Xamir qorish mashinasi.
Chuchvara va pishiriqlar ishab chiqarishda xamir qorish uchun go’sht
kombinatlarida «Standart» turidagi 330 l hajmga ega dejali aralashtirgichlar
ishlatiladi (4-rasm).
U cho’yan ichi bo’sh stanina 1 dan iborat. Uning ichida elektrodvigatel 2
o’rnatilgan (quvvati 4,5 kVt, aylanish tezligi 1440 ayl/min). Elektrodvigateldan
harakat tasmali uzatgich yordamida shkivga 3 beriladi. Shkiv va chervyak 4 bir
valda o’rnatilgan, bu val aralashtirgich vali 5 ni shuningdek, unda o’rnatilgan
parrakni 6 harakatga keltiradi.
Xamir dejasi 7 telejka 10 da o’rnatiladi, telejka g’ildiraklar 11 yordamida
harakatlanish imkoniyatiga ega. Deja 15 o’z o’qi atrofida chervyakli mexanizm
yordamida aylanadi, u chervyakdan 13 harakatga keltiriladi.
4-rasm. Xamir qorish mashinasi:
1- stanina; 2 - elektrodvigatel; 3 - uzatgich shkivi; 4 - reduktor chervyaki; 5 –
aralashtirgich vali; 6-lopast; 7- xamir uchun deja; 8 – deja qopqog’i; 9-qopqoq
burilish o’qi; 10-telejka; 11-telejka g’ildiraklari; 12-avtomatik zashyolka; 13-
chervyak; 14-g’ov; 15-dejaning aylanish o’qi; 16-aralashtirgichni ko’tarish
maxovikchasi.