I8-XTA-6 rusumidagi xamir qorish mashinasi texnik xarakteristikasi
Ish unumdorligi, t/sut...............................................30 gacha
Qorish tog’orasi sig’imi, m
3
.........................................0,42
Kuraklar aylanish chastotasi, ayl/min ...............///....... 48
Elektrodvigatel quvvati, kVt .............................//////......4,0
Gabarit o’lchamlar, mm ......................................1900 × 560 × 2234
Massa, kg .......................................................................800
Mashina montajga yig’ilgan holda keladi. Mashina o’rnatiladigan joyda asosiy montaj
o’qlari belgilariga qarab fundament quriladi. Mexanik ravishda 6 - rasmda ko’rsatilgan
spropovkalash sxemasiga asosan ko’tarish krani yoki boshqa takelaj mexanizmi
yordamida poydevorga mashina qo’yiladi. Mashinaning gorizontallik holati mashina
asosining tekis yuzasiga obtarozini 2 marta bir-biriga perpendikulyar ravishda qo’yib
tekshiriladi. Vertikallik holati shoqul yordamida tekshiriladi. Gorizontallikdan og’ish 1
m uzunlikga 0,05 mm, balandlik belgisi bo’yicha ± 5 mm, yuqoridan qaraganda o’qlar
bo’yicha og’ish ± 10 mmdan ko’p bo’lmasligi kerak. Gorizontallik holati mashina asosi
tagiga
po’lat
tiqin
qo’yish
bilan
rostlanadi.
Mashina
poydevorga
12
dona M16 va M12 poydevor boltlari bilan mahkamlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |