo totuvlik g’oyasi-umumbashariy qadriyat bo’lib, turli xil xalqlar birgalikda istiqomat qiladigan mintaqa va davlatlar milliy taraqqiyotini belgilaydi, shu joydagi tinchlik va barqarorlikning kafolati bo’lib xizmat qiladi. Bu – g’oya bir jamiyatda yashab, yagona maqsad yo’lida mehnat qilayotgan turli millat va elatlarga mansub kishilar o’rtasidagi o’zaro hurmat, do’stlik va hamjihatlikning ma’naviy asosidir»34. «SHu bois, bugungi kunda mamlakatimizda yashab kelayotgan millatlarni o’zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalash istiqlol mafkursining asosiy maqsadlaridan biridir. U halqimizga xos bo’lgan olijanoblik va insonparvarlik fazilatlariga asoslanadi».5
Millatlaro totuvlik shaxsda mavjud bo’lgan baynalminal tarbiyaning natijasida vujudga keladi. Biologiyani o’qitishda o’quvchilarni baynalminal ruhda tarbiyalash uchun mavzu mazmuniga bog’liq holda biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyati, jahon tsivilizatsiyasiga buyuk hissa qo’shgan turli millat vakillari bilan tanishtirish orqali ularga ular tomonidan yaratilgan umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash maqsadga muvofiq.
Baynalminal tarbiya o’qitishning barcha shakllarida, shu jumladan, sinfdan tashqari mashg’ulotlarda amalga oshirish, bunda biologiya fanining rivojiga hissa qo’shgan jahonning yetuk olimlari, ularning hayoti va ijodiy faoliyatiga bag’ishlangan kechalar tashkil etish va o’tkazish tavsiya etiladi.
Biologiyani o’qitish samaradorligi ta’lim va tarbiyaning uzviyligini amalga oshirilishiga bog’liq. Mazkur masalalar biologiyani o’qitish metodikasida alohida o’rganilishi, ta’lim-tarbiya jarayonining barkamol shaxsni shakllantirishda tutgan o’rnini ko’rsatish bilan izohlanadi, lekin o’qitish jarayonida bu masalalar bir-biri bilan uzviy, uyg’unlashtirilgan holda amalga oshiriladi.
Biologiyani o’qitishda ta’lim va tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish uchun quyidagilarni nazarda tutish lozim:

  1. O’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish shaxsning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ilmiy dunyoqarashni shakllantirish o’quvchilar tomonidan fan asoslarini chuqur o’rganishi bilan uzviy bog’langan. Ilmiy dunyoqarash - barcha ta’lim-tarbiyaviy jarayonning asosi.

  2. Mehnat tarbiyasi o’quvchilarni ta’lim va kasbga yo’naltirish bilan uzviy bog’langan. O’quvchilarda mehnat ko’nikmalarini shakllantirish, mehnat faoliyatiga tayyorlash, shaxsning ilmiy-nazariy bilimlarni o’zlashtirganlik darajasi, vatanparvarligi va jismoniy rivojlanishiga asoslanadi.

  3. Estetik tarbiya ma’naviy-axloqiy, aqliy, mehnat, gigienik va jismoniy tarbiya bilan uzviy bog’liq holda amalga oshiriladi.

  4. O’quvchilarning jismoniy rivojlanishini, ularning aqliy, ma’naviy axloqiy, ekologik, estetik va gigienik tarbiya bilan uyg’un holda vujudga keladi.

Xulosa qilib aytganda biologiyani o’qitishda ta’lim-tarbiyaning uzviyligini amalga oshirish o’qituvchining diqqat markazida bo’lmog’i lozim.

Download 135.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling